10-rasm. Erkеrlar
a-erkеrlarning rеjadagi shakllari; b-yuk ko`taruvchi dеvоrli erkеr; v-оsma erkеr; g-panеlli binоlarda ichki dеvоr rafahlariga tayangan оsma erkеr; е-хuddi shunday g’ishtli binоda; erkеr kеramzitоbеtоn plitaga tayangan; j-panеlli erkеr; i-hajmiy elеmеntli erkеr; k-hajmiy blоkli binоlarda erkеrni o`rnatish: 1-ichki panеl dеvоrning tеmirbеtоn rafahi; 2-оrayopma rafahi; 3-erkеrning kеramzitabеtоn plita rafahi; 4- dеrеza bo`shlig’i to`sig’i; 5-issiq qatlami panеl
2.Alohida tayanchlar
Devori mayda elementlardan tashkil topgan binolarda qavatlararo yopma yoki tom yopmasi konstruksiyalarini ko‘taruvchi ichki, alohida tayanchlar g‘isht yoki tosh, temirbeton, metall va asbosementdan ko‘tariladi. Bunday vertikal tayanchlar g‘ishtdan terilgan bo‘lsa, ularning ko‘ndalang kesim yuzasi unga tushadigan yuk miqdoriga, tayanchlar oralig‘iga, bino qavatlari soniga va umumiy konstruktiv yechimiga bog‘liq bo‘ladi.
Yuk ko‘taruvchi g‘isht ustunning minimal ko‘ndalang kesimi 510x360 mm ga teng bo‘ladi. Bunda g‘ishtlar sifatli bo‘lishi bilan bir qatorda uning markasi 100 dan, terishda ishlatiladigan qorishma markasi esa 50 dan kam bo‘lmasligi kerak (2.32-rasm).
а)
rasm. G‘isht ustunlar:
a - g'isht ustunlarning terilish sistemasi; b - temirbeton to'sinlarning
g'isht ustunlarga tayanishi; d- ustunlargayog'och to'sinlarning
tayanishi; 1 - temirbeton to'sin; 2 -plita;
3 - yog'och to'sin; 4 - pona; 5 - po 'lat nakladka; 6 - konsol plita.
G‘isht ustunlarning yuk ko‘tarish qobilyatini oshirish maqsadida diametri 5-6 mm bo‘lgan po‘lat simlardan katakchalari 100-150 mm bo‘lgan to‘rlar yasalib, har 2-4 qator g‘ishtdan so‘ng qo‘yib boriladi.
Ko‘p hollarda g‘isht ustun yuk ko‘tarish qobilyatini oshirish uchun ustun qirralari uchburchak yoki tekis po‘lat tasmani payvand- lash yordamida hosil qilingan karkaslar orasiga olinib, ustidan metall to‘r qoplanadi va suvoq qilinadi.
Agar ustunga tushadigan yuk katta bo‘lsa, u holda g‘isht ustunlar o‘rniga temirbeton ustunlar ishlatilib, ular to‘sin bilan birgalikda bino karkasini hosil qiladi. Ustunlar kesimi to‘g‘ri to‘rtburchakli yoki doira shaklida bo‘lishi mumkin. To‘sinlarni ustunlarga ulashda ularning uch qismida qoldirilgan po‘lat mahkamlash detallari bir-biriga payvand- lanadi.
Asbosement quvur va metall tayanchlar ichi odatda beton bilan to‘ldirilib, pavilon xilidagi binolarda ishlatiladi. Tayanchlar sirti odatda moyli bo‘yoqlar bilan bo‘yaladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |