Morfologiyasi. Gonokokk ko‘p xossalari bilan meningokokklarga o‘xshaydi. Gonokokklar loviyasimon, botiq tomoni bilan bir-biriga qaragan diðlokokklar (kofe doniga o‘xshash) 1,2—1,3x0,7—0,8 mkm kattalikda. Ular polimorf bo‘lib yirik, mayda va L-shaklli bakte-riyalari ham uchraydi. Gonokokklar harakatsiz, spora hosil qilmaydi. Patologik materialda (yiring) kapsulaga xos moddasi aniqlangan. Grammanfiy bo‘yaladi. Dori va boshqa moddalar ta’sirida Gram-musbat bo‘yala oladi. Patologik materialda leykotsitlar ichida yoki alohida joylashadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |