Mavzu: Aholi punktlarida qutqaruv va boshqa kechiktirilmaydigan ishlarni bajarish. Mashg'ulotning maqsadi


Avariya-qutqaruv va boshqa kechiktirib bo'lmaydigan ishlarni muvaffaqiyatli bartaraf etishga quyidagicha erishish mumkin ekan



Download 24,63 Kb.
bet2/5
Sana12.04.2022
Hajmi24,63 Kb.
#545479
1   2   3   4   5
Bog'liq
mm...

Avariya-qutqaruv va boshqa kechiktirib bo'lmaydigan ishlarni muvaffaqiyatli bartaraf etishga quyidagicha erishish mumkin ekan:
1. Razvedka ishlarini o’z vaqtida va doimiy tashkil etish.
2. Boshqaruvni doimiy va qat'iyat bilan tashkil etish.
3. FVDT kuch va vositalaridan guruhlarni tezkorlik bilan tashkil etish, ularni favqulodda vaziyat sodir bo'lgan hududlarga olib kelish.
4. Boshqaruv organlari va tuzilmalarning ma'naviy-ruhiga tayyorligi.
5. Favqulodda vaziyatlar oqibatlarini tugatishda kuch va vositalarning ishlashini uzviy bog`langan holda olib borish.
6. Favqulodda vaziyatlar sodir bo'lgan obyektda yoki hududlarda komendantlik xizmatini tashkil etish.
7. Favqulodda vaziyatlar oqibatlarini bartaraf etishda, avariya-qutqaruv ishlarini amalga oshirishda FVDT kuchlarini moddiy hamda transport vositalari bilan ta'minlash.
8. Avariya-qutqaruv va boshqa kechiktirib bo'lmaydigan ishlarni amalga oshrishda texnika xavfsizligi qoidalarini bilish va ularga amal qilish.

Zilzila oqibatlarini bartaraf etish
Zilzila oqibatlarini bartaraf etish bilan bog’liq bo'lgan avariya-qutqaruv va bosha kechiktirib bo'lmaydigan ishlarning ketma-ketligi va ularni bajarish muddatlarini zilzila sodir bo'lgan hududda joylashgan shahar (obyekt) fuqaro muhofazasi boshliqi aniqlaydi. Zilzila keltirgan zararni aniqlash, avariya-qutqaruv va boshqa kechiktirib bo'lmaydigan ishlar ketma-ketligini, odamlarni qutqarish ishlari hajmini aniqlash uchun razvedka ishlari tashkil etiladi.
Razvedkachilar quyidagilarni aniqlashlari shart:
- bino, inshoot, kommunal-energetika tizimlaridagi talofatlarning xususiyatlari va darajasini;
- vayronalar ostidagi odamlar qolgan joylarini topish va ularga zarari tegishi mumkin bo'lgan xavfni;
- vayrona uyumlari tagida qolgan odamlarni chiqarib olishning eng qulay joylarini topish;
- suv manbalarining holatini, ularni xo'jalik ishlarida va ichimlik sifatida ishlatish mumkinligini;
- sharoitni va sharoitga ko’ra bajariladigan ishlar ketma-ketligini;
- mexanik vositalarni qo'llash imkoniyatlarini;
- zarurat bor deb topilganda portlatish ishlarini qo'llash imkoniyatini.
Vayrona uyumlari tagida qolganlarni chiqarib olish, yarim vayronalar va yonayotgan biiolardan odamlarni qutqarish. Zilzila natijasida vayrona uyumlari ostida olgan, qulab tushishi ehtimoli mavjud bo'lgan hamda yonayotgan binolar va inshootlarda odamlarni qutqarish ishlari tezkorlik bilan amalga oshiriladi. Buning uchun obyektga FVDT tuzilmalari olib kelinadi.
Vayrona uyumlari tagida qolganlarni qidirib topish uchun qidiruv guruhlari yuboriladi. Ular vayrona uyumlarining hududini, buzilgan binolar va inshootlarni sinchiklab o'rganib chiqadilar. Vayrona uyumlari tagida odam borligi aniqlanganda, tezda vayrona uyumi ostida qolgan odam bilan suhbat yoki taqillatish orqali aloqa o'rnatiladi. Vayrona uyumlarini ochish uchun zvenolar tashkil etiladi. Zvenolar tarkibidagi qutqaruvchilar soni 5 kishidan kam bo'lmasligi kerak. Zveno a'zolarining hammasi yoppasiga yoki birvarakayiga ishlashadi. Ikki kishi vayrona uyumi tepasida, ikki kishi uyum bo'laklarini boshqa yerga tashlaydi. Zveno a'zolaridan bittasi kerak bo'lgan holatlarda metall konstruksiyalarni maxsus asbob yordamida kesadi. Vayrona uyumlari katta bo'laklardan tashkil topgan bo'lsa, ularni bartaraf etishda mexanizatsiyadan foydalaniladi. Ko'p qavatli binolarning yuqorisida yoki zinapoyalari buzilgan bino yoki inshootlardan odamlarni qutqarish uchun vaqtinchalik evakuatsiya yo'llari, yog'ochdan ishlangan trapplar yoki vaqtinchalik zinapoyalar o’rnatiladi. Harakatlanish xavfsizligi uchun bilar tomondan arqon tortib qo’yiladi. Tungi vaqtda ishlaganda esa vaqtinchalik elektr yoritgichi o'rnatiladi. Yuqori qavatlardan odamlarni deraza orqali evakuatsiya qilish mumkin. Odamlarni qutqarishda eng qulay yo'l o't o'chirish avtotransportidan foydalanishdir.

Download 24,63 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish