U yangi hayot yo’lidagi to’siqlar faqat sinfiy dushmanlar – boy, domla-imom, ruhoniylar qarshiligidan iborat emasligini bilardi. Yangi dunyo quruvchilari ongi, xatti-harakati, o’zi ichki ziddiyatlarga, qarama-qarshiliklarga to’la edi. Qator maqolalarida, hajviyalarida adib mana shu ziddiyat, kamchiliklarni ko’rsatishga harakat qildi. Ammo uning bu intilishlari birin-ketin zarbaga uchray boshladi. 1926-yilda “Mushtum” jurnalida bosilgan “Yig’indi gaplar” hajviyasida hayotdagi kamchiliklar, hukumat kishilari haqidagi beozor kulgi, hazil uchun aksil-inqilobiy harakat qilganlikda ayblanib qamoqqa olinadi. Qodiriy o’ziga qo’yilgan asossiz ayblarni qat’iyan rad etadi. Qamoqxonada nohaqlikka norozilik sifatida ochlik e’lon qiladi. Uzoq davom etgan tergovda, nihoyat, sudda mardona turib tuhmatchi, pastkash kimsalarni ayovsiz fosh etadi, siyosiy ayblar va dag’dag’alardan aslo cho’chimay, hech ikkilanmay faqat haqiqatni aytadi, qat’iy turib o’z sha’nini himoya qiladi. “Men to’g’rilik orqasida bosh ketsa “ix” deydirgan yigit emasman” deydi.
E’tiboringiz uchun rahmat!!!
Do'stlaringiz bilan baham: |