Farmatsevtika deontologiyasining tarixiy rivojlanishi. Reja



Download 140,77 Kb.
bet1/5
Sana13.01.2023
Hajmi140,77 Kb.
#899135
  1   2   3   4   5
Bog'liq
маъруза матни 2


Farmatsevtika deontologiyasining tarixiy rivojlanishi.


Reja:
1.O‘zbekiston Respublikasida Farmatsevtikani rivojlanish tarixi.
2. Deontologiyani yuzaga kelish shart-sharoitlari.
3. Deontologiya-rahmdillik to‘g‘risidagi yangi fan sifatida.


Таянч атама ва иборалар. Фармацевтика, биоэтика, тарих, Поттер, Гиппократ касамёди, глобал биоэтика,тиббиёт этикаси, патернализм, патоцентризм, эвтаназия, Нюрнберг жатумани, Хелсинки Декларацияси, одам устида синовлар.
O‘zbekiston Respublikasi dori vositalarining ta’minoti tarixi Oktyabr to‘ntarilishigacha (1917 yilgacha), Sobiq Ittifoq davri (1917-1991 yillar) va mustaqillikning dastlabki 20 yilidagi davrlarga bo‘lingan holda erkin Raximovich Toshmuxamedov va uning shogirdlari tomonidan chuqur va puxta o‘rganilgan. Mazkur bo‘limda Prof. E.R. Toshmuxamedovning bir qator ilmiy maqolalarida chop etilgan ma’lumotlar keltirilgan.
“O‘rta Osiyoni Rossiyaga qo‘shib olingunga qadar Turkiston o‘lkasida shifoxonalar va dorixonalar bo‘lmagan. Bemorlarni davolash bilan tabiblar, baqsilar, shamanlar, eshonlar, mullalar, folbinlar va boshqalar shug‘ullanganlar. Bular orasida tabiblarning faoliyati e’tiborga loyiq. Tabiblar ayrim jarrohlik operatsiyalarini o‘tkazganlar, chipqon, rishta bemorliklarini davolaganlar, zuluk solganlar, tishlarni, singan va chiqqan a’zolarni muvaffaqiyatli davolaganlar. Tabiblar atirgullar, yalpizlar, anis va ukroplarni suv bug‘i orqali haydab efir moylarini olganlar.
Dori vositalarini haltachalarda, shisha idishlarda, qutichalarda saqlab, har bir idish ustiga arab va fors tillarida yozib qo‘yganlar.
Bozorlarda attorlar o‘z do‘konlarida har xil dori-darmonlar bilan savdo qilganlar, ular orasida o‘simliklardan, hayvonot olamidan olingan, minerallardan tayyorlangan dori vositalarini ham uchratish mumkin bo‘lgan. Attorlar zaharli va kuchli ta’sir etuvchi moddalar bilan ham, evropadan keltirilgan dori vositalari bilan ham savdo qilganlar.
R. Palm Turkiston xalq tabobatida ishlatiladigan va tabiblarning dorixona do‘konlarida sotiladigan 200dan ortiq dori vositalarni yozib qoldirgan. G.G. Dragendorf – 240 dori vositalarini, N.V. Solonin – 120, V.I. Kushilevskiy 140, B.A. Fedchenko esa – 35 xil dori vositalarini yozib qoldirgan. Bu dori vositalarining hammasi Turkiston xalq tabobatida keng qo‘llanilgan va SHarq xalqlari dorixonalarida savdoda bo‘lgan.
1868 yil Toshkentda harbiy lazaret ochildi, 1870 yili u harbiy gospitalga aylantirildi va 415 o‘ringa ega edi. Keyinchalik harbiy lazaret va gospitallar Samarqand, Farg‘ona, Andijon, Namangan, Tokmak, Pishpek, Qorako‘l, Sergiepol, Norin va boshqa shaharlarda ochildi. Harbiy lazaretlar qoshida dorixona bo‘lib, ular mahalliy aholiga ham pulga dori sotar edilar.
O‘sha davrda mahalliy aholi orasida yuqumli bemorliklar: chechak, o‘lat, vabo, sil, zaxm, bezgak, rishta, traxoma va boshqa bemorliklarning tarqalishi harbiy qismlarga ham xavf solar edi. SHu sababli, Turkiston general-gubernatorligi o‘lkaning yirik shaharlari – Toshkent, Samarqand va boshqa shaharlarida bemorxonalar tashkil qilishga majbur bo‘ldi.
1883-1890 yillarda mahalliy aholini ayollari va bolalari uchun Toshkent, Samarqand, Andijon, Qo‘qon, Xo‘jand, Namangan, Marg‘ilon va boshqa shaharlarda davolash ambulatoriyalari ochildi. Bu davolash muassasalarida faqat ayollar xizmat ko‘rsatar edilar.
1868 yildan boshlab har bir uezd-bo‘limda bemorlarni qabul qiladigan xonalar ochildi. Bemorlar qabulxonasida bir nafar shifokor va bir nafar doya ishlar edi. Undan tashqari dorixona punkti ham bor edi. Bu dorixona punktida tayyor dorilar asosan pulga, o‘ta kambag‘allarga tekinga berilar edi.
Har bitta uezd bemorlar qabulxonasi 70 000 dan 130 000 gacha aholiga tibbiy yordam ko‘rsatar edi.
1874 yilning may oyida Toshkent shahar hokimiyat tomonidan SHahar dorixonasi ochildi. Dorixonada kambag‘al mahalliy va rus aholisiga dori-darmonlar bepul berilar edi. 1878 yilning sentyabr oyidan SHahar dorixonasi SHahar Dumasi tassarrufiga o‘tkazildi va dorilarni bepul berish man qilindi.
1880 yil 25 yanvarda provizor I.I.Krauze Toshkentning ruslar yashaydigan qismi Sobor ko‘chasida (Orifxo‘ja passaji binosida) xususiy dorixona ochdi. Bu butun Turkiston o‘lkasida birinchi xususiy dorixona edi. 1901 yil Toshkentda provizor G.F. Kaplan xususiy dorixona ochadi. Bu dorixonaning filiali 1903 yil Toshkentning eski shahar qismida ham ochildi.1878 yil iyul oyida Samarqand shahar bemorxonasi qoshida dorixona ochildi. Bu dorixona ham aholiga dori-darmonlarni pulga, kambag‘al aholiga esa bepul berar edi.
1900 yilgacha Samarqand viloyatida bitta dorixona bo‘lib, uezdlarda esa aholi dori-darmonlarni bemorlar qabulxonalari dorixonalaridan pulga sotib olar edi.
Farg‘ona vodiysida birinchi dorixona 1892 yil Qo‘qonda, ikkinchisi – 1894 yil may oyida Marg‘ilonda, uchinchisi – Andijonda 1896 yil sentyabrda, to‘rtinchisi esa Namanganda 1901 yil avgustda ochildi.
Buxoroda birinchi dorixona 1889 yil yanvarda Buxoroning eski shahar qismida ochildi. 1895 yil esa Buxoroning YAngi shahar qismida “Ermans savdo uyi” tomonidan xususiy dorixona ochildi. 1903 yil Buxoroning eski shahar qismida ikkinchi xususiy dorixona ochildi.
1906 yilda dorixona ochishning yangi qoidasi joriy qilindi va unga binoan xar 10 000 aholiga bitta dorixona ochish mumkin bo‘ldi.
1900 yillarda Toshkent temir yo‘li qurilishi munosabati bilan Toshkentga Rossiyadan ko‘pchilik aholi ko‘chib keladi. 1911 yilning may oyida Turkiston general-gubernatori Toshkentning ruslar yashaydigan qismida yana 7 ta dorixona ochishga ruxsat berdi va bu dorixonalar 1912 yil davomida ochildi. Ushbu dorixonalar yangi ochilgan ko‘chalar nomiga qo‘yildi: Privokzalnaya, Obuxovskaya, Mariinskaya, Romanovskaya, Moskovskaya, Sergievskaya, Kuylukskaya va boshqalar.
SHunday qilib, 1913 yil Toshkentning 70 000 ruslar yashaydigan qismida 11 dorixona mavjud bo‘lgan bo‘lsa, 170 000 aholi yashaydigan eski shahar qismida faqat shu yili aprelida yagona xususiy dorixona ochildi.
Samarqand viloyatining Kattaqo‘rg‘on shahrida 1904 yilda, Marg‘ilonda esa 1908 yil may oyida xususiy dorixonalar ochildi.
1914 yilda O‘zbekistonning qishloq erlarida 138 o‘rinli 23 ta shifoxona, 10 feldsherlik punkti, 6 ta dorixona bo‘lib, ularda 19 shifokor, 48 feldsher, 2 ta doya va 6 ta farmatsevt ishlar edi. Xiva shahrida birinchi dorixona 1915 yilda ochildi.
Oktyabr to‘ntarishiga qadar hozirgi O‘zbekiston hududida 46 ta dorixona, jumladan 43 ta shaxsiy dorixonalar bor edi. Toshkent shahar va viloyatida 17 ta dorixona, shulardan 12 ta xususiy dorixona Toshkent shahrida, 5 ta dorixona uezd va qishloqlarda joylashgan edi. SHuningdek, 64 ta bemorxona, 65 ta ambulatoriya mavjud bo‘lgan. Ularda 80 ta farmatsevt, 102 ta shifokor: 39 ta tish shifokori va 234 o‘rta ma’lumotli tibbiyot xodimlari faoliyat olib borganlar.
Farg‘ona viloyatida 13 ta dorixona bo‘lib, shulardan 9 tasi shaharlarda: Qo‘qonda – 2 ta, Andijonda – 2 ta, Namanganda – 2 ta, Farg‘onada – 1 ta, Marg‘ilonda – 1 ta, O‘shda – 1 ta, 4 tasi esa CHust, Asaka, SHahrixon, Jalolobod qishloqlarida joylashgan edi. Samarqand viloyatida 10 ta dorixona bo‘lib joylash, shulardan 4 ta dorixona shaharlarda, 6 tasi qishloqlarda joylashgan edi. Buxoro shahrida – 3 ta, Surxondaryo viloyatida – 1 ta, Qashqadaryo viloyati Bekbudi shahrida – 1 ta dorixona bo‘lgan.
1920 yilning sentyabr oyidan boshlab, shaharning markaziy dorixonasi dori-darmon saqlanadigan omborxona vazifasini ham bajargan. Barcha turdagi dorilar va boshqa tibbiyot tovarlari shu markaziy dorixonada mujassamlangan edi. Boshqa barcha dorixonalar dori va boshqa tovarlarni Farmatsiya bo‘linmasi ruhsati bilan shu erdan olishgan.
O‘lkadagi iqtisodiy tangliklar va mamlakatning “YAngi iqtisodiy siyosat” (NEP)ga o‘tishi munosabati bilan dorixonalar ishini yangicha tashkil qilishni taqozo qilar edi. 1922 yil 1 avgustda Toshkent shahrida Turkiston ASSRning Sog‘liqni saqlash halq komissariyati qoshida dorixona boshqarmasi tashkil etildi.1924 yil 27 oktyabr oyida O‘zbekiston SSR tashkil topdi, 1925 yilning fevralida esa Sog‘liqni saqlash xalq komissariyati qoshida Dorixona boshqarmasi ochildi. Unga xo‘jalik hisobidagi 34 dorixona, markaziy dorixona omborxonasi, nazorat-tahlil laboratoriya va galen-qadoqlash laboratoriyasi kirar edi.
Dorixonalar tizimi taraqqiy etishi natijasida 1938 yili Dorixona boshqarmasi O‘zbekistonning Bosh dorixona boshqarmasiga aylantirildi.
Dori-darmon xizmatini aholiga yaqinlashtirish maqsadida, O‘zbekistonda, qishloq tibbiyot muassasalari qoshida 1938 yildan boshlab dorixona punktlari tashkil qilindi. 1940 yilga kelib dorixonalar soni 172 ga etdi. 1940 yilning oxirida O‘zbekistonda 172 dorixona, 398 dorixona punktlari, 20 ta dorixona do‘konlari, 76 ta dorixona kiosklari, 5 ta omborxona, 6 ta nazorat-tahlil laboratoriyasi va bitta galen-qadoqlash laboratoriyasi mavjud edi.
1942 yilning oxirida O‘zbekistonda 113 ta evakuatsiya gospitali joylashgan edi.
II-jahon urushining dastlabki kunlaridanoq O‘zbekiston Dorixonalari bosh boshqarmasi o‘z ishini xarbiy holatga moslashtirdi. Bu kungacha O‘zbekistonda kimyo-Farmatsevtika sanoati bo‘lmagan edi. Zudlik bilan mahalliy resurslardan dori-darmonlar ishlab chiqarish zarur bo‘lib qoldi. Tez fursatda kimyogar olimlar kam uchraydigan materiallar o‘rnini bosuvchi va turli chiqindi materiallaridan qimmatbaho mahsulotlar ishlab chiqarish usullarini topdilar. Dorixonalar boshqarmasi korxonalarida turli xil sanoat chiqindilari, yarim tayyor mahsulotlar va o‘simliklar xom ashyosidan bir qator dori vositalari va tibbiyot buyumlari ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ydi.
Dori-darmon ishlab chiqarish sohasidagi ishlar muhim ahamiyatga ega bo‘ldi. Urush yillari xarakatdagi harbiy qismlarga 392,7 tonna narkoz uchun efir, 18,7 ming tonna gips, 166,7 ming tonna xo‘jalik sovuni, 46,6 ming sanitariya palatkalari, 9630 dezinfeksiya vositalari va boshqalar etkazib turildi. Ushbu tibbiy yordamga O‘zbekiston Farmatsevt-olimlari ham o‘z ulushlarini qo‘shishdi. Xususan, 1942 yilning boshida Toshkentda dezinfeksiya vositalari ishlab chiqaruvchi zavod ishga tushdi. So‘ngra galen Farmatsevtik laboratoriya asosida Toshkent Kimyo-Farmatsevtika zavodi tashkil etildi, unda narkoz uchun efir, xlorid kalsiy, kofein-benzoat natriy, fitin, glyukoza poroshogi, keyinchalik xolosas, astmatol, qora qand (barbaris) ekstrakti ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yildi. Maxalliy sanoatda gips, shina, qo‘ltiqtayoq, sanitariya zambillari ishlab chiqarildi.
O‘rta Osiyo universitetining kimyo fakultetida urush davri tibbiyoti uchun zarur bo‘lgan narkoz efiri, xlorli kalsiy, kofein, streptotsid, sulfitsin, nikotin kislotasi ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yildi.
Samarqand viloyatida yodning spirtli eritmasi, yalpiz, valeriana, evkalipt, ermon nastoykalari, nao‘atir anis tomchisi, kamfora, ixtiol va Vilkinson surtmasi, ruxli, borli, skipidarli malhamlar, kamforaning moyli eritmasi, xantal, chutovari, sovun spirtlari va lakrichniy kukun dorilari va boshqalar ishlab chiqarildi.
Urush yillari Respublika dorixonalar Bosh boshqarmasi asosiy e’tiborni harbiy evakogospitallar, bolalarni davolash muassasalari va sanoat korxonalarining tibbiyot-sanitariya bo‘limlarida ochilgan dorixona va uning shahobchalarini dorilarga bo‘lgan ehtiyojini to‘laroq qondirishga qaratdi.
1942 yil 28 avgustda “Pravda Vostoka” gazetasi Toshkent Farmatsevtika institutining xodimlari mahalliy xom ashyodan 15 ta yangi dori vositalarini ishlab chiqarishga topshirdilar, deb yozgan edi.
Urush yillari kimyo-Farmatsevtika vositalarining tanqisligini inobatga olib Ittifoq Sog‘liqni saqlash vazirligi uni o‘simliklar xom ashyosi bilan to‘ldirishni ma’qul deb topdi.
Respublika Fanlar Akademiyasi akademigi S.YU. YUnusov rahbarligida O‘zbekiston alkoloidli o‘simliklarning hususiyatlarini o‘rganish yuzasidan katta ishlar olib borildi.
Respublika botaniklari yovvoyi tarzda o‘sadigan kauchukli o‘simliklarning boy changalzorlarini topdilar, bedadan va sholining tozalash sanoati chiqindilaridan vitaminlar olish usullarini ishlab chiqdilar. Engil sanoatni rivojlantirish uchun keng imkoniyatlar ochib beradigan o‘simliklar xom ashyosi bo‘yicha ma’lumotlarni umumlashtirdilar.
Urushdan keyingi yillarda O‘zbekistonda dorixonalar tizimi tez sur’atlar bilan rivojlana boshladi. Faqt 1959-1975 yillar mobaynida respublikamizda 888 ta yangi dorixonalar ochildi, ulardan 652 tasi qishloq joylarda edi.
YAngi dorixonalar asosan namunali loyihalar asosida qurilib, 1971 yildan 1977 yilgacha Respublikamizda 140 ta namunali dorixona qurilib foydalanishga topshirilgan, 130 ta dorixona yangitdan ta’mirlangan binolarga ko‘chirildi.
1981 yil boshlarida, Sog‘liqni saqlash vazirligi qoshidagi dorixonalar Bosh boshqarmasi tizimida 1500 dorixona (ulardan 1016 dorixona qishloq joylarda), 25 dorixona do‘konlari, 14 dorixona omborxonalari va 14 nazora-tahlil laboratoriyalari mavjud bo‘lgan .
Dorixona tarmoqlarini yanada rivojlantirish va dori-darmon yordamining sifatini oshirishda, Farmatsevt kadrlarni tayyorlab berish xal qiluvchi ahamiyatga ega bo‘ldi. CHunonchi, 1958 yilda Respublika dolrixona tizimida 1490 farmatsevt faoliyat olib bordi. Ulardan 553 nafari oliy ma’lumotli farmatsevtlar edi.
1981 yilga kelib, O‘zbekistonda 3150 oliy ma’lumotli va 2970 o‘rta ma’lumotli Farmatsevtlar aholiga dori-darmon yordamini ko‘rsatganlar.
1984 yildan boshlab har bir tumanda markaziy tuman dorixonasi tashkil qilindi. SHu jumladan, Toshkentda 9 ta Markaziy tuman dorixonalari barpo etildi.
1987 yili respublikamizda 1995 ho‘jalik hisobidagi dorixona, shu jumladan 1333 qishloq joylarida va 6477 dorixona filiallari mavjud bo‘lgan.
1988 yil Respublikaning Bosh dorixona boshqarmasi “Farmatsiya” Respublika ishlab chiqarish birlashmasiga o‘zgartirildi.
O‘zbekiston mustaqillikni qo‘lga kiritganidan keyin, dorixona korxonalarining ish faoliyati tubdan o‘zgara boshladi. Dorixona faoliyatini tartibga soluvchi, O‘zbekiston Respublikasining “Dori vositalari va Farmatsevtik faoliyat to‘g‘risida”gi Qonun qabul qilindi. Bu qonunga binoan, hukumat tomonidan, dori-darmonlar muomalasini tartibga soluvchi va dorixona faoliyatini bir tizimga keltiruvchi, bir qator farmonlar qabul qilindi.
1994 yil 11 martda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan, “O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash vazirligiga qarashli dorixonalarni davlat tassarufidan chiqarish va xusussiylashtirish to‘g‘risida”gi 139-sonli qarori qabul qilindi.
Xususiylashtirishning boshida O‘zbekistonda 2552 davlat dorixonalari faoliyat ko‘rsatgan. 1994 yilning oxirida, shular asosida, 352 bemorxona ichidagi dorixonalar, 239 ochiq aksiyadorlik jamiyati, 290 jamoa dorixonalari va 1059 xususiy dorixonalar tashkil qilindi. 1995 yili O‘zbekistonda 2571 farmatsevt faoliyat olib borgan. 1996 yilga kelib, ularning soni 3980 dan oshib ketdi.
1992 yili O‘zbekistonda farmakologiya va farmakopeya qo‘mitalari tashkil qilindi. Ularning faoliyati tibbiyotga zarur bo‘lgan uskunalarni ishlab chiqarishga yo‘naltirilgan. 1993 yili “O‘zfarmsanoat” konserni tashkil etildi.
1996 yilga kelib Respublikamizda 2200 dorixona hususiylashtirildi, 839 dorixona aksionerlik jamiyatiga aylantirildi. 2002 yilga kelib, Farmatsevtik faoliyat bilan shug‘ullanish uchun 3945 yuridik shaxslarda litsenziya bo‘lgan. (61 ishlab chiqarish korxonalari, ulgurji muassasalar 171, 3712 dorixona va 1286 dorixona filiallari).

Download 140,77 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish