bir binoga mansub ekanligini tushunadi, johil esa zohiriy farq asosida ularning birligini rad etadi. Ko'p fikrlilik, tolerantlik (bag'ri kenglik), ustuvor demokratik tamoyillar har qanday qarashga, xususan, ilmiy talqinlarga oriflik nuqtayi nazaridan yondashishni talab qiladi. Shu bois istagan fanda tadqiq metodlarinirig almashinib turishi fanning uzluksiz taraqqiyoti belgisi sanalishi lozim. Ma'lum bir tadqiq usulini mutlaqlashtirish shak-shubhasiz fetishizmga olib keiadi. Uning xunuk oqibatlari haqida yuqorida babs yuritildi. Bugungi kunda bu o'ta dolzarb, ijtirnoiy-siyosiy, iqtisodiy-madaniy rivojimizda muhim ahamiyat kashf etuvchi masala bo'lganligi sababli uning ustida yana ham batafsilroq to'xtalishni ortiqcha deb sanamaymiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |