Fermentativ xossasi. Streptokokklar saxarolitik xossaga ega. Ular glukoza, laktoza, mannit (hamma vaqt emas) va maltozani kis-lotagacha parchalaydi. Proteolitik xossasi ularda kam ifodalangan. Ular sutni ivitadi, jelatinani suyultirmaydi.
Toksigenlik xossasi. Streptokokklar qator ekzotoksinlarni hosil qiladi:
streptolizinlar — eritrotsitlarni parchalaydigan toksin (0-strep-rolizin kardiotoksin ta’sir etadi);
leykotsidin — leykotsitlarni parchalovchi bu toksinni yuqori virulentli shtammlar hosil qiladi;
eritrogen (skarlatina) toksini — skarlatinaga tegishli kasallik belgilarini, ya’ni intoksikatsiya, qon tomirlarining reaksiyalari, tosh-malar va boshqa belgilarni namoyon qiladi. Eritrogen toksinning sintezi profag tomonidan determinlanadi;
sitotoksinlar — glomerulonefritni chaqirish xossasiga ega.
Do'stlaringiz bilan baham: |