. - Odatda, lingvistik tadqiq metodlari tilshunoslikning barcha bo'limlari uchun umumiydir, ya'ni ayni bir usul bilan tilning fonetik qurilishi ham, leksik, morfologik v.b. tomonlari ham tadqiq qilinadi. Chunonchi, tarixiy tilshunoslikda tarixiy fonetika, tarixiy fonologiya, tarixiy morfemika, tarixiy sintaksis, tarixiy stilistika v.b. bo'limlar mavjud. Shu bilan birga tilning ayrim sath birlik (bo'lim)larini o'rganishga ixtisoslashgan tadqiq usullari ham bor. Chunonchi, perimentalogiya, fonetika, semantik sintaksis, lingvistik semantika kabi.
-
- Tilshunoslikda lingvistik tadqiq metodi juda ko'pdir. Tom ma'noda tilshunoslik tarixi - bu tilni tadqiq etish usullarining bosqichma-bosqich almashinib, yangilanib borish, bir-biiini to'ldirib, til mohiyatiga chuqurlasha borish tarixidir; tilshunoslik tarixiga bag'ishlangan har qanday tadqiq va qo'llanma barcha zamonda tilning tadqiq metodlari masalalarini ham o'z ichiga oladi.
-
. - Tadqiq metodlari tilshunoslik yo'nalishini belgilashi va ilmiy maktab ko'p hollarda metod nomi bilan atalishi sababli
- "Qiyosiy-tarixiy tilshunoslik",
- "Naturalistik tilshunoslik",
- "Komparativistika",
- "Geneologik tilshunoslik",
- "Formal tilshunoslik",
- "Funksional tilshunoslik",
- "Areal tilshunoslik",
- "Struktur tilshunoslik",
- "Deskriptiv tilshunoslik",
- "Matematik tilshunoslik",
- "Kompyuter tilshunosligi",
- "Psixologik tilshunoslik" (psixolingvistika) v.h. kabi yo'nalishlarga bag'ishlangan ish va fayl-u saytlarda shu yo’nalish uchun yetakchi bo'lgan tadqiq metodlari haqida ma'lumot olish mumkin.
. - Yana shuni eslatib o'tish lozimki, ma'lum bir lingvistik tadqiq metodini o'zlashtirish tilshunoslikning ma'lum bir yo'nalishini mukammal o'zlashtirish bilan barobar. Oldingi ma'ruzamizda aytilganidek, Siz shunday yo'nalishlarning 5-6 tasi bilan maxsus shug'ullanasiz, ularning metodlari bilan chuqurroq tanishasiz. Tilshunoslik (masalan, ona tili, o'zbek tili grammatikasi) bo'yicha zig'ircha bilimga ega bo'lgan kimsa albatta uning bir turli tadqiq usulidan ham (uqilmagan holda bo'lsa ham) xabardor bo'ladi.
- Bu o'quv fani ma'ruzalari Sizga metod va metodologiya masalalariga ongli munosabatda bo'lish, xilma-xil usul (metod)lar bilan qo'lga kiritilgan bilimlarni til hodisalari mohiyatini anglash va izohlash jarayonida birlashtira olish madaniyatini singdiradi. Olim, orif va tadqiqotchi uchun - xususan, ko'p fikrlilik va demokratik munosabatlar to'laqonli amalga kirayotgan jamiyatda bunday madaniyat juda zarurdir:
- tadqiq manbayining bir qirrasi haqida bir tadqiqotchi tomonidan bayon etilgan fikr yoki xulosa shu manbaning boshqa qirrasi uchun haqqoniy bo'lmasligi mumkin. Olim va orif esa bu qarama-qarshi hukmlarni birlashtira olish, har bir hukm va xulosaning haqqoniylik va tatbiq chegarasini bilish madaniyatiga ega bo'lmog’i lozim. Shu bilan bog'liq ravishda diqqatingizni yana bir daf`a "Lisonut tayr"da keltirilgan ko'zi ojizlar tavsifida fil va bu tavsiflarning orif tomonidan qabul qilinishi haqidagi rivoyatga qaratamiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |