Yerdan foydalanish huquqi — bu tarixan shakllangan urf-odatlar yoki o‘rnatilgan qonuniy tartibda undan foydalanishni bildiradi. Yerdan foydalanuvchi yer egasi bo‘lishi shart emas. Real xo‘jalik hayotida yerdan foydalanishni, har xil jismoniy va yuridik shaxslar, hozirda dehqon, fermer va shirkat xo‘jaliklari amalga oshiradi. - Yerga bo‘lgan iqtisodiy munosabatlar. Yerning, birinchidan, mulk obyekti va ikkinchidan esa xo‘jalik yuritish obyekti bo‘lishi yerga bo‘lgan iqtisodiy munosabatlarning ikki tomonini bildiradi. Yerning mulk ekanligi, uning hech qachon egasiz bo‘lmasligi, yer egasining o‘z mulkidan naf ko‘rishini ko‘zlab mablag‘ sarflashga majbur etadi. Egasiz yer bo‘lmagani sababli, har qanday yer ham tekinga berilmaydi. Shundan kelib chiqib aytish mumkinki, yer egasiga yerdan kimdir foydalangani uchun haq to‘lashni shart qilib qo‘yadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |