Mavzu: 1-sinf matematika darslarini kuzatish va tahlil qilish


"Kimniki xuddi shuncha" o'yini



Download 1,81 Mb.
bet6/9
Sana16.01.2020
Hajmi1,81 Mb.
#34602
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
matematika oqitish metodikasi fanidan laboratoriya mashgulotini elektron versiyasi

"Kimniki xuddi shuncha" o'yini.

  • Uyinning maqsadi: sonlar haqidagi bilimlarni mustahkamlash.
  • O'yin uchun jihozlar: Sonli kartochkalar, o'quvchilarga narsalarning rasmi chizilgan kartochkalar beriladi.

O'yinning borishi: O'qituvchi bolalarga sonli kartochkani ko'rsatadi. Kartochkada bolalarga tanish bo'lgan raqamlar ifodalangan bo'lishi lozim. Ya'ni 1,2,3,4,5,6,7,8. kimning kartochkasida xuddi shuncha narsaning rasmi tasvirlangan bo'lsa, o'sha bolalar kartochkalarni ko'rsatadilar. To'g'ri ko'rsatgan o'quvchilar rag'batlantiriladi. Xato qilgan o'quvchiga tushuntiriladi.

  • O'yinning borishi: O'qituvchi bolalarga sonli kartochkani ko'rsatadi. Kartochkada bolalarga tanish bo'lgan raqamlar ifodalangan bo'lishi lozim. Ya'ni 1,2,3,4,5,6,7,8. kimning kartochkasida xuddi shuncha narsaning rasmi tasvirlangan bo'lsa, o'sha bolalar kartochkalarni ko'rsatadilar. To'g'ri ko'rsatgan o'quvchilar rag'batlantiriladi. Xato qilgan o'quvchiga tushuntiriladi.

"Bir sonning o'rniga ikki son" o'yini.

  • O'yinning maqsadi: Sonlarning tarkibini to'rt raqami bilan mustahkamlash.
  • O'yin uchun jihozlar: Raqamli kartochkalar.
  • O'yinning borishi: Hamma o'quvchilarning oldida raqamli kartochkalar bo'ladi, o'qituvchida esa kattaroq raqamli kartochka bo'ladi. O'qituvchi 4 raqamini ko'rsatadi. O'quvchilar esa tarkibi to'rt bo'ladigan:2 va 2, 3 va 1, 1 va 3 raqamlarni ikki qo'llariga ushlab ko'rsatadilar. To'g'ri ko'rsatgan o'quvchilar rag'batlantiriladi.

Mantiqiy o'yin.

  • Bu o'yinlar o'quvchilarning aqliy faoliyatini, ongini o'stirishga, ularning fikrlash qobilyatlarini oshirishga xizmat qiladi. Bola miyasini "mashq" qilishga, tafakkurini teranlashtirishga o'rgatadi. Uning idroki, zehni, fahm-farosati, xotirasi, irodasi, bilim olish ishtiyoqi va ehtiyoji mustahkamlana boshlaydi, ziyrakligi, ixtiyoriy diqqati, topqirligi, tashabbuskorligi oshib boradi. Bola iste'dodi, ijodiy qobiliyati namoyon bo'la boshlaydi. Olgan bilimlarini o'z faoliyatida mehnat va o'yinda sinab ko'rish ehtiyoji paydo bo'ladi.

Mantiqiy o'yinlardan ko'proq mustahkamlash darslarida, matematik kecha va ertaliklarda foydalaniladi.

  • Mantiqiy o'yinlardan ko'proq mustahkamlash darslarida, matematik kecha va ertaliklarda foydalaniladi.
  • Mantiqiy o'yinlarni bolalarning yosh xususiyatlarini hisobga olgan holda beriladi. Mantiqiy o'yinlarga matematik viktorinalar kiradi.
  • Matematik viktorinalar 2 ga bo'linadi:
  • I. Uzoq vaqt davom etadigan viktorina.
  • II. Qisqa vaqt ichida viktorina o'tkazishlar.

Matematik viktorinalar o'tkazish usullaridan ba'zilarini keltiramiz.

  • Matematik viktorinalar o'tkazish usullaridan ba'zilarini keltiramiz.
  • 1. Savollar o'qituvchi tomonidan o'quvchilarga beriladi. Javob berishni istagan o'quvchilar qo'l ko'taradilar.
  • 2. Agar berilgan savolga javobni yozib ko'rsatish imkoniyati bo'lsa, o'qituvchi o'quvchilarga javoblarini daftarlarga yozib, keyin qo'l ko'tarish kerakligini aytadi.
  • 3. O'qituvchi doskaga viktorina uchun tayyorlab kelingan bir necha savol, misol masalalarni yozib, ularni yechish vaqti va balini belgilaydi.
  • 4. O'qituvchi uyida savol, misol va masalalarning viktorinaga qadar nomer qo'yilgan kartochkalarga yozib keladi, bu kartochkalarda har qaysi misol-masalalarning bali ko'rsatiladi.

5. Matematik viktorina uchun maktab zalida maxsus doska ajratilib, unga har kuni 2-5 tadan savol va masalalar yozilib, ularga javob berish vaqti ko'rsatiladi.

  • 5. Matematik viktorina uchun maktab zalida maxsus doska ajratilib, unga har kuni 2-5 tadan savol va masalalar yozilib, ularga javob berish vaqti ko'rsatiladi.
  • 6. Matematik viktorinada belgilangan savol, misol masalalarning hammasini, ballari ko'rsatilib bir varaqqa yoziladi.
  • 7. Devoriy gazeta orqali ham viktorinalar o'tkazish mumkin.
  • 8. Maktab radio uzeli orqali o'tkaziladigan viktorinalarda tanlangan savol, misol, masalalarni,
  • viktorina shartlarini radio orqali e'lon qilinadi.
  • 9. Matematik lotereya.
  • 10. Matematik ruletka.

Arifmetikaga doir og'zaki (yarim og'zaki) viktorinalar o'tkazish uchun savol va masalalardan namunalar.

  • Arifmetikaga doir og'zaki (yarim og'zaki) viktorinalar o'tkazish uchun savol va masalalardan namunalar.
  • 1. Yuzni yarimga bo'lsak, natija necha bo'ladi.
  • 2. Agar nechasi soat 12 da yomg'ir yoqqan yomg'irning jami yoki yarmi qancha bo'ladi?
  • 3. Men bir son o'yladim, uning yarmiga choragini qo'shsak, 18 hosil bo'ladi. Men qanday son uylabman?

Matematik o'yinlar.

  • Matematik o'yinlarni darslarning dam olish daqiqasida, matematik kechalarda o'tkaziladi.
  • Matematik o'yinlar o'quvchilarni va tamoshabinlarning diqqatini jalb qiladigan, matematik mazmunga ega bo'lgan, qiziqarli, shartlari unga murakkab bo'lmagan ijro qilganda hammaga ko'rinib turadigan bo'lishi kerak.
  • Matematik o'yinlardan ba'zilarini keltiramiz:

“Xo'p" o'yini.

  • A) sahnaga 2 ni undan ortiq o'quvchi chiqadi. Ular tartib bilan 1,2,3, va hakozo natural sonlarni sanay boshlaydilar. Sanash natijasida 3 yoki 7 ga bo'linadigan sonlar o'rniga "xo'p" so'zini aytishlari kerak. Kim shu shartni buzsa, o'yindan chiqariladi. Oxirida qolgan o'quvchi yutgan hisoblanadi.

B) sanash vaqtida 3 ga va 5 ga bo'linadigan sonlarning o'rniga "xo'p" aytiladi.

  • B) sanash vaqtida 3 ga va 5 ga bo'linadigan sonlarning o'rniga "xo'p" aytiladi.
  • V) 4 ga va 5 ga;
  • G) 5 ga va 7 ga;
  • B) 3ga: xo’p, 2, xo’p;
  • 5ga: xo’p, 2, 3, 4, xo’p;
  • V) 4ga: xo’p,xo’p,3, xo’p;

2. "Qalpoq" o'yini.

  • Bu o'yini o'tkazish uchun oldin qo'g'ozdan uchta qora va ikkita oq qalpoq yasaladi. Zaldan uch bola chiqarilib, ularning ko'zi bog'lanadi va beshta qalpoqdan (3 ta qora va 2 ta oq) uchtasi kiygiziladi. Kim o'z boshidagi qalpoqning rangini oldin bilsa, o'sha yutgan bo'ladi. Bunda birsafar ikkita qora, bitta oq, ikkincha safar uchta qora qolpoqlarini kiygizib, o'yinni bir necha marta takrorlash mumkin. Har safar g'olibni qoldirib, uning yoniga boshqa ikki bolani chaqirish kerak.

Download 1,81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish