orqali belgilanadi.
Tabiiy
eksperiment oddiy
Kuzatish — universal metod bo‘lib, turli vaziyatlarda ishlatiladi. Ilmiy kuzatish hayotiy (ilmiy
bo‘lmagan) kuzatishdan tubdan farq qiladi. Hayotiy kuzatish – kundalik hayotda, rejasiz amalga
oshirilib, turli tasodiflarga bog‘liq bo‘ladi. Kuzatish ilmiy bo‘lishi shu bilan bir qatorda
psixologik-pedagogik kuzatish bo‘lishi uchun bir qancha talablarga amal qilishi lozim:
1. Maqsadga yo‘nalganlik. Umuman o‘quvchini emas, balki uning shaxsiy sifatlari qonkret
namoyon bo‘lishini turli vaziyatlarda va faoliyatning har xil turlarida – o‘yin, o‘qish, mehnat,
muloqat jarayonida kuzatish.
2. Reja. Kuzatishni boshlashdan oldin muayyan vazifalar belgilanishi (nimani kuzatish), reja
tuzilishi (vaqti va vositalari), ko‘rsatkichlari aniqlab olishi (nimani qayd etish), bo‘lishi mumkin
bo‘lgan xatolar va ularni oldini olish yo‘llari, taxmin qilinayotgan natijalarni o‘ylab olishi lozim.
Bunda kuzatilayotgan xususiyat aniq belgilanishi lozim (ular ko‘p bo‘lmasligi zarur).
Kuzatishdan maqsad xulq-atvordagi topilgan kamchiliklarni to‘g‘irlash yo‘llarini ishlab chiqish
bo‘lmog‘i lozim.
3. Mustaqillik. Kuzatish yo‘l-yo‘lakay qilinishi lozim bo‘lgan emas, balki mustaqil ravishda
o‘tkazilishi kerak bo‘lgan vazifa bo‘lmog‘i lozim.
4.Tabiiylik. Psixologik-pedagogik kuzatish o‘quvchilar uchun tabiiy sharoitlarda o‘tkazilishi
lozim. U o‘qituvchining ishtirokisiz o‘tkazilishi zarurki, o‘quvchi kuzatilayotganini sezmasin.
5. Tizimlilik. Kuzatish o‘qituvchining xohishi bilan emas, balki doimiy reja asosida, tizimli
ravishda yoki rejalashtirilgan ma’lum oraliqdan so‘ng o‘tkazilishi zarur.
6. Ob’ektivlik. Kuzatish jarayonida o‘z taxminlarini emas, ob’ektiv fakt, harakat, o‘quvchilar
xulq-atvorining ob’ektiv xususiyatlarini qayd etish va shu asosda xulosa chiqarish lozim.
7. Qayd etish. Olingan barcha ma’lumotlar ma’lum tizimda qayd etilishi lozim. Olingan natijalar
kuzatish jarayonida yoki uni o‘tkazilgandan so‘ng darhol qayd qilishi kerak.
Biroq kuzatish metodining kamchiliklari ham mavjud. Bular :
1.Tekshiruvchining passiv holatni egallaganligi.
2.Qayd etishdagi xatolar.
3.Qaytarish imkonining yo‘qligi.
4.Natijalarni tahlil qilishdagi subektivizm.
Kuzatish metodining ijobiy tomoni shundaki, eksperimental ravishda o‘rganish imkoni
bo‘lmagan faoliyatni analiz qilish, o‘quvchi xulq-atvorini tabiiy sharoitda o‘rganish imkoniyati
mavjud.
Kuzatish pedagogik amaliyotda qo‘llaniladigan asosiy metodlardan biridir.Kuzatish
intervallari Yoshga bog‘liq bo‘lishi kerak.
Tug‘ilgandan 2 - 3 oygacha – har kuni
2 - 3 oydan - 1Yoshgacha – har hafta
Ilk bolalik ya’ni 1 – 3 Yoshda – har oyda
3 Yoshdan 6 – 7 Yoshgacha – yarim yilda 1 marta
7 – 11 Yoshda – 1 yilda 1 marta kuzatish o‘tkazilishi zarur.
Do'stlaringiz bilan baham: