Ishning nomi
|
Bajariladigan ish mazmuni
|
Metod
|
Vaqt
|
1-bosqich. Tashkiliy qism
|
O'quvchilar davomati aniqlanadi. Sinfning darsga tayyorligi tekshiriladi.
|
Savol-javob
|
2 minut
|
2-bosqich. Ehtiyojlarni (refleksiya) aniqlash
|
O'quvchilarning ehtiyojlari aniqlanib, mavzuga oid misol va masala- lar yechiladi.
|
Savol- javob, mustaqil ish
|
2 minut
|
3-bosqich. O'tilgan mavzuni mustahkamlash
|
Uy vazifasini tekshirib baholash.
O'tilgan mavzuni mustahkamlash.
Dam olish daqiqasini o'tkazish.
|
savol-javob test qo'shiq
|
15 minut
|
4-bosqich. Yangi mavzu bayoni
|
1-misolni tushuntirib yechish usuli bilan tanishtirish.
2-masalani tushuntirib, yechish.
3-misol. Geometrik shakllarga doir topshiriqlar.
4-misol. Jadvaldan javobi bir xil bo'lgan misollarni topish.
5-masalani o'g'zaki yechish.
|
tushuntirish, muammoli izlanish
|
17 minut
|
5-bosqich. Yangi mavzuni mustahkamlash
|
Yangi mavzu yuzasidan «Qaysi sonlar tushib qolgan?» o'yinini o'tkazish.
|
o'yin
|
5 minut
|
6-bosqich. Baholash
|
O'quvchining darsda ishtiroki hisobga olinib, reyting bali e'lon qilinadi va dars yakunlanadi.
|
|
2 minut
|
7-bosqich. Uyga vazifa
|
6, 7-misol.
|
tushuntirish
|
2 minut
|
Darsning borishi:
1-, 2-bosqichIar texnologik xarita asosida tashkil etiladi. 3-bosqich. O'tilgan mavzuni mustahkamlash:
Uy vazifasini tekshirish: 5-masala, 6-misol.
O'tilgan mavzuni mustahkamlash maqsadida quyidagi testdan foydalanish.
1) Qaysi sonlar tushib qolgan?
20, 30, 40, 50, 70, 80, 90, 100. a) 20 b) 60 d) 70
2) 60 bilan 40 sonlarining yig'indisini toping, a) 100 b) 90 d) 80
3) 90 bilan 50 sonlarining ayirmasini toping, a) 60 b) 40 d) 30
4) Javobida 70 soni chiqadigan misolni belgilang. a) 57+3 b) 57-32 d) 67+3
1. Jadvaldan javobi bir xil bo‘lgan misollarni toping:
Dam olish daqiqasini o 'tkazish (o 'qituvchi ijodiy yondoshadi). 4-bosqich Yangi mavzu bayoni.
60 + 40
|
90 - 50
|
50 + 46
|
57 - 22
|
70 - 30
|
63 + 23
|
90 - 20
|
42 + 28
|
20 + 15
|
30 + 24
|
76 + 24
|
90 - 36
|
Duradgor 38 ta taxtani randalashi kerak edi. U bir kunda 30 ta taxtani randalagani aniqlandi. Duradgor yana nechta taxtani randalashi kerak?
Randalash kerak – 38 ta
1 kunda – 30 ta Yechish: 38-30=8 ta
Randalash kerak -? ta Javob: 8 ta taxtani randalashi kerak
3-misol bajariladi.
4-misol.
Rasmda tasvirlangan har bir shaklning nomini ayttirish. nechta tomoni borligini topishga o'rgatish.
1 - kvadrat;2-uchburchak; 3 -to'g'ri to'rtburchak; 4-oltiburchak; 5 - beshburchak.
5. Rasm asosida masala tuzing va uni yeching:
Bor edi
|
Sotildi
|
Qoldi
|
48 kg anjir
|
10 kg anjir
|
? kg
|
5-bosqich. Yangi mavzuni mustahkamlash: Mavzuni mustahkamlash maqsadida «Qaysi sonlar tushib qolgan?» o'yinidan foydalanish. Har qaysi tushib qoldirilgan songa nisbatan undan oldin keluvchi va keyin keluvchi sonlarni topish.
Namuna: 49 sonining oldi qo'shnisi 48, orqa qo'shnisi 50 ga teng.
6-bosqich. Baholash.
O'quvchilarning bilimini baholash va darsni yakunlash.
7-bosqich. Uyga vazifa: 6,7-misol. Uni qanday bajarish kerakligi tushuntirib beriladi.
Ko`rildi:_______________________________________O`IBDO`
Sana:________________________4-dars
Mavzu: Qiymati bir xil bo'lgan misollar
|
Mavzuga oid tayanch tushunchalar:narsalar, tovushlar va harakatlarni sanash
Soatlar soni: 1 soat
|
Mavzuning qisqacha mazmuni: O'tilgan mavzu yuzasidan egallangan bilimlarni didaktik o'yin orqali boyitib borish, qiymati bir xil bo`lgan misollarni yechish usullari haqida bilim berish.
|
O’quv jarayonini amalga oshirish texnologiyasi:
Metod:suhbat, tushuntirish,”Savol-javob” metodi,”Rasmli boshqotirma”, “To’g’risini tez top”, “Eng vijdonli o’quvchi”, “O’zingni halol bahola” o’yinlari.
Shakl:jamoa,guruhda ishlash,hamma o’zi uchun.
Jihoz: Darslik, tarqatma materiallar, mavzuga oid rasmlar.
Nazorat: Og'zaki nazorat, savol-javob, kuzatish, o'z-o'zini nazorat qilish.
Baholash: O'quvchilar bilimi 5 ballik reyting tizimida baholanadi.
|
Darsning maqsadi
|
Maqsadlar:
Ta'limiy: a) o'quvchilarning o'tilgan mavzu yuzasidan egallagan bilimlarini didaktik o'yinlar yordamida boyitib borish; b) ayirishning qulay usullarini tanlashga o'rgatish.
Tarbiyaviy: Har bir matematik muammolarni ahillik, birodarlik, hamjihat- lik, hozirjavoblik bilan bajarish fazilatlarini tarbiyalash. Rivojlantiruvchi: Matematik topshiriqlarni bajarish orqali o'quvchilarning mustaqil va mantiqiy fikrlash qobiliyatlarini rivojlantirish.
Tayanch kompetensiyalar:
Axborot bilan ishlash kompetensiya elementi:mavzu doirasida ko’rsatilgan multimedia ilovalariga ongli munosabat bildirish.
Fanga oid kompetensiyalar. O'quvchilar dars yakunida 96-44 ko'rinishidagi misollarni tushuntirib yechish haqida bilimga ega bo'ladilar. Sonlarni xona birliklarining yig'indisi ko'rinishida ifodalashni o'rganib oladilar.
|
Do'stlaringiz bilan baham: |