Toksin hosil qilish. Stafilokokklar ekzotoksin ishlab chiqaradi, ularda to‘rt xil gemolizin kiradi. Shulardan α toksini ko‘proq ahamiyatga ega. U quyidagi xususiyatlarga ega: gemolitik — eritrotsitlarni gemolizga uchratadi, dermonekroz — teri ichiga yuborilganda, nekrozni keltirib chiqaradi, letal — hayvon venasiga yuborilganda uning o‘limiga sabab bo‘ladi.
Stafilokokklar gemolizindan tashqari, leykotsitlarni parchalaydigan leykotsidin toksinini ham ishlab chiqaradi. Ba’zi shtammlarni ente-rotoksin hosil qiladi, u ovqatdan zaharlanishni yuzaga keltiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |