Mavzu 9: O’zgaruvchantokzanjirlari.
Maqsad:Sinusoidaltokzanjirininghosilbo`lishihaqidama'lumotgaegabo`lish.
Reja:
1. Asosiy tushunchalar.
2. Sinusoidal E.YU.K. ni hosil qilish.
3. Sinusoidal E.YU.K. kuchlanish va toklarning haqiqiy va o`rtacha qiymatlari .
Tayanch so`zlar:Sinusoidal ,E.YU.K., kuchlanish, haqiqiy qiymat, o`rtacha qiymat, amplituda qiymat
Asosiy tushunchalar.
Elektrotexnikada, radiotexnikada va boshqa elektr qurilmalarida davriy E.YU.K., kuchlanish va toklar keng miqyosda qo`llanilmoqda. Davriy kattaliklar vaqt bo`yicha o`zgaradi va bu o`zgarish teng vaqtlar T oralig`ida takrorlanadi va bunga davr deyiladi.(40-rasm). Amalda o`zgaruvchan tokning barcha energiya manbalari (elektrostantsiya generatorlari) sinusoidal qonun bo`yicha o`zgaruvchi E.YU.K. ni hosil qiladi.(40 –rasm)
Bu qonuniyat bo`yicha o`zgaruvchi sinusoidal E.YU.K. va kuchlanishlarning asosiy qulayligi shundaki, elektr energiya uzatish jarayonida uzoq masofalarga (yuzlab va 1000 km) elektr energiya manbaidan iste'molchiga qadar bir necha marta transformatsiyalanganda (o`zgartirilganda) kuchlanishni vaqtga bog`likligi o`zgarmaydi, ya'ni sinusoidal bo`ladi.
Hozirgi vaqtda amalda barcha ishlab chiqariladigan energiya sinusoidal tok energiyasi hisoblanadi. Shu energiyani ma'lum bir qismi o`zgarmas tok energiyasiga aylantiriladi.
Har qanday davriy kattalik bir qator xarakterli qiymatlarga ega bo`ladi. E.YU.K., kuchlanish va toklarni eng katta qiymati yoki amplituda qiymatlari mos ravishda Yem, Um, Im kabi belgilanadi. ( 40 -rasm). Davriy o`zgaruvchi kattalikni qaralayotgan vaqt momentdagi qiymatiga oniy qiymati deyiladi va E.YU.K., kuchlanish, tok mos ravishda e, u, i harflari bilan belgilanadi. Maksimal qiymat - oniy qiymatning xususiy holidir.
40 -rasm. Har xil formuladagi davriy E.YU.K.lar a-to`gri burchaklik, b – trapetsiyasimon, v -uchburchak simon, g -ixtiyoriy , d -sinusoidal
Davrga teskari bo`lgan kattalikka, yoki bir sekundda davriy o`zgaruvchi kattaliklarni to`liq o`zgarishlar soniga chastota deyiladi.
f = 1/ T
Chastota gertslarida (Gts) o`lchanadi. Yevropa va SNG davlatlarida standart sanoat chastotasi f =50 Gts qabo`l qilingan. Amerika va Yaponiyada f = 60 Gts kabo`l qilingan. Bu elektr dvigatellarini optimal aylanish tezliklarini ta'minlaydi va cho`g`lanma lampalar, yoritish lampalarida ko`zga sezilarli bo`lgan miltillashlarni yo`qligi bilan xarakterlanadi.
Ayrim elektrotexnik qurilmalar yuqoriroq chastotalarda ishlaydi. Yuqori chastota (asosan 175-200Gts) avtomatika va elektr uskunalarini yurituvchi qurilmalarda dvigatellarni og`irligini kamaytirishga imkon yaratadi. Metallarni elektr yo`li bilan qizdirishda 500 Gts dan 10000 Gts gacha chastota qo`llaniladi. Metallarni yuza qismini qizdiruvchi qurilmalarda 2000 dan 10 Gts gacha chastota qo`llaniladi. Radiotexnik qurilmalarda 10 Gts dan 3 10 Gts gacha chastota ishlatiladi.
Pasaytirilgan chastotadagi sinusoidal toklar ham ishlatiladi. F = 5 - 10 Gts chastota metallurgiya sanoatida qo`llaniladi. Ayrim mamlakatlarda temir yo`llarida elektr tortuvchi qurilmalarda 16 2/3 Gts ( 50/3 = 16 2/3 chastota qo`llaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |