Aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishini o‘tkazish to‘g‘risidagi xabar aksiyadorlarga qanday tartibda yetkaziladi?
yig‘ilish o‘tkaziladigan sanadan kamida yetti kundan kechiktirmay, lekin uzog‘i bilan o‘ttiz kun oldin jamiyat veb-saytida, OAVlarida e’lon qilinadi, aksiyadorlarga elektron pochta orqali yuboriladi;
moliya yili yakunlangach bir oy ichida davlat tele-radio kanallarida e’lon beriladi;
yig‘ilish sanasidan 10 kun kechiktirmay ijtimoiy tarmoqlarda e’lon qilinadi;
yig‘ilish o‘tkaziladigan sanadan uzog‘i bilan o‘ttiz kun oldin jamiyat veb-saytida e’lon qilinadi.
Aksiyadorlar umumiy yig‘ilishi kun tartibi kim tomoni- dan tuziladi?
kuzatuv kengashi;
imtiyozli aksiyalar egalari;
ijroiya organi;
aksiyadorlar umumiy yig‘ilishi kotibiyati.
Aksiyadorlar qanday tartibda aksiyadorlarning yillik umumiy yig‘ilishi kun tartibiga masalalar kiritishga haqli?
kamida bir foiz ovoz beruvchi aksiyalarga egalik qiluvchi aksiyadorlar moliya yili tugagach o‘ttiz kundan kechiktirmay;
kamida besh foiz ovoz beruvchi aksiyalarga egalik qiluvchi aksiyadorlar moliya yili yakunlangach besh kundan kechiktirmay;
kamida 10 foiz ovoz beruvchi aksiyalarga egalik qiluvchi aksiyadorlar moliya yili yakunlangach o‘ttiz kundan kechiktirmay;
faqatgina 10 foizdan ortiq ovoz beruvchi aksiyalarga egalik qiluvchi aksiyadorlar moliya yili yakunlangach 10 kundan kechiktirmay;
Aksiyadorlar umumiy yig‘ilishi kun tartibiga qanday masalalar kiritilishiga yo‘l qo‘yilmaydi?
«turli masalalar», «boshqa masalalar», «har xil masalalar» mazmunidagi masalalar;
sof foydani taqsimlash, faoliyatni qayta tashkil etish;
aksiyadorlik jamiyatini tugatish, boshqa aksiyadorlik jamiyatini qo‘shib olish;
ijroiya organi a’zosi bilan mehnat shartnomasini bekor qilish, taftish komissiya a’zosi vakolatini muddatdan oldin tugatish.
Aksiyadorlik jamiyatida kuzatuv kengashining qaroriga ko‘ra o‘z tashabbusi asosida, aftish komissiyasining yozma talabi, shuningdek yozma talab taqdim etilgan sanada kamida besh foiz ovoz beruvchi aksiyalarga egalik qiluvchi aksiyadorlar yozma talabi asosida qanday yig‘ilishlar o‘tkaziladi?
aksiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishi;
aksiyadorlarning yillik umumiy yig‘ilishi;
kuzatuv kengashi yig‘ilishi;
ijroiya organi yig‘ilishi;
Kuzatuv kengashi tomonidan ovozlarni sanab chiqish, ishtirok etayotgan aksiyadorlarni ro‘yxatga olish, shuningdek ovoz berish byulletenlarini tarqatish uchun tuziladigan tarkib qanday nomlanadi?
a) sanoq komissiyasi;
taftish komissiyasi;
ichki audit xizmati;
aksiyadorlar umumiy yig‘ilishi kotibiyati.
Aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishida kvorumni aniq- lash, ovoz berish huquqlarining amalga oshirilishi munosabati bilan yuzaga keladigan masalalarni tushuntirish, qo‘yilgan masalalar bo‘yicha ovoz berish tartibini tushuntirish, ovozlarni sanab chiqish ovoz berish yakunlari to‘g‘risida bayonnoma tuzish, ovoz berish byulletenlarini AJ arxiviga topshirish qaysi tuzilmaning vazifasi hisoblanadi?
sanoq komissiyasi;
kuzatuv kengashi;
aksiyadorlar umumiy yig‘ilishi kotibiyati;
ijroiya organi.
Do'stlaringiz bilan baham: |