5 amaliy mashg`ulot karyerlar (ochiq konlar), dragalar va ochiq kon ishlarining boshqa ob’ektlari uchun avariyalarni bartaraf etish rejalarini tuzish bo’yicha Yo’riqnoma
№5 AMALIY MASHG`ULOT Karyerlar (ochiq konlar), dragalar va ochiq kon ishlarining boshqa ob’ektlari uchun avariyalarni bartaraf etish rejalarini tuzish bo’yicha Yo’riqnoma
1. Har bir foydalanishga topshirilayotgan,qayta ta’mirlanayotgan vaqurilayotgan ochiq kon, dragalar (korxonalar, tashkilotlar), shuningdek ochiq kon ishlari olib borilayotgan ob’ektlardagi foydaliqazilmalarni boyitish bo’yicha ishlab chiqarishlar uchun uni ishga tushirish vaktidagi kutilgan kon ishlari holatiga muvofiq ishlab chiqiladigan avariyalarni bartaraf etish rejasi (keyinchalie ABER) tuzilgan bo’lishi lozim.
2. Avariyalarni bartaraf etish rejasi har yili faoliyati foydaliqazilma konlarini ochiq usuldaqazib olish bilan bogliq bo’lgan ochiq kon (tashkilot) bosh muhandisi tomonidan ishlab chiqiladi va maxsuslashgan professional avariya-qutqaruv tuzilmasi (konqutqaruv va boshqa) yoki xodimlardan tashkil topgan shtatsiz avariya-qutqaruv tuzilmasi komandirlari (boshliq, rahbar), yongin uchirishqismi boshligi tomonidan kelishiladi va ishga tushirishdan 15 kun avval kon boshqarmasi bosh muhandisi (korxona yoki tashkilot texnik rahbari) yoki uning o’rinbosari tomonidan tasdiqlanadi.
3. Ochiq kon, dragalar, shu jumladan foydaliqazilmalarni boyitishni amalga oshiradigan ishlab chiqarishlarning texnik nazorat tomonidan avariyalarni bartaraf etish rejasini o’rganish, reja amalga kiritilguncha bosh muhandis rahbarligi ostida bajariladi. Bunda muhandis-texnik xodimlar tomonidan shuningdek avariyalarni bartaraf etishda ishtirok etadigan lavozimdagi shaxslarning vazifalari o’rganiladi. Ishchilarni avariyalar sodir bo’lganda o’zini tutishqoidalari va odamlarning avariya bo’lgan joylardan chiqish yo’llari bilan tanishtirishni uchastka boshligi ishchi ishga kirayotgan paytda, shuningdek uning ushbu uchastkaga taallukli kqsmini tuzatishda amalga oshiradi.
4. Ochiq kondagi kon ishlari, texnologiyasi va ishlab chiqarishlarni tashkillashtirish holati o’zgarganda va avariyadaqolib ketgan odamlarniqutkarishni ta’minlashda, avariyani bartaraf etishda va uning rivojlanishini oldini olishda, avariyalarni bartaraf etish rejasiga bir kecha kunduzda kerakli o’zgartirishlar kiritilishi va bular bilan ularni bilishi shart bo’lgan lavozimdagi shaxslar va ishchilarqo’lqo’ygan holda tanishishlari lozim.
Ochiq kon (tashkilot) bosh muhandisi yoki uning o’rinbosari tomonidan avariyalarni bartaraf etish rejasiga kiritiladigan o’zgarishlar avvaldan maxsuslashgan professional yoki shtatsiz avariya-qutqaruv tuzilmasi komandiri (boshliq, rahbar) va yongin o’chirishqismi boshligi tomonidan kelishilgan bo’lishi lozim.
5. Avariyalarni bartaraf etish rejasidaquyidagilar nazarda tutilgan bo’lishi lozim:
a) odamlar hayoti uchun xavfli bo’lgan ochiq kon yoki dragadagi (shu jumladan foydaliqazilmalarni boyitish bo’yicha ishlab chiqarishlarda) barcha ehtimolli avariyalar, ushbu ishlab chiqarishga tegishli bo’lgan ishlab chiqarish ob’ektlarining saqlanganligi va ularning ehtimolli paydo bo’lish joylari;
b) ishlab chiqarish xonalarida, omborlarda, kon-transport uskunalarida, shuningdek portlatish ishlarini o’tkazish joylarida transport bilan tashishda, portlovchi materiallarni saqlashda yonginlar chiqishi ehtimoli, ochiq konning suv bosishi, ochiq konlar pogonalari va bortlaridan tog jinsining o’pirilish, elektr energiyasi va yoritishning o’chiribqo’yish xavfi;
v) dragalar uchun draganing cho’kishi va otilib ketishi, yongin va suk chiqindilar tuplagichining dambalarni yorib utish ehtimoli;
q) odamlarniqutkarish va avariyalarni ularning boshlangichqismlarida bartaraf etish tadbirlari;
e) avariyalar ro’y berganda rahbarlar, mutaxassislar va ishchilarning harakatlari;
j) xodimlardan tashkil topgan maxsuslashgan professional avariya-qutqaruv tuzilmalari (kon kutqaruvchilari va b.), avariya-qutqaruv xizmatlari yoki shtatsiz avariya-qutqaruv tuzilmalarining, shuningdek o’t o’chirish komandasining harakatlari;
z) odamlarniqutqarish va avariyani bartaraf etish vositalarining joylashgan joyi.
6. Odamlarniqutqarish va avariyalarni bartaraf etish tadbirlarini amalga oshirish uchun avariyalarni bartaraf etish rejasida ko’zda tutilgan texnik va moddiy vositalar mavjud, soz holatda va kerakli miqdorda bo’lishi lozim. Odamlarniqutqarish va avariyalarning oldini olish tadbirlarini amalga oshirish uchun zarur bo’lgan ochiq kon, dragada, shuningdek foydaliqazilmalarning boyitishini amalga oshiradigan ishlab chiqarishlardagi moddiy va texnik vositalarning saklanganligi va sozligi bo’yicha mas’uliyat ochiq kon, draga boshligiga yuklanadi.
7. Avariyalarni bartaraf etish rejasini to’gri tuzish va uning ochiq kon yoki dragadagi haqiqiy holatga mos kelishi bo’yicha mas’uliyat bosh muhandis yoki boshqa texnik rahbar va shu reja bilan kelishgan avariya-qutqaruv tuzilmasi yoki xizmati komandiri (boshligi)q yuklanadi.
8. Ochiq kon bosh muhandisi yoki boshka texnik rahbar (tashkilot, draga, boyitish fabrikasi va boshqasi) avariyalarni bartaraf etish ishlari rahbari hisoblanadi. U avariya sodir bo’lgan joyga yetib kelgunga kadar ishlarni boshqarish tashkilotning miqyosi va tuzilmasigaqarab kon dispetcheri, smena boshligi (kon ustasi, ochiq kon bo’yicha mas’ul navbatchi) yoki boshqa texnik rahbarga yuklanadi.
Zaruriyat tugilganda, yuqori tashkilotning texnik rahbari ishlarga rahbarlikqilishniqabulqilishi mumkin, bu hakda tezkor kitobga yozibqo’yiladi (2-shakl).
Avariyalarni bartaraf etish ishlariga mas’ul rahbar (shuningdek bosh muhandis kelguncha uning vazifasini bajaruvchi) maxsus kon-texnika ma’lumotiga ega bo’lishi, kon ishlari holatini bilishi va ushbu ishlab chiqarishda ish tajribasi bo’lishi kerak.
9. Avariyalarni bartaraf etish rejasi barcha ilovalari bilan birga ochiq kon (tashkilot, draga, boyitish fabrikasi va boshqa) bosh muhandisida, avariyalarni bartaraf etish ishlari rahbarining vazifasini bajaruvchi lavozimdagi shaxsda, maxsuslashgan professional avariya-qutqaruv tuzilmasi yoki shtatsiz avariya-hutqaruv tuzilmasi komandirida (boshligi, rahbari) va yongin o’chirishqismi boshligida bo’lishi kerak.
Uchastkalar, xizmatlar, bo’linmalar va boshqalari boshliqlarida avariya bo’lganda xodimlarning o’zini tutishqoidalarini ko’rsatgan holda ularning uchastkalari (xizmatlari, bo’linmalari) q taallukli bo’lgan shu rejadan ko’chirma bo’lishi lozim.
Avariya ro’y berganda avariyalarni bartaraf etish ishlarining mas’ul rahbari
tezkor vaziyatni baholaydi va zaruriy hollarda tashkilot texnik rahbari orqali avariyani bartaraf etish uchun barcha kerakli xizmatlar va texnik vositalarni jalb etadi.
qutqaruv ishlarini olib borishda va avariyani bartaraf etishda avariyani
bartaraf etish ishlari mas’ul rahbarining farmoyishlarini bajarish majburiy hisoblanadi.
12. Avariyalarni bartaraf etish rejasiquyidagilarni o’z ichiga olishi lozim:
a) tezkorqism ( 1-shakl);
b) avariya to’grisida zudlik bilan xabardorqilinishi lozim bo’lgan lavozimdagi shaxslar va muassasalarning ro’yxati ( 3-shakl);
v) avariyalarni bartaraf etishdaqatnashadigan alohida shaxslar o’rtasida vazifalarning taqsimlanishi va ularning harakat tartibi ( 3-shakl);
q) kon ishlari rejasi;
d) 10 nusxadan kam bo’lmagan kon ishlari rejasi mikrosxemalari ( XKKKda saqlanayotgan faqat reja nusxasiga ilova kilinadi).