Мавзу : Ўзбекистон – америка муносабатларининг ҳозирги ҳолати


O’zbekiston-AQSH munosabatlarini tartibga soluvchi me’yoriy – huquqiy asoslarining tavsifi



Download 113,61 Kb.
bet14/20
Sana16.07.2021
Hajmi113,61 Kb.
#120726
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   20
Bog'liq
ozbekiston va aqsh munosabatlari

1.2. O’zbekiston-AQSH munosabatlarini tartibga soluvchi me’yoriy – huquqiy asoslarining tavsifi

O’zbekiston Respublikasi bilan Amerika Qo’shma Shtatlari o’rtasida savdo– iqtisodiy hamkorlik.

O’zbekiston o’z mustaqilligini qo’lga kiritgandan so’ng, jahon hamjamiyatining to’la huquqli a’zosi sifatida dunyoning yetakchi davlatlari bilan hamkorlik munosabatlarini o’rnata boshladi. Mustaqillikning dastlabki yillaridanoq dunyodagi 120 dan ortiq mamlakat bilan rasmiy diplomatik munosabatlar o’rnatilgan. Xususan, 1991 yilning 25 dekabrida AQSH O’zbekiston mustaqilligini rasman tan olgan bo’lsa, 1992 yil 19 fevralda Toshkentda O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov va AQSH davlat kotibi J.Beykerning uchrashuvlari mobaynida ikki davlat o’rtasida diplomatik munosabatlarni o’rnatish bo’yicha memorandum qabul qilindi. Hozirgi kunga qadar 60 dan ortiq hukumatlararo va idoralararo kelishuvlar asosida shartnomaviy-huquqiy zamin

yaratilgan1.

Jumladan, ikki davlat o’rtasidagi munosabatlarni huquqiy asoslari bo’lmish ikkitomonlama va ko’ptomonlama shartnomalar quyidagi yo’nalishlarga ega.

O’zbekiston Respublikasi bilan AQSH o’rtasida savdo-iqtisodiy munosabatlarning shartnomaviy-huquqiy bazasiga 1992 yil oktyabrida “O’zbekiston Respublikasi Hukumati bilan AQSH Hukumati o’rtasida sarmoya qo’yishga ko’maklashish to’g’risida Bitim” imzolangan davrda asos solinib, mazkur bitim Amerika kompaniyalariga O’zbekistonda kapital qo’yilmalarni amalga oshirishda Xorijda xususiy investitsiyalar korporatsiyasi tomonidan kafolatni ta’minlashga yo’naltirilgan edi2.

Shu bilan bir qatorda, 1993 yilning mart oyida ikki davlat hukumatlari o’rtasida bir qator shartnomalar imzolanib, ular orasida harbiy – siyosiy hamkorlik bo’yicha quyidagi shartnoma, deklaratsiya va memorandumlarni ko’rsatib o’tish mumkin:

O’zbekiston - AQSH hukumatlari o’rtasida “O’zaro tushunish haqida” Memorandum imzolanib, mazkur davlatlar o’rtasidagi diplomatik munosabatlarda diplomatlar va ekspertlar uchun viza tartibini osonlashtirishni ko’zda tutgan va hozirgi kunda ham amal qilmoqda;

“Yordam ko’rsatish sohasida hamkorlik bo’yicha” davlatlararo Bitim O’zbekiston hududida AQSHda tuzilgan va moliyalashtiriladigan nodavlat va notijorat tashkilotlarning faoliyatini huquqiy asosi hisoblanadi va hozirda ham amalda tadbiq qilinmoqda;

Shu bilan birga, ikki davlat o’rtasida mudofaa va xavfsizlik sohasidagi munosabatlarni rasmiy tasdiqlovchi O’zbekiston va AQSH mudofaa vazirliklari o’rtasida xavfsizlik sohasida hamkorlik haqidagi Memorandum .



O’zbekiston-Amerika munosabatlarida xavfsizlik masalalari, birinchi navbatda, mintaqada barqarorlikni saqlash va Ommaviy Qirg’in Qurollari va biologik qurollarning tarqalishining oldini olish masalalari muhim ahamiyat kasb eta boshladi. Bunga misol tariqasida 1995 yil 13 oktyabrda O’zbekiston Mudofaa vazirligi va AQSH Mudofaa vazirligi o’rtasida “Mudofaa hamda harbiy sohadagi o’zaro munosabatlar masalalari bo’yicha bitim va hamkorlik to’g’risida” imzolangan Memorandum bu ikki davlatning mudofaa sohasidagi hamkorligining asosiy huquqiy asosiga aylandi. Ushbu shartnoma, birinchi navbatda, O’zbekiston Qurolli kuchlarini modernizatsiya qilish va o’zbekistonlik harbiy kadrlarni tayyorlash masalalarini ko’zda tutgan. Shu bilan bir qatorda, aynan ushbu memorandum asosida O’zbekiston NATO qoshida tuzilgan “Tinchlik yo’lida hamkorlik” dasturida ishtirokini boshlagan. O’zbek-amerika munosabatlarini ikki tomonlama institutsional asosda va kelgusida o’zaro aloqalarni chuqurlashtirish, shuningdek, O’zbekiston-AQSH hamkorligi dasturini turli sohalarda amalga oshirish va muvofiqlashtirish maqsadida 1997 yil 8 sentyabrda “O’zbekistonAQSH” siyosiy, iqtisodiy va texnologik hamkorlik bo’yicha qo’shma komissiya tuzildi.

  1. yildan boshlab, O’zbekiston va AQSH o’rtasidagi munosabatlarda yangi bosqich boshlanishi bilan bir qatorda, o’zaro munosabatlarni muvofiqlashtirib boruvchi bir qator huquqiy hujjatlar imzolandi. Ular orasida, 2001 yil 7 oktyabrda ikki davlat o’rtasida imzolangan “Harbiy kuchlar statusi to’g’risidagi” shartnomasi (Status of Forces Agreement (SOFA)) o’zining bir qator hususiyatlari bilan ajralib turadi.

O’zbekiston va AQSH xukumatlari o’rtasida 2001 yil oktyabrda xalqaro terrorchilikka qarshi kurash masalalari bo’yicha qo’shma bayonotning imzolanishi va o’sha yili noyabr oyida «O’zbekiston Respublikasi va Amerika xukumatlari o’rtasida ikki tomonlama hamkorlikni yanada rivojlantirish va O’zbekistondagi iqtisodiy islohotlarni qo’llab-quvvatlash borasida o’zaro tushunish haqida» Memorandumning qabul qilinishi ikki mamlakat o’rtasidagi aloqalarning yangi bosqichi bo’ldi. Imzolangan ushbu ikki hujjat esa O’zbekiston va AQSH o’rtasida strategik hamkorlik munosabatlarining yo’lga qo’yilishiga asos bo’ldi.

  1. yil mart oyida O’zbekiston va AQSH o’rtasida “Strategik sheriklik va hamkorlik asoslari to’g’risida” (“Declaration on t’e Strategic Partnership and Cooperation Framework”)gi Deklaratsiya O’zbekiston Respublikasi Prezidentining

AQSHga tashrifi doirasida O’zbekiston tashqi ishlar vaziri A.Komilov va AQSH Davlat Kotibi K.Pauell tomonidan imzolandi. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov “Strategik sheriklik” xususida: “bu – ikkala mamlakat o’rtasidagi aloqalarni mutlaqo yangi bosqichga ko’tarish, strategik ahamiyatga molik bo’lgan aloqalarni yo’lga qo’yish, demakdir”1 deb fikr bildirgan. Hozirgi kunda davlatlarimiz hamkorligi ushbu deklaratsiya qoidalariga muvofiq konstruktiv hamkorlik va manfaatlarni o’zaro hurmat qilish tamoyillari asosida izchil taraqqiy etmoqda. Bu shartnomada quyidagilar ko’rsatilgan edi:

Siyosiy sohada hamkorlik (shu jumladan, kelajakda O’zbekistonda

demokratiyaning rivojlantirilishi masalalari);

Havfsizlikni ta’minlash bo’yicha hamkorlik (asosiy e’tibor O’zbekistonga tashqaridan bo’ladigan har qanday tahdidning AQSH tomonidan cheklanishiga qaratilgan);

Iqtisodiy sohada hamkorlik (asosiy e’tibor O’zbekistonning iqtisodiy tuzilmasida islohotlar o’tkazish);

Gumanitar sohada hamkorlik (ikki davlat o’rtasida ta’lim, sog’liqni saqlash va atrof-muhitni himoya qilish sohalarida hamkorlik);

Qonunchilik islohotlari bo’yicha hamkorlik (qonuniy xokimiyat tizimini

shakllantirish)1;

Mazkur shartnoma ikkitomonlama munosabatlarning siyosiy – huquqiy asosini belgilab bermoqda. Ushbu shartnoma hozirgi kunda, ham rasman ikkitomonlama munosabatlar uchun asosiy huquqiy hujjat hisoblanadi. Ushbu siyosiy hujjat yuzasidan O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov quyidagilarni ta’kidlab o’tgan: «Bu hujjat nafaqat ikki davlat orasidagi aloqalarni belgilaydi, balki xalqaro jamoatchilikning, boshqa taraqqiy topgan davlatlarning

O’zbekistonga e’tiborini yanada oshiradi, kerak bo’lsa, ularning ko’z o’ngida mamlakatimiz obro’si oshib borayotganini tan olishga zamin yaratadi»2. Ta’kidlash joizki, 2005 - 2006 yillarda ikki davlat o’rtasidagi munosabatlarda kuzatilgan salbiy holatlar sharoitida ham mazkur hujjat denonsatsiya qilinmadi.

O’zbekiston va AQSH o’rtasidagi munosabatlarda savdo – iqtisodiy masalalar bo’yicha bir qator shartnomalar imzolanib kelinmoqda. Bu o’z navbatida, ikki davlat o’rtasidagi munosabatlarda o’zaro savdo – iqtisodiy manfaatlarning ortib borayotganligidan dalolat bermoqda.

Jumladan, ikki tomonlama savdo–iqtisodiy munosabatlarning 1992–1994 yillari asosan aloqalarni shakllantirish davri bo’ldi. Shu jumladan, 1993 yilda imzolangan “Sarmoyalarni o’zaro himoya qilish va rag’batlantirish haqida” ikki tomonlama Bitim, 1993 yil 5 noyabrda tomonlarning bir-biriga savdoda eng qulay rejimini taqdim qilishni ko’zda tutuvchi “O’zbekiston Respublikasi bilan AQSH o’rtasidagi savdo munosabatlari to’g’risida” Hukumatlararo Bitim imzolandi. 1994 yil avgustda AQSH Kongressi tomonidan O’zbekistonga Preferentsiyalar bosh tizimi (GSP) bo’yicha benefitsiant maqomi berildi. Intellektual mulk xalqaro alьyansi tashabbusi bilan respublikaga GSP ni taqdim qilishni bekor qilish bo’yicha ishni ko’rish doirasida 2003 yilning oxirida AQSH savdo vakili ofisi bilan birgalikda O’zbekistonda intelektual mulk huquqini himoya qilish tartibini takomillashtirishning chora tadbirlar rejasi ishlab chiqildi va ijroga qabul qilindi.

Shuningdek, 1998 yil fevralda “O’zbekiston - AQSH” Qo’shma komissiyasining birinchi majlisi o’tkazilishi doirasida “Xavo transporti to’g’risida bitim” va “O’zbekiston Respublikasi Hukumati va Amerikaning ta’lim va tillarni o’rganish sohasida hamkorlik to’g’risida bitim” imzolandi. 1994 yilda O’zbekiston tomoni tarafidan “Ikkiyoqlama soliqqa tortishni oldini olish to’g’risida bitim”ni tuzish bo’yicha choralar amalga oshirildi. Biroq Amerika tomoni xar xil sabablarni (1994 yilda NAFTA Shartnomasini kuchga kirganini, O’zbekiston soliq qonunchiligini takomillashmaganligi va b.) keltirib mazkur masalani ko’rib chiqishni ortga surgan.

Yuqorida ta’kidlab o’tilgan shartnomalardan tashqari, 1994 yil 14 yanvarida ikki davlat hukumatlari o’rtasida imzolangan “Ikkitomonlama savdo shartnomasi” O’zbekiston tovar va xizmatlarini AQSHga eksport qilish uchun huquqiy asos bo’ldi. Ushbu qarorning davomi sifatida 1994 yil 17 avgustida AQSH Kongressining qabul qilgan “Prefenretsiyalashtirilgan mahsulotlarning umumlashtirilgan tizimi” qarori natijasida, O’zbekistondan AQSHga eksport qilinayotgan bir qator tovarlarga bojxona imtiyozlarini belgiladi.

O’z navbatida, 1994 yil 16 dekabrda O’zbekiston va AQSH o’rtasida imzolangan “Investitsiyalarni o’zaro rag’batlantirish va o’zaro himoyalash to’g’risida” ikki tomonlama Hukumatlararo bitim imzolanib, AQSH Kongressi tomonidan 2000 yil oktyabrda ratifikatsiya qilingan bo’lsada, AQSH Davlat departamenti tomonidan xozirgi kungacha bu xaqda rasmiy bildirish yuborilmaganligi uchun bitim hozirgi kunga qadar yuridik kuchga kirmagan. Mazkur bitimning shartlariga ko’ra u ratifikatsiya qilinganligi xaqida rasmiy bildirish olinganidan keyin kuchga kiradi. Shu bilan bir qatorda, ikki davlat savdo

– iqtisodiy munosabatlarini yuqorida nomlari ko’rsatilgan shartnomalardan tashqari, quyidagi shartnomalar ham tartibga solib boradi:

Sarmoyalarni o’zaro himoya qilish va rag’batlantirish haqida ikki tomonlama Bitim.

O’zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, savdo va investitsiyalar vazirligi va AQSH Savdo va rivojlanish agentligi o’rtasidagi o’zaro tushunish haqida Memorandum.

2001 yil 30 noyabrda imzolangan “Ikkitomonlama hamkorlikni rivojlantirish va O’zbekistonda iqtisodiy islohotlarni qo’llab-quvvatlash to’g’risida”gi Memorandum O’zbekistonda milliy valyutani erkin konvertatsiya qilish va shu asosda O’zbekistonga kiritiladigan investitsion dasturlarning AQSH tomonidan moliyalashtirilishini kafolatlaydi. Shuningdek, 2004 yil 1 iyunda AQSH va 5 ta Markaziy Osiyo davlatlari bilan “AQSH va Markaziy Osiyo davlatlari o’rtasida savdo va investitsiyalarga ko’maklashish to’g’risida” ko’ptomonlama hadli bitim imzolandi.

2010 yil 11 yanvarda O’zbekiston Respublikasi va AQSH o’rtasidagi hamkorlikni mustahkamlash bo’yicha faoliyat rejasining tasdiqlangani ikki tomonlama munosabatlarning rivojlanishidagi muhim sabablardan biri sifatida ko’rsatib o’tish mumkin. Mazkur faoliyat rejasi 5ta asosiy yo’nalish bo’yicha: siyosiy sohada, xavfsizlik sohasida, iqtisodiyot va rivojlanish sohasida, gumanitar sohada hamda Afg’onistonda tinchlik va barqarorlikni ta’minlash sohasida hamkorlikni rivojlanishi ko’rilmoqda1. AQSH Davlat kotibi X.Klintonning 2010 yil dekabrdagi O’zbekistonga tashrifi chog’ida ikki davlat o’rtasidagi munosabatlarni mustahkamlanishiga imkon beruvchi ikki mamlakat hukumatlari o’rtasida “Ilmiy-texnikaviy hamkorlik to’g’risida”gi Bitim imzolandi2. 2011 yil davlat kotibining okeanlar, atrof-muhit va ilm-fan masalalari bo’yicha yordamchisi K. Jons, AQSHning ilm-fan masalalari bo’yicha vakili A. Gast mazkur bitim doirasida amalga oshiriladigan aniq loyihalarni muhokama qilish uchun

O’zbekistonga keldilar.

Ikki davlat o’rtasidagi munosabatlarda 2011 yil sentyabrda AQSH tomonidan O’zbekistonga yordam ko’rsatish bo’yicha 7 yillik cheklovlardan keyin olib tashlandi. Biroq AQSH Kongressi tomonidan ishlab chiqilgan Jekson – Venik1 tuzatishi hozirgi kunda ham O’zbekistonga nisbatan amal qilmoqda. Mazkur cheklov xollari O’zbekistonga siyosiy va iqtisodiy bosim o’tkazishni nazarda tutgan bo’lib, ikkitomonlama munosabatlarga salbiy ta’sir qilmoqda.

Ta’kidlash joizki, O’zbekiston va AQSH o’rtasidagi hamkorlikning asosiy yo’nalishlaridan biri bo’lgan, Afg’onistonda tinchlik va barqarorlikni ta’minlash va AQSH o’z qo’shinlarini Afg’onistondan olib chiqishida O’zbekiston hududi orqali olib o’tilishini belgilab beruvchi O’zbekiston Respublikasi Senati o’zbek-amerika hukumati o’rtasidagi Afg’onistonni qayta tiklash va xavfsizlikni ta’minlash sohasidagi hamkorligi doirasida O’zbekiston hududi orqali AQSHning yuklari va xodimlarining havo tranziti to’g’risida kelishuv ratifikatsiya qilindi. O’zbekiston Respublikasi Senati tomonidan Toshkent va Vashington o’rtasida “O’zbekiston hududi orqali AQSHning Afg’onistondagi antiterror koalitsiya kuchlari xodimlari va yuklari uchun havo tranziti to’g’risida”gi shartnoma ratifikatsiya qilindi.

Mazkur kelishuv 2012 yil 28 martda Toshkentda imzolangan bo’lib, 2012 yil 21 iyunь oyida Qonunchilik palatasida kelishuvni ratifikatsiya qilish qonuni qabul qilingan2. Kelishuv ikkitomonlama hukumatlararo BMT Xavfsizlik Kengashining 2001 yil 20 dekabrdagi 1386 Rezolyutsiyasiga muvofiq tuzilgan xalqaro shartnoma hisoblanadi. Mazkur Rezolyutsiya Afg’oniston Islom Respublikasi bilan qo’shni davlatlarni Afg’onistondagi AQSH Xalqaro xavfsizlikka ko’maklashish kuchlariga zarur yordam ko’rsatishga chaqiradi. Kelishuv 22 modda va preambuladan tashkil topgan. Mazkur xujjat AQSH Hukumatining O’zbekiston havo hududi orqali

Afg’onistonni barqarorlashtirish, qayta tiklash va xavfsizligini ta’minlashga yordam berish maqsadida xodimlar va yuklarni tranzitini amalga oshirish tartibini belgilab beradi. Kelishuv 1 yil muddatga tuzilgan bo’lib, shu muddat davomida o’z kuchida bo’ladi hamda keyingi bir yil muddatga kelishuv shartlari buzilmagan vaziyatda to’g’ridan-to’g’ri uzaytiriladi. Har bir Tomon xohlagan vaqtda va 30 kundan kam bo’lmagan vaqt oralig’ida ikkinchi Tomonga oldindan o’zining amaldagi Kelishuvni tugatish maqsadi haqidagi yozma bildirish xatini diplomatik aloqalar bilan taqdim etib, amaldagi Kelishuvni tugatishi mumkin1.

Kelishuvga muvofiq, yuklar tranziti shartnomada belgilangan xollar, tahlikali vaziyatlar hamda fors-major xolatlaridan tashqari qo’nimsiz asosda amalga oshiriladi. Bundan tashqari, tranzit faqat O’zbekiston ruxsati bilan amalga oshiriladi. Shuningdek, AQSH yuklarining tranziti O’zbekistonning milliy xavfsizligiga xavf solsa, Toshkent yuklar tranzitini rad etish huquqiga ega. Kelishuvda AQSHning O’zbekiston ichki siyosatiga aralashmasligi kerakligini ifodalaydi2.

Umuman olganda, davlatlararo munosabatlarning siyosiy – huquqiy tavsifiga xulosa qiladigan bo’lsak, mavjud xalqaro hujjatlar, shu jumladan, shartnomalar, deklaratsiyalar va memorandumlar ikki davlat o’rtasidagi munosabatlarni muvofiqlashtirib turadi. Bu esa o’z navbatida, ikki davlat o’rtasidagi hamkorlikni o’zaro ishonch va manfaat asosida amalga oshirish imkonini yaratadi. O’zbekiston - AQSH o’rtasida imzolangan kelishuv va shartnomalar ikki davlat hamkorligini rivojlanishiga va o’zaro manfaatli aloqalarning mustahkamlanishiga hamda O’zbekiston Respublikasining tashqi siyosatida belgilangan tartibda ikki davlat munosabatlarini amalga oshirilishini ta’minlashga xizmat qilmoqda.


Download 113,61 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish