7.T.M. Poshshaxo‘jayeva, SH.A. Abduraxmonova. “Xizmat ko‘rsatish mehnati”. 5-7 sinf o‘quvchilari uchun o‘quv qo‘llanma. – Toshkent: “O‘qituvchi”, 1992 y.
8. J. Ramizov. “5-7 sinflarda texnik mehnat ta‘limi”. – Toshkent: “O‘qituvchi”, 1986.
9. M. V. Maksimova. “To`qishni o`rganamiz” Ommabop – Toshkent: “Mehnat” 1988 y. Ruschadan tarjima.
10. A.N. Varab‘yov, S.A. Limanskiy, I.G‘. Karimov. “Mehnat ta‘limi” (o‘quv darslik 5-7 uchun). – Toshkent: “O‘qituvchi”, 1991.
11. S.S. Bulatov. “O‘zbek xalq amaliy bezak san‘ati”. O‘quv qo‘llanma. – T.: “Mehnat”, 1991.
12. O‘zbek Milliy ensiklopediyasi. Barcha tomlar jamlanmasi (1-14 tomlar). Toshkent.
13. Uy-ro‘zg‘or ensiklopediyasi. Toshkent.
“Mehnat ta’limi fanidan xalq hunarmandchiligi bo‘yicha ko‘rgazmalar tashkil etishning o‘ziga xos
xususiyatlari”.
Ma’lumki, xalq hunarmandchiligi xalqimizning asrlar davomida to‘planib kelgan amaliy tajribalari natijasida yuzaga kelgan. XVI asrda aholining katta qismini xalq hunarmandchiligi vakillari tashkil qilgan. Ular asosan uyda va shogirtlari ishtirokida oddiy paxta o‘simligi mahsuloti- tolalaridan ip yigirganlar. Ip yigirish dastlab qo‘lda- urchuqlar yordamida, keyinchalik esa ip yigirish dastgohlari yordamida amalga oshirilgan. XVIII asr o‘rtalarida qator davlatlarda og’irlik usuli orqali iplarning ingichkaligi aniqlangan. Natijada “Metrik nomer” degan ibora va ko‘rsatkich vujudga kelgan. 1897 yilgi rasmiy ma’lumotga ko‘ra Namanganda aholining 64%, Qo‘qonda 52%, Marg’ilonda 50% ni hunarmandlar tashkil etishi etganligi ma’lumdir. Vodiyda xalq hunarmandchiligining metalga ishlov berish, kulolchilik, mato to‘qish zardo‘zlik kabi tarmoqlari keng rivojlangan. Asosan mehnat darslarida Farg’ona vodiysi aholisining kiyim-boshlari tarixiga doir materiallardan foydalanish. Kiyim-bosh muayyan xalqining milliy madaniyatini o‘rganish va o‘ziga xosligini ham ifoda etishi bilan muhim o‘rinni egallaydi. Mazkur kiyim-kechaklar tarixini bir soatlik dars jarayonida to‘la ochib berib bo‘lmaydi. Shu boisdan darsdan tashqari paytlarda ham turli konkurslar, ko‘rgazmalarni tashkil etish kerak bo‘ladi. Bu esa xalqimizning noyob xalq hunarmandchiligini o‘quvchi yoshlarga tanitishda keng yordam beradi. Farg’ona vodiysida hunarmanchiligiga juda katta ahamiyat berilganini quyidagi misollardan ham bilib olish mumkin. Qadimdan Farg’ona vodiy aholisi orasida turli ko‘rinishdagi bosh kiyimlardan foydalanilgani ma’lum. Jumladan ularning dastlabki turlari to‘g’risida arxeologik izlanishlar bizga ma’lum beradi. Qizlar va kelinlar popukli peshonabandlardan foydalanganlar. Bu esa do‘ppiga bo‘lgan e’tiborni o‘ziga tortgan. Keyinchalik erkaklar ham turli nusxadagi do‘ppilardan foydalanganlar. Keyinchalik turli xildagi qiyiqlar, chyshoblar, yostiq va bolishlar, zardo‘zlik ishlari, pichoqchilik, kulolchilik, naqqoshlik, zargarlik, jiyakchilik, to‘nchilik, va boshqalarni misol qilish mumkin. Bularni og’zaki aytib o‘tgan bilan o‘quvchilarning ko‘pchiligi tasavvur qila olmaydi, shu bois maktabda turli seminar va ota-onalar yigilishlarida ham o‘quvchilarni o‘zlari yaratgan buyumlarini ko‘rgazmasini tashkil etilsa har maqsadga muvofiq bo‘ladi deb o‘ylayma.
ZARDO‘ZLIK YO‘NALISHI BO‘YICHA CHO‘PON.
ZARDO‘ZLIK NAQSHLARI BILAN TAYYORLANGAN BOSH-KIYIMI DO‘PPILAR.
CHUST PICHOG’I.
NAQQOSHLIK YO‘NALISHIDA TAYYORLANGAN BUYUMLAR NAMUNASI.
Kashta tikishda andoza va har xil nusxalardan keng foydalaniladi. Kashtaga tanlangan gul, tasvir buyum uchun kattalik yoki kichiklik qilganda uni kichraytirib yoki kattalashtirib tayyorlanadi. Tasvir (gul, naqsh, rasm)ni andozadan matoga ko’chirishning juda ko’p usullari bor: 1) qog’ozga chizilgan gul chiziqlari ustidan igna bilan bir me’yorda teshib chiqiladi, keyin andoza mato ustiga qo’yiladi va matoning rangiga qarab qurum, ko’mir, g’isht yoki bo’r kukuni sepiladi; 2) nusxa ko’chiriladigai qog’ozdan foydalaniladi; 3) movug, baxmal, jiloli shoyi kabi matolarga andaza qiyib, naqsh-gul chiziqlari ustidan ko’klab chiqiladi, so’ngra qog’oz sekin yirtib olinadi va kashka tikiladi; 4) yupqa matolarga nusxa ko’chirishda shisha taxtasi ustiga andaza, uning ustiga mato qo’yib, keyin lampaga tutiladi, ko’ringan tasir qora qalam bilan chizib chiqiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |