Sosial maqom – bu individning ijtimoiy iyerarxiyada egallagan, muayyan huquqlar, majburiyatlar va yashash uslublarini keltirib chiqaradigan nisbiy darajasidir. Maqom individlarga va ular tug’ilganda individning fazilatlaridan qat’iy nazar, shuningdek jins, yosh, oilaviy o’zaro aloqalar, kelib chiqish belgilariga ko’ra berilishi yoki raqobat kurashi jarayonida qo’lga kiritilishi mumkin. So’nggi zikr etilgan holat alohida shaxsiy fazilatlarni va insonning o’z kuch-g’ayratini talab qiladi. Bunday guruhlarning sosial sinflardan farqi shundaki, ular iqtisodiy holatning o’zigagina emas, balki hurmat-e’tibor va nufuzga ham asoslanadi. Muayyan maqom guruhi a’zolari asosan o’z guruhi doirasida bir-biri bilan o’zaro aloqa qiladi va yuqori yoki past maqomli odamlar bilan kamroq darajada o’zaro aloqalarga kirishadi.
Sosial stratifikasiyani amalda kasb etadigan shakl-shamoyillardan qat’i nazar, uning mavjudligi universaldir. Sosial stratifikasiyaning to’rt asosiy tizimi mavjud: qullik, kastalar, klanlar va sinflardan tashkil topadi.
Qullik bu stratifikasiyaning eng favqulotdagi shakli bo’lib, u kishilarni boshqalar tomonidan iqtisodiy jinsiy ekspluatasiya qilinishiga asoslanadi. Bu yopiq tizimdir, chunki unda kishilarni qul ko’rinishidagi o’z mulklari sifatida ko’rishgan.
Qullik amerika jamiyatida tarixiy omadsizlik emas. Bu mamlakatda qullik asosan uchta sohada keng rivojlangan edi: qishloq ho’jaligida, ichki qullik va jinsiy qullik. Yigirma birinchi asrnining dastlabki yigirma yillida norasmiy qullik shu darajada kuchayib ketdiki, AQSh Prezidenti bu holatni bartarf qilish uchun har yili mamlakatga murojaat qiladi. 56
Qullik sabablari. Bir odamning boshqa odamlarga egalik qilishi qullikning ajralmas belgisi hisoblanadi. Qullar qadimgi rimliklarda ham, qadimgi afrikaliklarda ham bo’lgan. Qadimgi Gresiyada qullar jismoniy mehnat bilan shug’ullangan va buning natijasida erkin fuqarolar siyosatda va san’atda o’z qobiliyatlarini namoyon etish imkoniyatiga ega bo’lgan. Qullik ko’chmanchi xalqlarga, ayniqsa ovchilar va termachilarga kamroq darajada xos bo’lgan.
Odatda qullikning uch sababi ko’rsatiladi:
1. Qarz majburiyatining mavjudligi. Bunda o’z qarzlarini to’lashga qurbi yetmagan odam qarz beruvchining quliga aylangan.
2. Qonunlarni buzish. Bunda qotil yoki talonchini qatl etish uni qulga aylantirish bilan almashtirilgan, ya’ni aybdor jabrlangan oilaga yetkazilgan zarar yoki musibat evaziga tovon haqi sifatida topshirilgan.
3. Urush, talonchilik hujumlari, bo’sundirish. Bunda odamlarning bir guruhi boshqa odamlar ustidan g’alaba qozongan va g’oliblar asirlarning bir qismidan qul sifatida foydalangan.
Do'stlaringiz bilan baham: |