Kasallik davrlari va oqibatlari Darsning maqsadi



Download 24,82 Kb.
bet1/2
Sana24.06.2022
Hajmi24,82 Kb.
#700834
  1   2
Bog'liq
2 мавзу


Kasallik davrlari va oqibatlari
Darsning maqsadi: Kasallik davrlari va oqibatlarini; o‘lim va uning sabablarini, turlarini, belgilarini o‘rganish.
Darsga kerak bo‘ladigan laboratoriya hayvonlari va jixozlar:
1. Laboratoriya hayvoni: baqalar, kalamush,
2. Reaktivlar: kislotalar, ishqorlar,
3. Jihozlar: po‘kak taxtachalari, ignalar, pipetkalar, shisha tayoqchalar, paxta, ip, pinset, skalpel, fonendoskop, termometr, soat, paxta, operatsiya stoli.

Kasallik - organizmning zararli ta’sirotlarga nisbatan murakkab, ko‘proq moslanuvchan javob reaksiyasi bo‘lib, organizm bilan muhit o‘rtasidagi o‘zaro munosabatning buzilishidan vujudga keladi, hamda hayvonlar mahsuldorligi va iqtisodiy samaradoligining pasayishi bilan ifodalanadi.
Ko‘pgina kasalliklarning kechishida quyidagi to‘rtta davrni farqlash mumkin:
1.Yashirin yoki latent davr. Yuqumli kasalliklarda inkubatsion davr deyiladi. Bu davr kasallik paydo qiluvchi agentning organizmga ta’sir qila boshlagan yoki kirgan paytidan to kasallikning birinchi alomatlari yuzaga chiqishigacha o‘tgan davrdir. Yashirin davr bir necha daqiqa yoki soatdan bir necha oy va yilgacha cho‘zilishi mumkin.
2.Kasallikdan xabar beruvchi (prodromal) davr. Bu davr kasallikning dastlabki belgilari ko‘ringandan boshlanib, ko‘pincha bir necha kasallikga xos umumiy belgilar (ishtahaning pasayishi, isitma, holsizlanish va boshqalar) yuzaga kelishi bilan ifodalanadi.
3.Kasallikning yaqqol yuzaga chiqqan, ya’ni to‘la klinik shakllanish davri. Bu davrda aynan shu kasallikka xos asosiy belgilar yuzaga chiqadi va kasallikka diagnoz - tashxis qo‘yish osonlashadi.
4.Kasallikning yakunlovchi davri yoki oqibati. Bu davr sog‘ayish, tiklanuvchi jarayonlarining yoki, aksincha, buzilish, aynish jarayonlarining batamom ustun kelishi bilan ifodalanadi. Birinchi holda hayvon sog‘ayadi, ikkinchi holda esa o‘lim sodir bo‘ladi.
Remissiya deb, kasallikning muayyan bosqichida hayvon sog‘ligining bir qadar yaxshilanishiga aytiladi.
Retsidiv holat deb, organizm sog‘ayganidan keyin kasallikning qaytadan avj olishi, qaytalanishiga aytiladi.
Sanogenez - organizmning sog‘ayishi.
O‘lim deb, organizm vazifalarining yashashga iloji qolmaydigan darajada butunlay to‘xtashiga va organizmning tashqi muhit talablariga javob bermay, organizm yashovchanligini, moslashuvchanligini yo‘qolishiga aytiladi.
O‘limning sabablari: mexanik, fizik, kimyoviy va biologik ta’sirotlardir. Ana shu ta’sirotlardan nafas va yurak tomirlar sistemasi faoliyatini bashqarib turadigan markazlar shkastlanadi. Yurak urishi va nafas olish to‘xtaydi. Oqibatda, to‘qima va hujayralarga kislorod yetkazib berilmaydi, ularda kechayotgan assimilyasiya va dissimilyasiya jarayonlari butunlay to‘xtaydi. Demak, o‘lim ro‘y beradi.
O‘limning quyidagi turlari farqlanadi:
1.Mahalliy o‘lim: a). fiziologik b). patologik
2.Umumiy o‘lim: a). fiziologik b). patologik
Fiziologik (tabiiy) o‘lim batamom qarish natijasida ro‘y beradi va 2% atrofida bo‘ladi.
Patologik (bevaqt) o‘lim turli kasalliklar hamda fojialar oqibatida ro‘y beradi va 98% atrofida bo‘ladi.
Patologik o‘lim o‘z navbatida quyidagilarga bo‘linadi:
1. Majburiy o‘lim:
a). Qasddan o‘ldirish;
b). Favqulotdagi yoki baxtsiz hodisalar davridagi o‘lim.
2. Majbur etilmagan o‘lim:
a). To‘satdan yoki tezlik bilan o‘lim;
b). Asta-sekinlik bilan o‘lim.
O‘lim jarayoni davomida organizmda bir necha terminal, ya’ni so‘ngi holatlar kechadi. Terminal holatlarga quyidagilar kiradi:
1.Preagonal (talvasa oldi) holatda hayvonning hushi o‘zida bo‘ladi, biroq u ravshan bo‘lmaydi. Ko‘z reflekslari saqlangan, arteriya bosimi pasaygan, puls nimjon, ba’zan sezilmaydigan bo‘ladi. Nafas olish va yurak urishi juda tez va betartib bo‘ladi. Terminal pauza 5 soniyadan 4 daqiqagacha davom etib, nafas olishning to‘satdan vaqtincha to‘xtashi bilan kechadi.
2.Agoniya (kurash, o‘lim talvasasi) vaqtida hayvon hushidan ketadi, ko‘z reflekslari va tashqi ta’sirotlarga javob yo‘qoladi. Yurak urishi sekinlashadi va arteriya qon bosimi keskin pasayib ketadi. Nafas olish uzik-yuliq bo‘ladi. Qaltiroq tutadi. Hayvon ixtiyorsiz harakatlar qiladi, sfinktrlar bo‘shashib siydik, axlat chiqib ketadi. Bunday holat bir necha soatdan 2 - 3 kungacha davom etishi mumkin.
3.Klinik (yuzaki) o‘lim - 5 - 6 daqiqa davom etib, yurak va o‘pka faoliyatining to‘xtashi bilan ifodalanadi. Klinik o‘limdan hayvonni hayotga qaytarish mumkin. Buning uchun yurak va o‘pka faoliyatini boshqaruvchi markazlarning faoliyati qaytadan tiklanishi kerak.
Qayta tiriltirish - reanimasiya deyiladi.
4.Biologik o‘lim, ya’ni haqiqiy o‘lim klinik o‘limdan so‘ng boshlanadi. Bunda dastlab bosh miya yarim sharlar po‘stlog‘ida, so‘ngra boshqa qismlarda va organlarda qaytmas, chuqur morfo - fiziologik buzilishlar ro‘y beradi. Biologik o‘lim sodir bo‘lganidan keyin hayvonni qayta tiriltirish imkoniyati batamom yo‘qoladi.
O‘lgan hayvon tanasi chirib ketguncha o‘lik yoki gavda deyiladi.
Gavdaning tashqi belgilari:
1.Gavdaning sovishi. Gavdada harorat soatiga birinchi kun 10 dan, keyingi kunlar esa 0,20 dan pasayadi. Ba’zi bir kasalliklar (M: qoqshol) oqibatida ro‘y bergan o‘limdan keyin gavdadagi harorat aksincha ko‘tariladi. Bunga organizmda mikrobiologik jarayonlarning avj olishi sabab bo‘ladi.
2.Gavdaning qotishi. Gavda o‘lim sodir bo‘lgandan 8-10 soatdan keyin qota boshlaydi va 24-48 soatgacha davom etadi. Buning asosiy sababi gavda to‘qimalarida kislotalikni oshib ketishidir. Muskullarning qotishi tananing yuqori qismidan boshlanadi.
3.Gavdada dog‘larning paydo bo‘lishi. Gavda dog‘i gemolizlangan qonning to‘qimalarga shimilishidan (imbibisiya tufayli) hosil bo‘ladi. Odatda, bu dog‘lar gavdaning yerga tegib yotgan, ya’ni pastki qismida hosil bo‘ladi.
4.Gavdaning chirishi-o‘lim sodir bo‘lganidan bir necha soat (yuqumli kasalliklarda) yoki bir necha kundan keyin boshlanadi. Chunki gavdaning ochiq qolgan sfinktrlari orqali har xil chirituvchi mikroorganizmlar kiradi va chirish boshlanadi. Qotish qayerdan boshlangan bo‘lsa, o‘sha joyning chirishi tezroq bo‘ladi.
Gavdaning chirishi muhit haroratiga, namligiga, mikroflora va boshqalarga bog‘liqdir.

Download 24,82 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish