Muddat bo‘yicha belgilangan masalalar
|
Belgilangan muddat
|
1.
|
Kuzatuv kengashi tomonidan aksiyadorlar umumiy yig‘ilishi chaqirish to‘g‘risida qaror
qabul qilish
|
|
2.
|
Aksiyadorlar umumiy yig‘ilishi to‘g‘risida
aksiyadorlarni xabardor qilish
|
|
3.
|
Aksiyadorlar reyestrini shakllantirish
|
|
4.
|
Aksiyadorlar umumiy yig‘ilishi kun tartibiga masalalar kiritish
|
|
5.
|
Davlat ishtirokidagi aksiyadorlik jamiyatlarida davlat vakilini xabardor qilish
|
|
6.
|
Aksiyadorlar umumiy yig‘ilishi bayonnomasini rasmiylashtirish
|
|
7.
|
Qabul qilingan qarorlarni aksiyadorlarga
yetkazish
|
|
Aksiyadorlar umumiy yig‘ilishini tashkil etish va o‘tkazishda aksiyadorlar, kuzatuv kengashi va ijroiya organi ishtiroki bo‘yicha quyidagi jadvalni to‘ldiring.
Aksiyadorlar
|
Kuzatuv kengashi
|
Ijroiya organi
|
1.
2.
…
|
1.
2.
…
|
1.
2.
…
|
Nazorat savollari
Aksiyadorlik jamiyatlarida korporativ boshqaruv organlari.
Aksiyadorlar umumiy yig‘ilishi vakolatlari.
Aksiyadorlar umumiy yig‘ilishiga tayyorgarlik ko‘rishni o‘tkazish tartibi.
Aksiyadorlar umumiy yig‘ilishi kun tartibini shakllantirish.
Aksiyadorlar umumiy yig‘ilishida qarorlar qabul qilish va uni rasmiylashtirish tartibi.
Aksiyadorlik jamiyatlarida nazorat organlari.
Kuzatuv kengashini tuzish, tegishli vakolatlar doirasida faoliyatini tashkil etish.
Ijroiya organi faoliyatini tashkil etish va uning vakolatlarini tugatish.
Aksiyadorlar umumiy yig‘ilishining Kuzatuv kengashiga o‘tkazilishi mumkin bo‘lgan vakolatlari.
Aksiyadorlik jamiyatlari boshqaruvini boshqaruvchi tashkilotlarga topshirish tartibi va unda qo‘yiladigan masalalar.
Testlar
Aksiyadorlik jamiyatlarida korporativ boshqaruv organlari to‘g‘ri keltirilgan javobni belgilang.
aksiyadorlar umumiy yig‘ilishi, kuzatuv kengashi, ijroiya organi;
ichki audit xizmati, moliyaviy masalalar bo‘yicha direktor, xodimlar bo‘limi;
tashqi auditorlik tashkiloti, konsalting tashkiloti, bosh hisobchi;
yurist-maslahatchi, korporativ konsultant, sanoq komissiyasi;
Aksiyadorlar umumiy yig‘ilishi vakolati hisoblanmay- digan masalalar berilgan javobni belgilang:
to‘lanadigan dividend miqdori bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqish, joriy faoliyatni boshqarish, qimmatli qog‘ozlarni fond bozorida joylashtirish;
to‘lanadigan dividend miqdorini tasdiqlash, ustavni tasdiqlash, kuzatuv kengashi a’zolarini saylash, ustav kapitalini oshirish;
taftish komissiyasini saylash, ijroiya organi a’zolari bilan mehnat shartnomasini uzaytirish to‘g‘risida qaror qabul qilish, ustav kapitalini kamaytirish;
kuzatuv kengashi a’zolarining vakolatini muddatidan oldin tugatish, korporativ boshqaruv kodeksini tasdiqlash.
Aksiyadorlar umumiy yig‘ilishning kuzatuv kengashiga o‘tkazilishi mumkin bo‘lgan vakolatlari keltirilgan javobni belgilang.
aksiyalarni joylashtirish narxini belgilash, ijroiya organiga to‘lanadigan haq va kompensatsiyalar miqdorlarini belgilash, yillik biznes rejani tasdiqlash;
ustavga o‘zgartirishlar kiritish, taftish komissiyasi xulosalarini eshitish, aksiyadorlar umumiy yig‘ilishi kun tartibini tayyorlash;
korporativ boshqaruv kodeksini, aksiyadorlar umumiy yig‘ilishi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash;
aksiyadorlarga to‘lanadigan dividendlar miqdori bo‘yicha qaror qabul qilish, ichki hujjatlarni tasdiqlash.
Do'stlaringiz bilan baham: |