- Qishloq xo‘jaligi uchun yer asosiy va hal qiluvchi ishlab chiqarish vositasi bo‘lganligi sababli, birinchidan, insonni iqtisodiy faoliyat ko‘rsatishiga va ikkinchidan esa, tabiat rivojlanishi qonun va qonuniyatlariga, tabiiy-biologik shart-sharoitlar, ya’ni iqlim sharoiti, ob-havo holatiga, tuproqning tabiiy xossalariga, shuningdek, o‘simliklarda yuz beradigan biologik o‘zgarishlarga bog‘liq bo‘ladi. Yer mamlakatning asosiy resursi bo‘lib, uni hech bir narsa bilan tenglashtirish yoki almashtirish mumkin emas, Yerning resurs sifatida alohida xususiyati shundaki, u cheklangan va uning hajmi o‘zgarmas hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |