4-Amaliy mashg’ulot.Gidrofit,gigrofit, mezofit, kserofit, sukulent, sklerofit dorivor o`simliklarturlarini o`rganish (lotincha, ruscha va maxalliy nomlari) Dars maqsadi:Talabalarga gidrofit, gigrofit, mezofit, kserofit, sukulent, sklerofit kabi dorivor o’simliklar bilan tanishtirish, ularning lotincha, ruscha va mahalliy nomlarini o’rganish.
Ishni borishi: Suv o‘simlik hayoti uchun eng muhim omillaridan biri hisoblanadi.
Barcha o‘simliklarnig 30 - 90% ni suv tashkil qiladi. Suv mavjudligi tufayli o‘simliklarda chiqish va tushish qimi hosil bo‘lib, fotosintez va biokimiyoviy jarayonlar amalga oshadi, suv bug‘latib o‘simlik o‘zini o‘zi sovitadi. Tabiatda suv bug’, suyuq va qattiq holat da bo‘ladi. (qor, do‘l, qirov, muz). Barcha o‘simliklarni suvga bo‘lgan talabiga ko‘ra quyidagi guruhlarga bo‘linadi. 1.Gidrotafitlar - hayoti faqat suvda o‘tuvchi suv o‘tlari.
Gidrofitlar - tanasining bir qismi suvning ustida o‘suvchi o‘simliklar (nilufar,qamish, zubturum).
Gigrofitlar - suv ortiqcha bo‘lgan botqoqlarda o‘suvchi o‘simliklar(savag‘ich, qiyoq, sholi, tropik o‘simlikar).
Mezofitlar - namlik yetarli bo‘lgan joylarda o‘suvchi o‘simliklar, o‘rmon,o‘tloq o‘simliklari, va g‘o‘za, beda, qovun, tarvuz, pomidor, kabi o‘simliklar.
Кserofitlar hayotida suvga muhtojlikni bir marta his qiluvchi, ildizi chuqurga kirib boruvchi o‘simliklar. Shuvoq, saksovul 16-18 m, yantoq 18m, chalov, beda 16-18m, juzg‘un, pista kabi o‘simliklar. Suvda yashovchi o‘simliklarnig suv ostidagi barglarida ustisalar yaxshi taraqqiy etmagan bo‘lsa, suv ustidagi barglarida ularnig 1 mm2 dagi soni 648 tagacha yetadi. Bunday o‘simliklarnig tanasini 70% havo saqlovchi hujayralardan tashkil topadi. Ularda o‘tkazuvchi naylar kam rivojlangan maxanik to‘qimalar esa yo‘q bo‘ladi. Кserofit o‘simliklarni aksincha barg plastinkasi kichraygan, ustisalar chuqurda joylashgan, barg va poyasi tukchalar bilan qoplangan, osmotik bosimi juda yuqori, o‘tkazuvchi naylari yaxshi rivojlangan va maxanik to‘qimalar ko‘pligi bilan harakterlanadi. Atmosferada suv bug‘ ko‘rinishida bo‘lib, havoning nisbiy namligiga ta’sir ko‘rsatadi. Nisbiy namlik qancha ko‘p bo‘lsa o‘simlik kam suv bug‘latadi.
Sukkulentlar tanasi sersuv, etli poyasi yoki bargida suvni zapas holda to’playdigan ko’p yillik o’simliklardir. Ular ham o’z navbatida poyasi va bargida suv saqlovchiu guruhlarga bo’linadi. Poyasida suv saqlovchilarda burglar yaxshi rivojlanmagan bo’ladi. Bularga kaktus, ba’zi sutlamalar, qorasho’ralar.Bargida suv saqlovchi sukkullentlar poya yaxshi rivojlanmagan bo’ladi. Bularga: agava, aloe, semizak.
Sklerofitlar- qurg’oqchilikk chidamli, ko’p yillik poyasi dag’al, ko’pincha barglari kuchli reduksialangan yoki tikanga, tangachaga aylangan qalin kutikula va yaxshi rivojlangan mehanik to’qimaga ega. Ularga chalov, betaga, saksovul, yantoq, astragallar va boshqalar kiradi. Geliofil oʻsimliklar — quyosh nuri tushadigan joylarda oʻsadigan, soyaga chidamsiz oʻsimliklar. Yo. oʻ.ning barglari nisbatan qalin, barg hujayralari mayda, ustunsimon va gʻovak toʻqimalarga yaxshi ajralgan, ogʻizchalari koʻp, barg toʻrlari yaxshi rivojlangan. Barg hujayralarida xloroplastlari soyada oʻsadigan oʻsimliklarga nisbatan ancha koʻp, fotosintez intensivligi juda yuqori boʻladi. Yo.
oʻ.ga zubturum, akatsiya, gʻoʻza, erta bahorda koʻkarib chiqadigan va dasht oʻsimliklari kiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |