- Analizning tezkorligi xalq xo‘jaligi, sanoat ishlab chiqarishi va boshqa sohalar uchun katta ahamiyatga ega. Ishlab chiqarishda texnologik jarayon qancha qisqa boisa, analiz vaqti ham shuncha qisqa bolishi kerak, aks holda, ko'plab yaroqsiz mahsulot ishlab chiqarilishi mumkin. Xuddi shunday holat tibbiyotda ham kuzatilishi mumkin. Masalan, kasallikni belgilaydigan moddalarni aniqlash qancha tez amalga oshirilsa, og‘ir ahvoldagi kasallarga tashxis qo‘yish va ulami qutqarib qolish shuncha tez va oson bo‘ladi. Ayrim analiz usullari juda qisqa vaqt ichida natija beradi. Masalan, kvantometrlar 20-30 elementni bir necha sekundda analiz qila oladi. Zamonaviy ionomerlar yordamida ionlarni bir minutdan qisqa vaqt ichida aniqlash mumkin. Har qanday analizni bajarganda, vaqtning ko‘p qismi moddani analizga qulay bo'lgan holatga o‘tkazish uchun sarflanadi. Shu bois, selektivroq usul tanlansa, analiz vaqti ancha qisqarishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |