8-Mavzu :Turizm industriyasi
“Turizm asoslari” fani o’qituvchisi: G.M.Turdiyeva
Reja
1.Turistik industriya (sanoat) haqida tushuncha.
2. Butunjahon turistik tashkiloti
3. Ovqatlantirishni tashkil etish
1.TURISTIK INDUSTRIYA (SANOAT) HAQIDA TUSHUNCHA
Turistik industriya (sanoat) - turizm jarayonida turistlar istе'moli uchun zarur bo`lgan turizm xizmatlari, ish va tovarlarni еtkazib beruvchi o`zaro muvofiqlashtirilgan tizimdir.
Jahonda ommaviy turizmning rivojlanishi turizm industriyasi va xo`jaliklarning bir - biriga bog`liq tarmoqlarini, din va madaniyatni, ta'lim tizimini shunday qizg`in ravishda rivojlanishini kеltirib chiqardi.
“Turizm to’grisida”gi qonunda keltirilgan sharh
3-bob. Turistik industriya
14-modda. Turistik industriya va turistik industriyadagi xizmatlarning turlari joylashtirish vositalari, transport, umumiy ovqatlanish obyektlari va ko‘ngilochar, ma’rifiy, ishbilarmonlik, davolash-sog‘lomlashtirish, jismoniy tarbiya-sport hamda boshqa maqsadga mo‘ljallangan obyektlar, turistik faoliyatni amalga oshiruvchi tashkilotlar, ekskursiya xizmatlarini ko‘rsatuvchi tashkilotlar majmui, shuningdek ekskursiya yetakchilarining, gidlar (gid-tarjimonlar) hamda yo‘riqchi-yo‘l boshlovchilarning xizmatlari majmui turistik industriyadir.
- Taraqqiyotning hozirgi bosqichida mamlakatning yoki turistik markazning ijtimoiy tuzilishidan qat'iy nazar, turizm sohasida turistik faoliyatni amalga oshiruvchi bir qancha turli xildagi korxonalar, chunonchi: turizmni tashkillashtiruvchi (turoperator va turistik agеntlik)lar, turistlarni tashuvchi va joylashtirish tizimi korxonalari, umumiy ovqatlanish shahobchalari, attraktsionlar va ko`ngilochar joylar, shuningdеk, bular bilan bog`liq bo`lgan boshqa turistik va unga yaqin xizmatlar (masalan, bank sohasidagi muassasalar, sug`urta xizmati va boshqalar) mavjuddir.
- Butunjahon turistik tashkiloti turizm sohasida yetakchi xalqaro tashkilot hisoblanadi. Turistik siyosat masalalarini muhokama qilishda global forum bo'lib xizmat qiladi. Shuningdek, turistik statistika va turizm sohasida amaliy texnologiyalar manbayidir.
- Birlashgan Millatlar Tashkiloti tizimining 158 ta ishtirokchi davlatni, 6 ta assotsiyalashgan hududni, kuzatuvchi maqomidagi ikkita hududni va 500 dan ortiq boʻlinmali tashkilotlarni birlashtirgan ixtisoslashgan hukumatlararo agentligi (2017 yil). UNWTO 1975 yil 2 yanvarda kuchga kirgan Nizom va unga ilova qilingan Moliyaviy qoidalar asosida ishlaydi va barqaror va qulay turizmni rivojlantirish bilan shug'ullanadi. Turizm sohasidagi yetakchi xalqaro tashkilot
Do'stlaringiz bilan baham: |