Мавзу : Ўзбекистон – америка муносабатларининг ҳозирги ҳолати



Download 113,61 Kb.
bet13/20
Sana16.07.2021
Hajmi113,61 Kb.
#120726
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   20
Bog'liq
ozbekiston va aqsh munosabatlari

To’rtinchi bosqich: Ikki davlat o’rtasidagi munosabatlarning rivojlanishida

27.10.2009 yil YeI 27 davlati tashqi ishlar vazirlari ishtirokida Lyuksemburgda 2005 yil Andijon voqealaridan keyin Yevropa Ittifoqi bilan O’zbekiston munosabatlarida qo’llanilgan sanktsiyalarning bekor qilinganligi muhim omillardan biri bo’ldi. YeI tomonidan qurol-yarog’ va harbiy texnika kiritishga cheklash va 12 yuqori mansabdagi shaxslarning Yevropa Ittifoqiga kirishi ta’qiqlangan edi. SHuningdek, O’zbekiston bilan iqtisodiy aloqalarni qayta tiklash to’g’risida e’lon qilindi. O’zbekistonga nisbatan qo’llanilgan sanktsiyalar (12 yuqori mansabdagi shaxslarning YI ga kirishi ta’qiqlanishi, qurol-yarog’ savdosi, iqtisodiy cheklovlar) 4 yilga qadar saqlab turildi. 2008 yil oktyabrь oyida inson huquqlari bo’yicha cheklov choralari rad etilgan. Ekspertlar fikriga ko’ra, Yevroittifoq tomonidan O’zbekistonga nisbatan sanktsiyalar boshidan qo’llanilishi xato bo’lgan. Xususan, siyosatshunos va ilmiy xodim Zurab Todua fikriga ko’ra, qaror Andijonda bo’lib o’tgan voqealarga berilgan noto’g’ri baholarga asoslangan xolda chiqarilgan.

2009 yil Barak Obama AQSH Prezidentligiga saylangandan keyin Markaziy Osiyo Buyuk Ipak yo’lini qayta tiklashdagi uzoq muddatli Vashington rejalarini amalga oshirishda “hayotiy muhim ahamiyat”ga ega deb e’lon qildi. Mazkur mintaqaning konflikt xolatini bashorat qilib, AQSH mintaqa xavfsizligini ta’minlashni kafolatlaydi va Markaziy Osiyoda o’zining harbiy-siyosiy ishtirokini kengaytiradi. Bu munosabatlarda mintaqaviy xavfsizlikni ta’minlash, harbiy infrastruktura va barcha imkoniyatlarga ega bo’lgan geostartegik joylashuvi va amaldagi transport-kommunikatsion va energetik tizimlari nuqtai-nazaridan O’zbekistonning Markaziy Osiyodagi Amerika siyosatida ahamiyati ortib boradi.

Bu borada, 2010 yil 11 yanvarda O’zbekiston Respublikasi va AQSH o’rtasidagi hamkorlikni mustahkamlash bo’yicha faoliyat rejasining tasdiqlanganligini ikki tomonlama munosabatlarning rivojlanishidagi muhim sabablardan biri sifatida ko’rsatib o’tish mumkin. Mazkur faoliyat rejasi 5 ta asosiy yo’nalish bo’yicha: siyosiy sohada, xavfsizlik sohasida, iqtisodiyot va rivojlanish sohasida, gumanitar sohada hamda Afg’onistonda tinchlik va barqarorlikni ta’minlash sohasida hamkorlikni rivojlanishi ko’rib chiqilmoqda.

Ushbu bosqichda davlatlararo munosabatlar siyosiy sohada rivojlana boshladi. 2009 yil 17-18 dekabr kunlari Vashingtonda O’zbekiston–AQSH maslahat kengashi o’tkazilib, maslahatlashuvlar natijalariga ko’ra, 2010 yil 11 yanvar kuni “Ikki tomonlama munosabatlarni mustahkamlash bo’yicha choratadbirlarni amalga oshirish harakat rejasi” imzolandi. Rejaga asosan ikki davlat munosabatlari yanada rivojlanib, AQSH hukumati rasmiy vakillari O’zbekistonga tashrif buyurdilar. Jumladan, 2010 yilda AQSHning Afg’oniston va Pokistondagi maxsus vakili R.Xolbruk (fevral), Amerika markaziy qo’mondonligi generali

D.Petreusni (aprel), AQSH davlat kotibining Janubiy va Markaziy Osiyo masalalari bo’yicha yordamchisi R.Bleyk (iyun), AQSH davlat kotibining birinchi o’rinbosari J.Staynberg (iyul), demokratiya, inson huquqlari va mehnat masalalari bo’yicha M.Pozner, Aholi, qochoqlar va migratsiya masalalari bo’yicha yordamchisi E.SHvarts, shuningdek, okean, atrof-muhit va fan bo’yicha yordamchisi K. Jons, NATO Bosh kotibining Markaziy Osiyo mamlakatlari va Kavkaz bo’yicha maxsus vakili R.Simmons (oktyabr), AQSH Markaziy qo’mondonligi boshlig’i (MARKAZKOM) general J.Mettis (noyabr), AQSH davlat kotibi X.Klinton (dekabr) davlat rasmiy tashrifi bilan O’zbekiston Respublikasida bo’lishdi. 2009 yilning noyabr oyida Vakillar palatasining mintaqa muammolari bilan shug’ullanishi rejalashtirilgan quyi palata a’zolarining norasmiy - Markaziy Osiyo bo’yicha uyushmasining tashkil etilishi diqqatga sazovordir.

So’nggi yillardagi muhim xodisalardan asosiylari sifatida 2010 yil aprelь oyida va 2011 yil iyunь oyida AQSH milliy xavfsizlik bo’yicha maslahatchisi o’rinbosari D.Makdona, senator L.Grexem va AQSHning Afg’oniston va Pokiston bo’yicha maxsus vakili M.Grossmanlarning O’zbekistonga shaxsiy tashriflarini qayd etish mumkin.

2009 yil dekabr oyida Vashingtonda o’tkazilgan o’zbek-amerika siyosiy maslahati birinchi bosqichi ikki davlat orasidagi siyosiy muloqotlarning institutlashtirilganidan dalolat bermoqda. Siyosiy maslahatlashuvning ikkinchi bosqichi 2011 yil fevral oyida Toshkent shahrida o’tkazildi. Ta’kidlash joizki, ikki davlat orasidagi hukumatlararo aloqalar mustahkamlana boshlandi. Xususan, AQSH Kongressi bilan amaliy suhbat belgilandi. Siyosiy maslahatlashuvning uchinchi bosqichi 2012 yilning 15-17 avgust kunlari Toshkent shahrida bo’lib o’tdi.

Shuningdek, 2013 yil 19 fevralь kuni O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov Oqsaroyda AQSH Kongressi Vakillar palatasining Yevropa va

Yevroosiyo bo’yicha quyi qo’mitasi raisi Deyna Rorabaxer hamda kongressmenlar Pol Kuk, Ted Po va Brayan Xigginsdan iborat delegatsiyani qabul qildi1. Ikki davlat o’rtasidagi munosabatlarni rivojlanishida 2013 yil 11-13 mart kunlari O’zbekiston Tashqi ishlar vaziri A. Komilov boshchiligidagi delegatsiya amaliy tashrif bilan AQSHda bo’lishi muhim ahamiyat kasb etdi. Vashingtonda Tashqi ishlar vaziri davlat kotibi J.Kerri bilan uchrashib, suhbat chog’ida o’zbek-amerika munosabatlarini hozirgi xolati va istiqboli, xalqaro va mintaqaviy muammolar muhokama qilindi. Bundan tashqari, 2012 yilning 27 - 28 sentyabr kunlari A.Komilov AQSHga BMTning Bosh Assambleyasining 67-sessiyasida ishtirok etish uchun tashrif bilan bo’lib, AQSHdavlat kotibining birinchi o’rinbosari V.

Berns bilan uchrashgan edi2.

O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov joriy yilning 24 aprel kuni Oqsaroy qarorgohida AQSH Davlaat kotibining Janubiy va Markaziy Osiyo bo’yicha yordamchisi R.Bleykni qabul qildi. Suhbat davomida tomonlar xalqaro siyosat va mintaqaviy dolzarb muammolar, xususan, Afg’onistondagi bugungi vaziyat haqida fikr almashishdi. Shuningdek, O’zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri A.Komilov AQSH Davlat kotibining yordamchisi R.Bleyk bilan uchrashdi. Tomonlar o’zbek-amerika munosabatlarining dolzarb jihatlari, xalqaro va mintaqaviy muammolar bo’yicha fikr almashishdi.1 SHu bilan birga, O’zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirlida AQSH savdo vaziri o’rinbosari M.Myurrey bilan uchrashuv o’tkazilganligi haqida O’zbekiston Respublikasi TIV axborot xizmati xabar bergan. Uchrashuv davomida savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy sohalardagi hamkorlik masalalari bo’yicha fikr almashindi. 2

Umuman, O’zbekiston – AQSH munosabatlari 22 yil davomida turli siyosiy jarayonlar va manfaatlarning doimiy o’zgarib borishi natijasida turli bosqichlarga bo’lindi. Shu bilan bir qatorda, AQSH hukumati O’zbekistonning Markaziy Osiyo mintaqasida strategik jihatdan eng muhim davlat ekanligini inobatga olgan xolda, mavjud muammolarga qaramay, O’zbekiston bilan harbiy – siyosiy hamkorlikni rivojlantirishi va mavjud me’yoriy huquqiy xujjatlar asosida hamkorlikni amalga oshiradi.


Download 113,61 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish