Farmatsevtika deontologiyasining tarixiy rivojlanishi. Reja



Download 140,77 Kb.
bet4/5
Sana13.01.2023
Hajmi140,77 Kb.
#899135
1   2   3   4   5
Bog'liq
маъруза матни 2

«Bioetika» atamasini ilmiy muomalaga kiritgan V.R. Potter ba’zan insonparvarlikdan ancha uzoq bo‘lgan fan-texnika taraqqiyotiga qarshilik ko‘rsata oladigan ekologik etikaning alohida varianti zarurligiga e’tiborni qaratgan edi. «Bioetika» atamasi biotibbiyotning avvalambor bemorlarning huquqlari va qadr- qimmatini himoya qilish bilan bog‘liq axloqiy muammolarini fanlararo tadqiqqilishni belgilash uchun qo‘llaniladi. U amaliy etikaning bir qismi bo‘lib, kasbiy faoliyatni ichidan emas, balki sirtdan tartibga solishni nazarda tutadi.
T irik mavjudot sifatida faqat insongina qimmatli bo‘lib, jonli va jonsiz tabiatning istalgan ob’ektlaridan erkin foydalanish huquqiga ega, degan qarash asrlar mobaynida hukm surib keldi (hayvonlarga etika qoidalaridan kelib chiqib munosabatda bo‘lish zarurligi to‘g‘risidagi masala nisbatan yaqinda uzil-kesil hal qilindi).
Mazkur dunyoqarash antropotsentrizm degan nom oldi. Etika falsafiy tafakkurining, ayniqsa, XIX asr oxirida va XX asrda rivojlanishi, antropotsentrizmning bir yoqlamaliligiga qarshi insoniyat eng yaxshi vakillarining kurashi insoniyatning atrof muhitga nisbatan o‘z qarashlarini qayta ko‘rib chiqish zarurligini tushunib etishiga olib keldi. Mazkur qarash Biotsentrizmda o‘z aksini topdi. «Bioetika va ta’lim» (Sidney, Gamburg, 1990) kitobida J.R. Meer insonning ma’naviy burchi g‘oyasini tushunish bilan farqqiladigan dunyoqarashning har xil tiplari sxemasini keltiradi. Agar shaxsning ma’naviy burchi guruhning barcha a’zolariga nisbatan amal qilsa, ayni holda sotsiotsentrizm mavjud bo‘ladi. Agar inson er yuzidagi barcha aqlli mavjudotlarni himoya qilishi lozim bo‘lsa, bunday etika patotsentrizm deb ataladi.
Bordiyu inson va uning ehtiyojlari diqqat markazida turgan, faqat inson qimmatga ega, binobarin, inson faqat odamlar oldidagina ma’naviy burchlidir, deb e’tirof etilgan bo‘lsa, bunday falsafiy konsepsiya antropotsentrizm deb ataladi. Nihoyat, inson er yuzidagi barcha tirik mavjudotlar oldida ma’naviy burchli, barcha jonzotlar, hayvonlar va o‘simliklarni avaylab asrashi lozim, deb e’tirof etilgan bo‘lsa, bunday dunyoqarash biotsentrizm deb ataladi, ya’ni «bios» – hayot, tiriklik diqqat markazida turadi.
Antropotsentrizm asrlar mobaynida insoniyatning etakchi dunyoqarashi bo‘lib keldi. Inson er yuzidagi boshqa barcha tirik mavjudotlarga qarshi qo‘yildi, faqat insonning manfaatlari va ehtiyojlarigina muhim, qolgan mavjudotlar mustaqil qimmatga ega emas, deb qaraldi. «Hamma narsa inson uchun» so‘zlari mazkur dunyoqarashning mohiyatini ifoda etadi. Antropotsentrizm dunyoqarash konsepsiyasi sifatida antik davrda yuzaga keldi. Qadimgi Gretsiyada bir nechta falsafiy maktablar mavjud bo‘lib, ulardan biri – Aristotel asos solgan maktab odamlar o‘rtasidagi tengsizlikning, jumladan, quldorlikning qonuniyligini e’tirof etar, odamlar bilan hayvonlar o‘rtasida katta farq mavjud deb qarar, hayvonlar insonning ravnaqi uchun yaratilgan deb hisoblar edi.
Insonni tabiatga qarshi qo‘ymaydigan yangicha dunyoqarashlar zarurligi insoniyatga ayon bo‘lib qoldi. Tiriklikka nisbatan axloqiy munosabatga asoslangan yangi bilim sohasi – bioetikaning- paydo bo‘lishi, inson va er yuzidagi boshqa jonzotlarning o‘zaro munosabatlari sohasida etika tafakkurining rivojlanishi yangi dunyoqarash konsepsiyasi – Biotsentrizmning o‘z mavqeini mustahkamlashiga ko‘maklashdi.
Biotsentrizm bir tur yoki bir nechta tur emas, balki barcha jonzotlar yashash huquqiga ega ekanligini, faqat inson emas, balki butun bios diqqat markazida bo‘lishi kerakligini nazarda tutadi. Bios huquqlari qonun hujjatlari bilan himoya qilinishi lozim. Insonning tabiatdagi o‘rni va ahamiyatini tushunishga nisbatan biotsentrik yondashuv ekologik xususiyatga ega masalalarni ham to‘g‘ri hal qilishga yordam beradi. Iste’tovar qilishga bo‘lgan munosabatni o‘zgartirish biotsentrizm prinsiplarini hayotga tatbiq etish shakllaridan biriga aylanishi lozim, chunki «hamma narsa inson uchun» konsepsiyasi o‘z kuchini yo‘qotmoqda. Boshqacha qilib aytganda, inson iste’tovarchi sifatida boshqa turlarning manfaatlarini ham e’tiborga olishi, jumladan: hayvonlarning yashash joylari va sharoitlarini saqlab qolishi, inson ehtiyojlarini qondirish uchun erdan ayovsiz foydalanishga, o‘rmonlarni kesib tashlashga chek qo‘yishi lozim.

Download 140,77 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish