Мавзу : Ўзбекистон – америка муносабатларининг ҳозирги ҳолати


II BOB. HOZIRGI KUNDA O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI VA



Download 113,61 Kb.
bet15/20
Sana16.07.2021
Hajmi113,61 Kb.
#120726
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20
Bog'liq
ozbekiston va aqsh munosabatlari

II BOB. HOZIRGI KUNDA O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI VA

AMERIKA QO’SHMA SHTATLARI O’RTASIDAGI

MUNOSABATLARNING O’ZIGA XOS XUSUSIYATLARI

2.1. O’zbekiston – AQSH hamkorligining ustuvor yo’nalishlari

AQSH bilan iqtisodiy sohadagi hamkorlik O’zbekiston iqtisodiyoti taraqqiyotida muhim ahamiyat kasb etib, respublikamizda Amerika kapitali asosida faoliyat yuritayotgan qo’shma korxonalar soni yildan-yilga ortib bormoqda.

Shu o’rinda, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov o’zining “O’zbekiston XXI asr bo’sag’asida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari” asarida: “Dunyoning yetakchi davlati bo’lgan, juda katta siyosiy, iqtisodiy, harbiy-texnikaviy, intellektual salohiyatga ega bo’lgan AQSH bilan ko’p tomonlama munosabatlarni rivojlantirish va chuqurlashtirish hozir biz uchun ustuvor ahamiyat kasb etmoqda. Biz Amerika kompaniyalari va firmalari bilan qo’shma investitsiya loyihalarini amalga oshirishga, ular bilan uzoq muddatli, o’zaro foydali sherikchilik munosabatlarini o’rnatishga, Amerika kapitalining bizning bozorimizdagi ishtiroki kengayishiga katta ahamiyat beramiz”,1- deb ta’kidlagan.

Jumladan, savdo-iqtisodiy aloqalarning me’yoriy-huquqiy asosi 1992 yilda

O’zbekiston Respublikasi va AQSH hukumatlari o’rtasidagi sarmoyalarni qo’llabquvvatlash to’g’risidagi Bitim hamda 1993 yili tomonlarning savdoda bir-biriga qulay tizim qo’llashini nazarda tutuvchi O’zbekiston Respublikasi bilan AQSH o’rtasida savdo munosabatlari to’g’risida Bitimning imzolanishi orqali yaratilgan. Ikki davlat o’rtasida o’zaro hamkorlikni rivojlanishiga iqtisodiyot, savdo, investitsiya, havo transporti, ta’lim sohalarida imzolangan kelishuvlar muhim me’yoriy-huquqiy asos bo’lib xizmat qilmoqda. 2004 yil 1 iyunda AQSH va 5 ta Markaziy Osiyo davlatlari bilan “AQSH va Markaziy Osiyo davlatlari o’rtasida savdo va investitsiyalarga ko’maklashish to’g’risida” ko’p tomonlama xadli bitim imzolandi1.

Hozirgi kunda, AQSH sarmoyasi ishtirokida tashkil etilgan korxonalar va AQSH kompaniyalarining akkreditatsiyadan o’tgan vakolatxonalari Statistika bo’yicha Davlat Qo’mitasi ma’lumotlar bazasiga ko’ra, O’zbekiston Respublikasida AQSH investorlari ishtirokida 242 ta korxona ro’yxatga olingan bo’lib, ulardan 61 tasi 100 foiz xorijiy sarmoya asosida tashkil etgan. Mazkur korxonalar o’z faoliyatini avtomobilsozlik, neftь-kimyo, yengil sanoat, oziq-ovqat, mashinasozlik, qurilish materiallarini ishlab chiqarish, turizm, savdo va xizmatlar kabi sohalarda amalga oshiradilar2. O’zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligida Amerika kompaniyalarining 57 ta vakolatxonasi akkreditatsiyadan o’tgan.

AQSH Davlat kotibining Janubiy va Markaziy Osiyo masalalari bo’yicha o’rinbosari R.Bleyk AQSHning O’zbekiston bilan aloqalarini yuqori baholab, O’zbekistonning tabiiy zaxiralarga boyligini, global iqtisodiy inqiroz sharoitida ham makroiqtisodiy barqarorlik, iqtisodiy o’sishning yuqori ko’rsatkichlari saqlanib qolganligini e’tirof etdi. AQSH kelgusida O’zbekiston bilan ta’lim sohasidagi hamkorlikni rivojlantirish tarafdori ekanligini, O’zbekiston Afg’onistonning ijtimoiy-iqtisodiy qayta tiklanishida, mamlakatga insonparvarlik yordami ko’rsatib, elektr energiya, oziq-ovqat maxsulotlari, qurilish materiallari bilan ta’minlash hamda transport kommmunikatsiyasi qurilishiga ko’maklashishda faol ishtirok etayotganini ta’kidladi.

– O’zbekiston Markaziy Osiyo mamlakatlari orasida yetakchi davlat hisoblanadi, – deydi Amerika-O’zbek savdo palatasi raisi, “W’ite and Case LLP” yuridik kompaniyasi asosiy ta’sischisi Kerolin Lemm hamda Prezident Islom Karimov tashabbusi bilan davlat iqtisodiyotida amalga oshirilayotgan izchil va keng ko’lamli islohotlar samarasida moliyaviy inqiroz sharoitida yalpi ichki mahsulot ko’rsatkichlarini yuqori darajada saqlab qolishga erishildi. O’zbekistonda xorijiy sarmoyani jalb etish bo’yicha juda samarali mexanizm shakllantirilganini ta’kidladi.

O’zbekiston AQSH bilan savdo, iqtisodiy hamda sarmoyaviy hamkorlik sohalarida katta yutuqlarga erishmoqda. AQSH O’zbekistonning eng muhim hamkorlaridan biriga aylanib bormoqda.

Amerika kompaniyalari tog’-kon qazish va neftь-yoqilg’i majmuasi, qishloq xo’jaligining texnologik bazasini, oziq-ovqat ishlab chiqarish sanoati va transport infrastrukturasini rivojlantirish kabi ko’plab ustuvor sarmoya loyihalarining amalga tadbiq etilishida ishtirok etmoqdalar.

Mavjud ma’lumotlar tahlili O’zbekiston Respublikasi va AQSH o’rtasidagi savdo aylanmasi ortib borayotganligidan dalolat bermoqda.

Xususan, 2010 yil natijalariga ko’ra ikki tomonlama tashqi savdo aylanmasi

181,7 mln. AQSH doll.ni tashkil etib, bunda eksport 51,3 mln. doll.ni, import 130,4 doll.ni tashkil etgan. 2011 yilda ikki tomonlama savdo aylanmasining 2010 yil holatiga 36,2% ga o’sishi kuzatilib, uning hajmi 249,9 mln. doll.ga yetgan. Eksport hajmi 40,7% ga oshib, 72,3 mln. doll.ni, import miqdori 34,4% ga ortib,

177,6 mln doll. tashkil qilgan. Bu ko’rsatkich 2012 yilning I yarim yilligi davomida 127 mln, 2012 yilning 10 oyi xolatiga 294,6 mln dollarni tashkil etgan.

SHundan, amerika tovarlarining O’zbekistonga importi 2012 yilning 10 oyi mobaynida 271,0 mln doll., O’zbekistonning AQSHga eksporti 23,6 mln. dollarni tashkil etgan. O’zbekiston tomonidan asosan xizmatlar, noorganik kimyoviy mahsulotlar, dastgohlar va jihozlar eksport qilingan bo’lsa, AQSHdan import mahsulotlari tarkibi asosan mashina va jihozlar, kimyoviy mahsulotlar, plastik, xizmatlarni o’z ichiga olgan. Eksport tarkibini noorganik kimyo mahsulotlari (56,1%), xizmatlar (39,3%), import esa xizmatlar (26,1%), mexanik uskunalar (18,0%), farmatsevtika mahsulotlari (16,0%), transport vositalari (12,4%), optik apparatlar (7,5%), elektr (4,6%), kauchuk va rezina jihozolar (2,4%) tashkil etmoqda.

Ikki davlat o’rtasidagi tovar aylanmasi AQSHning O’zbekistonga eksporti hisobiga ortib borayotganligini quyidagi jadvalda ko’rishimiz mumkin.



2012 y/Oylar

AQSHning O’zbekistonga eksporti xajmi

AQSHning

O’zbekistondan importi xajmi



Balans

Yanvarь

2.8

0.7

2.1

Fevralь

159.9

0.7

159.1

Mart

12.7

0.3

12.4

Aprelь

28.3

0.3

28.0

May

9.3

0.5

8.8

Iyunь

10.7

0.7

10.0

Iyulь

28.3

0.2

28.0

Avgust

13.0

0.4

12.6

Sentyabrь

2.8

19.3

-16.5

Oktyabrь

3.1

0.3

2.8

Jami

271.0

23.6

247.4

Ikki davlat o’rtasidagi iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirishga tomonlarning manfaatdorligiga qaramasdan, iqtisodiy sohadagi hamkorlik asosan, O’zbekistonning AQSH yuqori texnologik mahsulotlar va jihozlarni harid qilishi va AQSHga uran eksporti hamda Amerika tomonidan O’zbekistondagi loyihalarni moliyalashtirish hisobiga ortib bormoqda.

O’z navbatida, 2011 yilda O’zbekistonning AQSHdan import qiladigan tovarlari tarkibida yuqori texnologik mahsulotlar va jihozlar 122 mln dollar

(importning 70%) bo’lsa, 2012 yilning 8 oyi davomida mazkur ko’rsatkich 122 mln dollarni tashkil etgan.

Shuningdek, so’nggi vaqtlarda AQSH tomonidan O’zbekiston Respublikasi bilan iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirishga e’tibor qaratilishiga qaramasdan, mamlakat iqtisodiyotiga Amerika sarmoyasini kiritilish xajmi kamayishi kuzatilmoqda.

O’zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiya va savdo vazirligi (TIAISV) ma’lumotlariga ko’ra, mamlakat iqtisodiyotiga kiritilgan investitsiya xajmi 2010 yilda 59,1 mln doll., 2011 yilda 6,7 mln dollarni tashkil etgan bo’lsa, 2012 yilning 9 oyi mobaynida 0,3 mln dollarni (O’zbekistonga kiritilgan xorijiy investitsiyaning umumiy xajmi 2,5 mlrd dollar) tashkil etgan.

2012 yil 17 avgustda o’tkazilgan o’zbek-amerika biznes-forumi natijalariga ko’ra, O’zbekiston va AQSH o’rtasida mashinasozlik, metalni qayta ishlash, energetika, neft-gaz qazib olish, neft-gaz kimyo, elektrotexnika va tog’-kon sanoati, farmatsevtika, oziq-ovqat sanoati sohalariga umumiy miqdori 2,8 mlrd dollar bo’lgan 21 ta loyihani amalga oshirish bo’yicha kelishuvga erishilgan.

Shuningdek, joriy yilning 11-13 mart kunlari Tashqi ishlar vaziri A.Komilov boshchiligidagi O’zbekiston delegatsiya AQSHga tashrifi doirasida O’zbekiston va AQSH o’rtasidagi savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy hamkorlik, yuqori texnologik qo’shma loyihalarni amalga oshirish masalalari muhokama etilgan1.

Shu bilan birga, 2013 yil 24 may kuni Vashingtonda O’zbekiston Respublikasining AQSHdagi elchixonasi tomonidan O’zbekiston iqtisodiyotiga xorijiy investitsiya ko’lamini kengaytirish mavzusida davra suhbati o’tkazildi. Unda Amerika-O’zbek Savdo Palatasi a’zolari - General Electric, Anadarko, CN’, Boeing, Lock’eed Martin, W’ite&Case, Nukem i FMN Logistics kabi kompaniyalar vakillari ishtirok etishdi. Tadbir davomida ishtirokchilar O’zbekistonning iqtisodiy rivojlanishi jarayonlari, xorijiy investitsiya uchun qulay sharoit yaratish bo’yicha qabul qilinayotgan chora-tadbirlar bilan tanishtirildi. Shuningdek, “Navoi”, “Angren” va “Jizzax” maxsus sanoat hududlaridagi keng ko’lamli imkoniyatlar to’g’risida alohida ma’lumotlar taqdim etildi2.

O’zbekiston Respublikasi hududidagi savdo aloqalarining rivojlanishiga bir qator cheklovchi omillar salbiy ta’sir ko’rsatadi. Masalan, O’zbekiston uchun eksport va import munosabatlarini qiyinlashtiruvchi omillardir. Bunday cheklovchi omillarga misol tariqasida transportirovka uchun qo’shimcha vaqt va sarfharajatlar, Markaziy Osiyo hududi orqali xalqaro yuklarni jo’natishni ta’minlash talabi, dengiz portlariga chiqish imkoniyatining yo’qligi va murakkab geografik topografiyani keltirib o’tish mumkin. Mazkur cheklovlar har qanday rasmiy idoralarning nazoratidan tashqarida bo’ladi.

Bu xususda, AQSHning O’zbekistondagi Favqulodda va Muxtor elchisi

J.Krol O’zbekiston va AQSH o’rtasidagi o’zaro savdo-iqtisodiy hamkorlikda savdo darajasi yuqori emasligini ta’kidlagan. Bunga asosiy sabablardan biri sifatida AQSHda davlat korxonalari yo’qligini, shuning uchun, davlat xususiy kompaniyalarga qaysi davlatda o’z biznes faoliyatini yuritishiga ko’rsatma bermasligini ko’rsatib o’tgan1. Biroq, AQSH hukumati o’z ta’sirini o’tkazadi. Shuningdek, Amerika investorlarini O’zbekistonga jalb qilish investitsiyaviy muhitga bog’liqligini ta’kidlagan.

AQSHning statistika idoralari ma’lumotlariga qaraganda, 2011 yilga qadar

Amerikaning O’zbekistonga to’g’ridan-to’g’ri sarmoyalari umumiy hajmi 500 mln doll.ni tashkil qilgan2. Ekspertlar fikriga ko’ra, ikki davlat mavjud iqtisodiy imkoniyatlardan to’liq foydalanmayotganidan

dalolat bermoqda. 2012 yilda O’zbekistonga to’g’ridan-to’g’ri kiritilgan AQSH sarmoyasi hajmi 2 mlrd doll.dan oshdi. Ikki davlat munosabatlarida savdoiqtisodiy va sarmoyaviy hamkorlikni rivojlantirishning ustuvor yo’nalishlariga alohida e’tibor qaratilmoqda. Amerikaning “General Motors”, “Boeing”, “Lock’eed Martin” va boshqa ko’plab yetakchi kompaniyalari ishtirokida ushbu sohada hamkorlik bo’yicha tajriba ortib bormoqda.

O’zbekiston Buyuk ipak yo’li davrida G’arb va SHarq o’rtasida savdo munosabatlarini rivojlanishida bog’lovchi xalqa hisoblangan. Hozirgi kunda, AQSHning “General Motors”, “Texaco”, “CHartis” kabi yirik kompaniyalari

O’zbekistonga keng ko’lamdagi investitsiyalashtirishni amalga oshirmoqda, shuningdek, yuqori texnologiyalar sohasida yetakchi “General Electric”, “Sikorsky

Aircraft”, “Exxon Mobil” kompaniyalari O’zbekiston bilan hamkorlikni rivojlantirishga qiziqish bildirmoqda .

Rasmiy Vashington Kelgusidagi hamkorlikdagi manfaatdorligini hisobga olgan holda, O’zbekiston bilan savdo-iqtisodiy sohada, investitsiya ko’lamini kengaytirish ikki tomonlama kelishuv doirasida e’tiborga loyiq loyihalarni moliyalashtirish ishlarini amalga oshirmoqda.

Shuningdek, AQSH xalqaro rivojlanish Agentligi (USAID) bilan hamkorlikda Markaziy Osiyo, xususan, O’zbekistonda alohida loyihalarni moliyalashtirishni amalga oshirmoqda1.1

2010 yildan buyon O’zbekistonda USAIDning “Sifatli sog’liqni saqlash” (13 mln AQSH dollari), “Mahalliy taraqqiyot tashabbusi” (1,6 mln AQSH dollari) kabi dasturlari hayotga tadbiq etilmoqda. 2011 yil oxirida qishloq xo’jaligini rivojlantirish bo’yicha yangi, to’rt yilga mo’ljallangan “AgLinksPlus” loyihasi (12 mln dollar) ish boshladi2.2

Shuningdek, “Qishloq xo’jaligi sohasidagi aloqalarni rivojlantirish” (Agrilinks) dasturini loyihasini amalga oshirish doirasida 5 mln doll. miqdordagi jihozlar ajratilgan. Dasturning maqsadi uzum va boshqa turdagi mevali daraxtlar hosilini oshirishga qaratilgan. Mazkur loyiha qishloq va suv xo’jaligi vazirligi o’simliklarni himoya qilish milliy xizmati bilan hamkorlikda amalga oshiriladi.



  • “Ustyurt ekotizimini saqlash tashabbusi bo’yicha” 2014 y sentyabrga qadar byudjeti 1,5 mln. doll.;

  • “Mintaqaviy energetik xavfsizlik, samaradorlik va savdo (RESET)” 2013 y noyabrga qadar, byudjeti $16,5 mln.doll;

  • “Sifatli sog’liqni saqlash” 2014 y sentyabrga qadar, byudjeti $50

mln.doll.;

  • “OIV va tuberkulyoz bo’yicha dialog” 2014 y sentyabrga qadar, byudjeti

$3,6 mln.doll.;

  • “Tuberkulyozni nazorat qilish bo’yicha hamkorlik” 2014 y oktyabrga qadar, byudjeti $2,3mln.doll.;

  • “OAVni qo’llab-quvvatlash” 2014 y sentyabrga qadar, byudjeti $15

mln.doll.;

  • “Fuqarolik jamiyatlarini huquqiy qo’llab-quvvatlash” 2014 y sentyabrga qadar, byudjeti $6,2 mln. doll.;

  • “Odam savdosini oldini olish” 2015 y sentyabrga qadar, byudjeti $6,4 mln. doll. ajratilishi rejalashtirilgan.

Shu o’rinda, AQSHning yirik kompaniyalari 2010 yil dekabrda qabul qilingan “2011-2015 yillarda O’zbekiston Respublikasi sanoat ishlab chiqarishning ustuvor yo’nalishlari to’g’risida”gi davlat Dasturini amalga oshirishda ishtirok etishni va iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirsh masalalarini chuqur tahlil etayotganini ta’kidlab o’tish lozim. Mazkur Dasturni amalga oshirish uchun davlat byudjetidan 50 mlrd dollar mablag’ ajratish rejalashtirilgan.

Amerika biznesining yirik vakillari bilan hamkorlikning ijobiy namunalaridan biri sifatida Asaka shahridagi avtomobilь zavodi aktsiyalari paketining 25% ulushiga egalik qilayotgan “General Motors” korporatsiyasini O’zbekistondagi faoliyatini misol tariqasida keltirish mumkin. O’zbekistondagi Amerikaning asosiy kompaniyalaridan bo’lgan mazkur korxona, yuqori texnologiyalar va innovatsiya sohalarida sarmoyaviy loyihalarni o’z ichiga olgan.

Jumladan, GM O’zbekiston “General Motors” kompaniyasining eng muvaffaqiyatli faoliyat olib borayotgan o’ntaligiga kirib, hozirda yillik 250 ming mashina ishlab chiqarish salohiyatiga ega mazkur qo’shma korxona zavodlarida 6,6 ming kishi ishlamoqda1. 2012 yilda GM O’zbekiston 247 ming mashina ishlab chiqargan bo’lib, ushbu ko’rsatkich 2011 yilga nisbatan 7,4% ga o’sgan.

GM Uzbekistan YAJ o’zbek-amerika QK yangi Gentra avtomobil modelini eksportga yo’naltirishni rejalashtirmoqda. Asaka avtozavodi mazkur model loyihasi uchun 23,4 mln dollar miqdorda investitsiya kiritgan.

O’zbekiston avtomobil ishlab chiqaruvchilari 2013 yilning I kvartali xolatiga o’tgan yilning shu davriga nisbatan Rossiyaga avtomobil eksportini 15 898 taga yetkazib, 13% ga oshirgan.

Bugungi kunda mazkur korxona avtomobillarning 9 modeli (Nexia, Lacetti, Malibu, Cobalt, Matiz, Spark, Captiva i Damas) ni ishlab chiqarishni o’zlashtirish bilan birga, 2011 yil oktyabridan boshlab yengil avtomobillar uchun dvigatellar ishlab chiqarishga ixtisoslashgan “GM PowerTrain–O’zbekiston” zavodi o’z faoliyatini boshladi. Shuningdek, Boeing kompaniyasi O’zbekiston Havo yo’llari Milliy aviakompaniyasi uchun zamonaviy avialaynerlarni yetkazib beruvchi doimiy hamda muhim hamkor hisoblanadi. “O’zbekiston havo yo’llari” milliy aviakompaniyasi “Boeing” aviakompaniyasi, “Boeing” -767 avialaynerlari sonini 2014 yilga qadar 10 donaga, yetkazish to’g’risida kelishuvga erishgan. 2016 yilga qadar respublikaning “Boeing” lar parkidagi avialaynerlar sonini 15 taga yetkazish rejalashtirilmoqda. Shu bilan birga, ‘oneywell korporatsiyasi delegatsiyasining 2012 yil mart oyidagi O’zbekistonga tashrifi davomida neft-gaz va energetika tarmoqlari, kimyo sanoati hamda ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish sohalarida qator loyihalarni amalga oshirish bo’yicha kelishuvlar imzolandi.





1 Юлдашев М.Ш. Хронология Американо-Узбекских отношений 1992-2012 Т. “NISO POLIGRAF” 2012 й.

134 б.


Shuningdek, ikki tomonlama munosabatlar madaniy-gumanitar sohada faol rivojlanmoqda. Ta’kidalash joizki, bu munosabatlar fan va ta’lim sohasida faol namoyon bo’lmoqda. AQSH xalqaro ta’lim instituti dokladi ma’lumotlariga muvofiq, 2007-2008 o’quv yillarida 539 talabani tashkil etgan bo’lsa, 2008-2009 o’quv yillarida AQSHning universitet va kollejlarida O’zbekistondan 688 talaba ta’lim olish uchun kelishgan. Bu esa shu vaqtdagi Markaziy Osiyo davlatlari orasida ro’yxatga olingan eng yuqori ko’rsatkichni tashkil etgan. O’zbekiston Prezidenti Fondi “Umid” tarmog’i bo’yicha 1997-2007 yillarda 300 o’zbekistonlik talabalar AQSHda ta’lim olishgan12.

Ta’kidlash joizki, AQSH hukumati tomonidan Green Card lotereyasi vositasida AQSHda yillik doimiy yashash joyi uchun viza taqdim etilishi ikki tomonlama aloqalarni chuqurlashtirishda muhim omil hisoblanadi.

AQSHning O’zbekistondagi elchixonasi ma’lumotlariga ko’ra, mazkur lotereyada yutganlar miqdori 2010-2011 yilda O’zbekistonda 4800 kishini tashkil qilgan. O’zbekiston mazkur lotereyada yutuvchilar soni bo’yicha dunyoda 5

o’rinni egallamoqda3.

O’zbekistondan 2011 yilda 5091 kishi hozirgi kunga qadar 28245 kishi Green Card lotoreyasida g’olib bo’lgan.

Shuningdek, AQSH tomonidan respublikamizga gumanitar yordam ham ko’rsatmoqda, ular 2010 yili 12 million AQSH dollariga teng miqdorda doridarmon va tibbiy jihozlar ajratgan “AmeriCares”, 1,5 mln AQSH dollariga teng miqdordagi yuklarni yetkazib bergan “Resource and Policy Exchange” hamda “FOWUSA” singari Amerikaning xalqaro nodavlat tashkilotlari tomonidan taqdim etilmoqda.

2012 yilning oktyabrь oyida Toshkentda AQSHning O’zbekistondagi elchixonasi tomonidan O’zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti bilan hamkorlikda O’zbekiston Respublikasi bilan AQSH o’rtasida diplomatik munosabatlar o’rnatilganligi 20 yilligiga bag’ishlangan davra suhbati bo’lib o’tdi. Mazkur tadbirda ikki davlatning tegishli vazirlik va idoralari, ilmiy tadqiqot va ta’lim muassasalari vakillari, ekspert hamda mutaxassislar qatnashishdi. Davra suhbatidagi muloqot chog’ida O’zbekiston bilan Amerika o’rtasidagi siyosiy, savdo-iqtisodiy, sarmoyaviy, madaniy-gumanitar hamda xavfsizlikni ta’minlash sohalaridagi hamkorlikning bugungi ahvoli va uni rivojlantirish istiqbollari yuzasidan fikr almashildi.

Amerikalik mutaxassis va tahlilchilarning fikriga ko’ra, ikki davlat o’rtasida mustahkam asosga ega ikki tomonlama munosabatlar shaklidagi savdo va investitsion hamkorlik uchun keng istiqbollar mavjud. Ekspertlarning fikricha, O’zbekistondagi makroiqtisodiy barqarorlik hamda qulay sarmoyaviy muhit savdo-iqtisodiy va sarmoyaviy sohalardagi hamkorlikning muhim omili bo’lib xizmat qilmoqda. Shuningdek, ular tomonidan O’zbekiston iqtisodiyotining mashinasozlik, metalni qayta ishlash, energetika, neftь va gaz qazib olish, kimyo sanoati, elektr texnikasi va tog’-kon sanoati kabi tarmoqlariga AQSH kompaniyalarini jalb etish o’zaro iqtisodiy hamkorlikni kengaytirishning ustuvor yo’nalishlaridan ekani ta’kidlandi.

O’zbekiston Respublikasi iqtisodiyotini – jahon hamjamiyati davlatlari iqtisodiyoti bilan taqqoslaganda katta emas. Shuning uchun iqtisodiy rivojlanishni yetarli darajaga yetkazish uchun savdoni kengaytirishi va xalqaro savdo tizimida integratsiyalashuvi zarur.

O’zbekiston dengizga chiqa olmaganligi sababli, Markaziy Osiyo davlatlari bilan tashqi savdo siyosatini liberallashtirish va bir-biri bilan savdo, transport va bojxona tranziti sohalarida mintaqaviy hamkorlik o’zaro mustahkam aloqador.

O’zbekistonning Tashqi savdosi so’nggi yillarda quyidagicha tafsiflanmoqda:


  • savdoning tezkor o’sishi;

  • eksport tarkibida xom-ashyo tovarlarining ko’payib borayotganligi; - savdo aloqalari kam sonli davlatlar bilan o’rnatilganligi.

Bundan tashqari, Markaziy Osiyo davlatlari, xususan, O’zbekistonning eksport va import aloqalari kam sonli davlatlar bilan o’rnatilgan. AQSH O’zbekistonga ko’p miqdorda mashina va jihozlarni import qiluvchi muhim savdo sherik davlatlardan biridir.

Ikki davlat munosabatlarida gumanitar hamkorlik, xususan, ilm-fan, ta’lim, sog’liqni saqlash, fuqarolik jamiyati institutlarini rivojlantirish kabi sohalar alohida ahamiyatga ega. Ishtirokchilarni fikriga ko’ra, ikki davlat ilmiy tadqiqot va ta’lim muassasalari o’rtasidagi o’zaro aloqalarni faollashtirish gumanitar hamkorlikning ustuvor yo’nalishi bo’lishi mumkin. AQSHning O’zbekistondagi Favqulodda va

Muxtor elchisi Jorj Krolning ta’kidlashicha, O’zbekiston bilan AQSH o’rtasidagi hamkorlik nafaqat davlatlararo aloqalarni rivojlantirish, balki xalqlarimiz o’rtasidagi rishtalarni mustahkamlashga ham xizmat qilmoqda. Xususan, bu borada ikki mamlakat fuqarolik jamiyati institutlari hamda qonunchilik organlari o’rtasida izchil rivojlanib borayotgan samarali hamkorlik muhim ahamiyat kasb etadi.

Shu nuqtai nazardan, AQSH Davlat kotibining yordamchisi R.Bleyk

O’zbekistonning iqtisodiy jihatdan jadal rivojlanib borayotgani nafaqat Markaziy Osiyodagi qo’shni mamlakatlar uchun, balki Afg’onistonga elektr energiyasini etkazib berish hamda transport va temir yo’l infratuzilmasini yaratishga ko’maklashish orqali O’zbekistonning ushbu mamlakat iqtisodiy rivojlanishiga yordam berayotgani muhim ahamiyatga ega ekanini qayd etdi.

Umuman olganda, O’zbekiston-AQSH hamkorligida iqtisodiy sohaning nufuzi ortib bormoqda. Mazkur hamkorlik avvalambor, ikki davlat o’rtasidagi munosabatlarni yanada rivojlanishiga ijobiy ta’sir qilayotgan bo’lsa, ikkinchidan esa, ikki davlatning milliy manfaatlaridan kelib chiqmoqda, uchinchidan esa, alohida qayd etish kerakki, mazkur hamkorlik mintaqadagi barqarorlikni yanada ta’minlashda ham katta ahamiyat kasb etadi. Chunki, yuqorida qayd etilgan AQSH va Markaziy Osiyo davlatlari o’rtasida savdo va investitsiyalarga ko’maklashish to’g’risida” ko’ptomonlama bitimni imzolashdan maqsad, mintaqa davlatlari o’zining savdo va investitsiyaviy imkoniyatlarini oshirish, iqtisodiy rivojlanishni maqsad qilib olgan bo’lsa, o’z navbatida, AQSH rivojlanib borayotgan mintaqada iqtisodiy manfaatlarini yanada oshirish hisoblanadi. Albatta, bu omillar mintaqadagi barqarorlikni yanada ta’minlashga imkon beradi. Amerika investorlari tomonidan O’zbekistonga to’g’ridan-to’g’ri investitsiyalarni kiritilishi ikki davlat iqtisodiy hamkorligini hamda o’zaro ishonchli va manfaatli hamkorlikni yanada rivojlanishiga sabab bo’ladi.

Shuningdek, o’zaro tovar ayirboshlash hajmini oshirish, qo’shma korxonalar sonini va mahsulotlar turini ko’paytirish masalalariga alohida e’tibor qaratilmoqda. Qulay sarmoyaviy muhit yaratilgan “Navoiy” erkin industrial-iqtisodiy zonasida yuqori texnologik qo’shma loyihalarni amalga oshirish, ikkitomonlama savdoiqtisodiy aloqalarni hamda investitsiyaviy munosabatlarning rivojlanishiga imkon beradi.

Shu bilan bir qatorda, bu hamkorlikni rivojlanishining istiqbollarini Afg’onistondagi ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy vaziyatni yanada barqarorlashtirishda ham ko’rish mumkin. CHunki, 2014 yildan boshlab Afg’onistondan koalitsion kuchlarning ma’lum bir qismi chiqib ketishini inobatga oladigan bo’lsak, undan tashqari qo’shni davlatdagi siyosiy vaziyatni barqarorlashtirish uchun muhim bo’lgan iqtisodiyot va infratuzilmani rivojlantirishda O’zbekiston Respublikasining tutgan o’rni va mavqei yanada oshib boradi. SHu bilan bir qatorda, AQSH va

O’zbekiston Respublikasining o’zaro hamkorligi nafaqat Afg’oniston va mintaqa xavfsizligiga, balki xalqaro xavfsizlik tizimiga tahdid solayotgan terrorizm va narkotik moddalar savdosiga qarshi kurashish uchun kuchlarni birlashtirgan holda faoliyat ko’rsatishga, shuningdek, o’zaro hamkorlikning rivojiga ehtiyoj katta ekanligidan dalolat beradi.


Download 113,61 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish