Mavzu : yosh va pedagogik psixologiya fanining tadqiqot sohasi va muammolari



Download 0,91 Mb.
Pdf ko'rish
bet19/30
Sana30.12.2021
Hajmi0,91 Mb.
#86799
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   30
Bog'liq
matn1-1

Eksperiment  metodi.  Eksperiment  metodi    tabiiy  va  laboratoriya  eksperimenti  turlariga 

bo‘linadi. Bu  metod psixik  holatni ta’riflashgagina emas,  balki ularni tushuntirib  berishga  ham 

imkon beradi.  

Kuzatishdan  farqli  o‘laroq,  psixologik  eksperiment tadqiqotchining  sinalayotgan  faoliyatga 

faol aralashuvi mumkinligini nazarda tutadi. Jumladan, psixologik fakt aniq namoyon bo‘lishiga, 

uning tadqiqotchi xohlagan yo‘nalish bo‘yicha o‘zgartirilishiga, har jihatdan tadqiq qilish uchun 

bir necha martalab takrorlanishiga imkon beradigan shart-sharoitni yaratadi.  

Laboratoriya  eksperimentining  xarakterli  belgisi  faqat  uning  laboratoriya  sharoitlarida 

maxsus  psixologik  asbob-uskunalar  yordamida  o‘tkazishlarida  va  sinaluvchining  xatti-

harakatalari    yo‘l-yo‘riqqa  binoan  sodir  bo‘lishi  bilangina  emas,  balki  sinalayotganligini 

biladigan  sinaluvchi  (garchi,  odatda,  sinalayotgan  kishi  eksperimentning  mohiyati  nimadan 

iboratligini, qonkret nimani va nima maqsadda tadqiq qilinayotganligini bilmasa ham) kishining 

munosabati  bilan ham belgilanadi. Laboratoriya eksperimenti yordamida diqqatning xossalarini, 

idrok,  xotira  va  boshqalarning  o‘ziga  xos  xususiyatlarini  tadqiq  qilish  mumkin.  Hozirgi  paytda 

laboratoriya  eksperimentini  ko‘pincha  shunday  tarzda  o‘tkazishadiki,  unda  odam  odatdagi 

sharoitlarda  bajarishi  mumkin  bo‘lgan  faoliyatning  ba’zi  psixologik  jihatlari  modellashtirilib 




qo‘yiladi.  Jumladan,  eksperimentda  anchagina  hissiy  zo‘riqish  vaziyati  modellashtirilib,  uning 

jarayonida  sinaluvchi,  masalan,  kasbi-kori  uchuvchi  bo‘lgan  kishi  anglanilgan  echimlar  qabul 

qilishi  mumkin.  YUksak  darajadagi  uyg‘unlikni  taqazo  etadigan  murakkab  harakatlar  qilishi, 

asboblardagi  ko‘rsatkichlarga  munosabat  bildirishi  va  hokazolar  belgilab  qo‘yilgan  bo‘lishi 

mumkin. 

Tabiiy  eksperiment  (birinchi  marta  1910  –  yilda  A.F.  Lazurskiy  taklif  etgan) 

mo‘ljallanganiga ko‘ra, eksperiment o‘tkazilayotganini  biladigan sinaluvchida hosil bo‘ladigan 

zo‘riqishga  yo‘l qo‘ymasligi  va tadqiqotni odatdagi, tabiiy sharoitlarga (dars, suhbat, o‘yin,  uy 

vazifalarini bajarish va boshqalar) ko‘chirishi lozim. 

Masalan,  materialni  yodlashning  samaradorligi  uni  uzoq  vaqt  xotirada  saqlab  qolish 

to‘g‘risidagi  ko‘rsatmaga  bog‘liqligini  tadqiq  qilish  tabiiy  eksperimentga  misol  bo‘la  oladi. 

O‘quvchilardan  bir  guruhi  o‘rganilishi  lozim  bo‘lgan  material  bilan  tanishtiriladi  va    ushbu 

material  yuzasidan  ertasiga  so‘ralishini  aytadi.  Boshqa  bir  guruhda  esa  o‘quv  materiali  xuddi 

shunday tarzda o‘tilib bo‘lgach, o‘quvchilarga o‘tilgan dars bir haftadan so‘ng so‘ralishi aytiladi. 

Haqiqatda  esa  har  ikkala  guruhda  ham  o‘quvchilardan  ikki  haftadan  keyin  so‘ralgan.  Ana  shu 

tabiiy eksperiment  jarayonida materialni uzoq vaqt xotirada saqlab qolishga  mo‘ljallangan yo‘l- 

yo‘riqning afzalliklari aniqlanadi.   

Psixologik-pedagogik  tadqiqot  vazifalarini  bajaradigan  tabiiy  eksperiment  psixologik-



pedagogik  eksperiment  deb  ataladi.  Har  xil  Yosh  bosqichlarida  o‘quvchilarning  bilish 

imkoniyatlarini  o‘rganishda,  o‘quvchi  shaxsini  shakllantirishning  qonkret  yo‘llarini  aniqlashda 

uning  roli  benihoya  kattadir.  Psixologik-pedagogik  eksperiment  uch      qismdan    iborat. 

Aniqlovchi, 

shakllantiruvchi, 

nazorat 


eksperimentlari. 

Aniqlovchi 

 

eksperimentda  



sinaluvchilardagi  biror  psixik  jarayonning    rivojlanish      darajasi  aniqlanadi.  Masalan,  boladagi 

xotiraning  rivojlanish  darajasi    “Meyli”  testi    yordamida  aniqlanishi  mumkin.  SHakllantiruvchi  

eksperimentda aniqlangan  psixik  jarayon me’yordan orqada bo‘lsa, uni rivojlantirish  bo‘yicha  

maxsus  mashg‘ulotlar  o‘tkaziladi.  Misolga      qaytsak,  xotirani  rivojlantirish  bo‘yicha  

mashg‘ulotlar  o‘tkaziladi.  Nazorat    tajribalarida    shakllantiruvchi  ta’sirning    samaradorligini 

aniqlash  uchun  diagnostik    metod  yana  bir   marta   takroran    o‘tkaziladi.”Meyli”  testi    yana  bir  

bora  o‘tkazilib, maxsus matematik- statistik  metodlar  yordamida 

shakllantiruvchi  ta’sirning samaradorligi aniqlanadi. 

      Anketa.  Savollar  yordamida  psixologik  axborot  to‘plashning  metodik  usulidir.  Bunda 

savollar  mantiqan  bir-biri  bilan  bog‘langan  bo‘lib, tadqiqotning  maqsadiga  mos  keladi.  Anketa 

yordamida o‘qituvchi  o‘quvchilar shaxsiy sifatlarini aniqlash uchun material to‘playdi. 

Taklif  etiladigan  savollarga  qarab,  anketalar  mazmun,  funksiyasi,  shakli  bo‘yicha  turli  xil 

bo‘lishi mumkin.  

Mazmun bo‘yicha anketa: 

1.Faktlar  (“Sening bo‘sh vaqtingdagi mashg‘uloting”, “Uy joy sharoitingni ta’rifla”) ; 

2.Atrofdagi    kishilar,  hodisalar  xarakteristikasini (“O‘quv-  ishlab  chiqarish  korxonasida 

ish  formasi  boshqacha  bo‘lishi  kerak  deb  hisoblaysanmi?”,  “Ko‘pchilik  bolalar  o‘z 

imkoniyatlarini to‘liq ishga solmay o‘qishlarining sababi nimada deb o‘ylaysan?”). 

3.O‘quvchining niyatlarini ifodalashi mumkin   

(“Oliy o‘quv yurtiga kirasanmi?”, “YOzgi oromgohga borasanmi?”). 

Savollar bajaradigan funksiyasiga ko‘ra anketa o‘z ichiga quyidagilarni oladi: 

a)Filtrlovchi-savollar.  M.:  agar  o‘qituvchini  oliygohga  kirishni  xohlovchilar  qiziqtirsa, 

anketada quyidagicha savollar taklif etiladi: “Sening  yoqtiradigan predmeting?”. Bunga 

faqat oliygoxga kirmoqchi bo‘lgan o‘quvchilargina javob beradilar. 

b)Tekshiruvchi  yoki  nazorat  qiluvchi  savollar.  Ularning  asosiy  funksiyasi  – 

ma’lumotning to‘g‘riligini tekshirish. 

SHakli bo‘yicha anketalar: 

a)  Ochiq  –  bunda  to‘g‘ri  savollar  o‘z  xohishiga  qarab,  erkin  javob  berish 

mumkin. 



b)  YOpiq  –  bunda  savollarga  tayyor  javob  berilgan  bo‘lib,  o‘quvchi  ulardan 

birini tanlashi lozim. 

Anketa savollariga quyidagi talablar qo‘yiladi: 

1.Savollar aniq, tushunarli, sodda va qonkret bo‘lishi lozim. 

2.Anketaning  boshida  oson  savollar,  keyin  qiyin,  undan  keyin  eng  murakkablari, 

nihoyasida yana oson savollar berilishi lozim.  

3.  Bitta  xususiyatni  aniqlashga  bir  necha  savollar,  nazorat  qiluvchi  savollar  berilishi 

lozim. 


Anketa metodining ijobiy tomoni:     

 1) ommaviy o‘rganish imkoniyati; 

       2) informatsiya to‘plash tezligi; 

3)ma’lumotlarni analiz qilishda matematik metodlardan keng       foydalanish imkoniyati; 

      4) og‘zaki formada javob olish qiyin bo‘lgan savollarga javob 

olish imkoni; 

5) bir necha tadqiqotlar natijasini taqqoslash imkoni; 

6)natijalarni qayd etishning qulay usuli. 

SHuni  ham nazarda tutish  lozimki, anketa metodi shaxs  xususiyatlarining barcha sohalarini 

to‘la  o‘rganish  imkonini  bermaydi,  o‘quvchilar  turlicha  javob  berganlari  tufayli  ularni 

klasifikatsiya  qilishda  qiyinchiliklar  uchraydi,  javoblarning  ob’ektivligi  yuqori  emas,  chunki 

o‘quvchilar bunga vijdonan yondoshmasliklari mumkin. 

      Quyida  kichik  maktab  Yoshidagi  o‘quvchilarning  kommunikativ  (muloqatchanlik) 

xususiyatlarini aniqlash uchun mo‘ljallangan anketa tavsiya qilinadi. 




Download 0,91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   30




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish