Mavzu : yosh va pedagogik psixologiya fanining tadqiqot sohasi va muammolari


Kichik  maktab  Yoshidagi  o‘quvchilar  shaxsi  kommunikativ  xususiyatlarini  baholash



Download 0,91 Mb.
Pdf ko'rish
bet20/30
Sana30.12.2021
Hajmi0,91 Mb.
#86799
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   30
Bog'liq
matn1-1

Kichik  maktab  Yoshidagi  o‘quvchilar  shaxsi  kommunikativ  xususiyatlarini  baholash 

anketasi 

Ushbu anketa o‘quvchilar, tarbiyachilar va ota-onalar uchun mo‘ljallangan. Bunda kichik 

maktab  Yoshidagi  o‘quvchilarning  atrofdagilar  bilan  o‘zaro  munosabatlari    hamda 

kommunikativ xususiyatlari ekspert baholanadi. 

Anketa  yordamida  baholanadigan  shaxs  xususiyatlari  va  ularga  mos  keluvchi  savol 

raqamlari. 

Baholanadigan shaxs xususiyatlari 

Anketadagi 

xususiyatlarga 

mos 


keluvchi 

savollar 

Muloqotchanlik 

Tashkilotchanlik qobiliyati 

Atrofdagilar bilan o‘zaro munosabat 

Altruizm 

Empatiya 

Agressivlik 

Himoyasizlik 

Arazgo‘ylik 

Adolatlilik 

To‘g‘ri so‘zlik 

Iltifotlilik 

Itoatkorlik 

Mustaqillik 

Qat’iylik 

Mehnatsevarlik 

O‘ziga ishonch 

 

2,3,4 




10 



11 

12 


13 

14 


15 

16 


17 

18 


19 

 

Anketa matni 



1. Bolaning ismi, sharifi, familiyasi, tug‘ilgan yili. 

2. Bolaning kattalar bilan muloqatchanligi:  




A) yuqori; 

B) o‘rtacha; 

V) juda odamovi. 

3. Bolalar bilan muloqotchanligi:   

A)  juda  muloqotchan,  ko‘pincha  o‘zi  yolg‘iz  emas,  boshqa  bolalar  bilan  o‘ynashni  yaxshi 

ko‘radi; 

B) unchalik muloqotchan emas, ko‘pincha yolg‘iz o‘ynashni  yoqtiradi; 

V) ba’zida yolg‘iz, ba’zida bolalar bilan o‘ynashni yoqtiradi. 

4. Agar o‘quvchi (bola) muloqotchan bo‘lsa,   

A) Yosh jihatdan o‘zidan katta bolalar bilan; 

B) tengdoshlari bilan; 

V) o‘zidan kichik bolalar bilan  o‘ynashni afzal ko‘radimi? 

5. O‘yinda bola o‘zini qanday tutadi? 

A)  birgalikda  o‘ynash  uchun  bolalarni  uyushtira  oladi,  o‘yinda    o‘ziga  faqat  etakchilik  rolini 

oladi; 

B) o‘yinda etakchilik, liderlik rolini ham,  ikkinchi darajali rolni ham birdek bajaradi; 

V) ko‘pincha o‘yinda boshqalarga bo‘ysungan holda o‘ziga ikkinchi darajali rolni oladi. 

6. O‘quvchining boshqa bolalar bilan o‘zaro munosabati qanday? 

A) do‘stlik o‘rnata oladi va o‘yinda bolalar bilan (nizo) kelishmovchiliklarga bormaydi; 

B) ko‘pincha nizolar kelib chiqdi; 

7. Boshqa bolalardan o‘yinchoqlarini qizg‘onmaydimi? 

A) bajonidil o‘rtoqlashadi; 

B) ba’zida qizg‘onadi, ba’zida yo‘q;  

V) qizg‘onadi. 

8. Boshqalarga hamdard bo‘la oladimi? 

A) agar  nimadandir  xafa  bo‘lishayotganini  ko‘rsa (sezsa), tinchlashtirishga, achinishga,  yordam 

berishga harakat qilib, doimo hamdard bo‘ladi; 

B)ba’zan; 

V) hech qachon. 

9. Boshqa bolalarni xafa qiladimi? 

A) ko‘pincha xafa qiladi; 

B) ba’zida xafa qiladi; 

V) hech qachon xafa qilmaydi. 

10. O‘quvchi kattalarga tez-tez shikoyat bilan murojaat qilib turadimi? 

A) ko‘pincha; 

B) ba’zida; 

V) hech qachon. 

11. O‘quvchi tez xafa bo‘ladimi? 

A) juda tez; 

B)ba’zida; 

V) xafa bo‘lmaydi. 

12. O‘quvchi (yoki farzandingiz) adolatlimi? 

A) doimo adolatli; 

B) ba’zida adolatli; 

V) ko‘pincha adolatli emas. 

13. O‘quvchi doimo rost gapiradimi? 

A) doimo; 

B) ba’zida rost gapiradi, ba’zida esa yo‘q; 

V) ko‘pincha rost gapirmaydi, tez-tez yolg‘onchilik qiladi. 

14. O‘quvchi doimo o‘zini xushmuomala tutadimi? 

A) doimo; 

B) ba’zida; 




V) deyarli hech qachon xushmuomala emas. 

15. O‘quvchi doimo sizga quloq soladimi? 

A) doimo; 

B) ba’zi-ba’zida; 

V) deyarli hech qachon. 

16. O‘quvchiga mustaqillik xosmi? 

A) butunlay mustaqil, hamma narsani o‘zi mustaqil bajarishni yoqtiradi; 

B) ba’zi-ba’zida; 

V) ko‘pincha mustaqillikni namoyon qilmaydi va u uchun boshqalar bajarishini xohlaydi. 

17. O‘quvchiga qat’iylik xosmi? 

A) doimo boshlagan ishini oxirigacha etkazishga harakat qiladi; 

B) ba’zida qat’iylik namoyon qiladi, ba’zida yo‘q; 

V) odatda qo‘l urgan ishini oxirigacha bajarmaydi. 

18. O‘quvchiga mehnatsevarlik xosmi?  

A) juda mehnatsevar, doimo topshirilgan ishni bajonidil bajarishga harakat qiladi; 

B) ba’zida ishlashni sevadi, ba’zida dangasalik qiladi; 

V) ko‘pincha dangasalik qiladi. 

19. O‘quvchi o‘ziga ishonadimi? 

A) butunlay o‘ziga ishonadi; 

B) ba’zida; 

V) o‘ziga ishonmaydi. 

Ushbu  anketa  bo‘yicha  bolalarni  baholashda,  ekspertchi  sifatida  faqat  ota-onalar  emas, 

shu bilan birga tarbiyachilar, sinf rahbarlari hamda o‘quvchilar ham qatnashishlari shart. 

Natijalar tahlili. 

Anketa bo‘yicha olingan ma’lumotlar quyidagicha baholanadi: 

“A” javobi- 10 ball; 

“B” javobi- 5 ball; 

“V” javobi- 1 ball; 

Barcha  javoblar  bo‘yicha  natijalar  yig‘indisi  hisoblanib,  18  ga  bo‘linadi  va  bola  shaxsi 

kommunikativ  xususiyatlari,  shaxslararo  munosabatlar  rivojlanish  darajasining  o‘rtacha 

ko‘rsatkichlari baholanadi. 

Agar  ota-onalarning  baholari  o‘qituvchi  va  tarbiyachilar  bilan  mos  kelsa,  bolada 

baholanayotgan sifatlarning mavjudligi haqida  xulosa hosil qilish mumkin. Agar 3ta ekspertdan 

faqat 2 tasining baholari mos kelsa, bolada ushbu  sifatlar etarli darajada rivojlanganligi  haqida 

xulosa chiqarish mumkin. Agar ekspertlar baholari umuman bir-biriga to‘g‘ri kelmasa, bolalarda 

ushbu sifatlarning mavjud yoki mavjud emasligi haqida qo‘shimcha maxsus tekshiriluvsiz xulosa 

chiqarish  mumkin emas. 

 

 Suhbat  metodi.  Suhbat  –  bevosita  muloqot  jarayonida  o‘quvchilar  psixik  xususiyatlarini 



aniqlash  metodikasi  bo‘lib,  o‘qituvchi  oldindan  tayyorlab  qo‘ygan  savol  asosida  o‘zi  uchun 

kerakli bo‘lgan informatsiyani olish imkoniga ega. 

Suhbat  metodikasi  yordamida  inson  xarakteri  xususiyatlari,  xatti-harakati  motivlari, 

hayotining  turli  tomonlariga  uning  bahosi,  biografiyasining  asosiy  faktlari  va  unga  bo‘lgan 

munosabatlarni aniqlash mumkin. 

Suhbat metodi ma’lum qoidalarga asoslanishi lozim. 

1. Suhbat tasodifiy emas, rejali bo‘lishi kerak. 

2. Suhbat boshida o‘quvchi qiziqadigan mavzuda gaplashish kerak. 

3. Suhbat boshlanishida biografik xarakterdagi savollar berilmasligi kerak. 

4. Savollar tushunarli, Yosh xususiyatlarini hisobga olgan holda berilishi kerak. 

Suhbat  metodining  ijobiy  tomoni  –      o‘quvchi  bilan  bevosita  muloqatda  bo‘lish,  uning 

reaksiyalarini  hisobga  olish  imkoni,  qo‘shimcha,  to‘ldiruvchi  savollar  berilishi  mumkinligidir. 

SHuni  ham  nazarda  tutish  kerakki,  suhbatdan  biz  ob’ektiv  fakt  emas,  balki  kishining  sub’ektiv 

fikrini olamiz. 





Download 0,91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   30




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish