mavzu / soat / juftlik


Fe`lning leksik-grammatik



Download 1,01 Mb.
bet61/82
Sana03.02.2022
Hajmi1,01 Mb.
#427817
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   82
Bog'liq
Umumiy

Fe`lning leksik-grammatik xususiyatlari

Shaxs va predmetning ish-harakati va holatini ifodalaydigan mustaqil so`zlar fe`l deyiladi. Masalan: Men olimlarga, ilohiyotchilarga, tarixshunoslarga hurmat-ehtirom ko`rsatdim va e‘zozladim. (A.Temur). Mehnat insonda ijodiy kuch uyg`otadi (Tafakkur jurnali).


Grammatikada harakat va holat tushunchasi juda keng. Fe`l holat, belgining yuzaga kelishi, o`zgarishi kabi jarayonlarni ham harakat tarzida anglatadi: o`rik gulladi, yaproqlar sarg`aydi, bola uxlayapti kabi.
Fe`llarning barchasi bir umumiy nima qilmoq? degan so`roqqa javob bo`ladi. Fe`l o`ziga xos morfologik belgilarga ega, ya`ni:

    1. ish-harakatning predmetga (to`ldiruvchiga) munosabati fe`ldagi o`timli va o`timsizlik ma`nosini hosil qiladi: o`qimoq, yozmoq - o`timli fe`l; o`tirmoq, chiniqmoq - o`timsiz fe`l;

    2. ish-harakatning bajarilishi haqidagi tasdiq yoki inkorni anglashilishiga ko`ra fe`llar bo`lishli va bo`lishsizlik ma`nosini bildiradi: ayt – bo`lishli, aytma – bo`lishsiz; bilgan – bo`lishli, bilgani yo`q – bo`lishsiz fe`l;

    3. ish-harakat bilan uning bajaruvchisi, obyekt va subyektlar orasidagi munosabat nisbat ma`nosini hosil qiladi: kiydi - aniq nisbat, kiyindi - o`zlik nisbat, kiyildi - majhullik nisbat, kiydirdi – orttirma nisbat;

    4. ish-harakatning voqelikka munosabati mayl ma`nosida aks etadi: bordi, bormoqda, bormoqchi - aniqlik mayli; boray, borgin, borsin - buyruq-istak mayli; borsa shart mayli;

    5. ish-harakatning nutq so`zlanib turgan payt bilan munosabati fe`ldagi zamon ma`nosini hosil qiladi: o`rgandim - o`tgan zamon, o`rganayapman - hozirgi zamon, o`rganmoqchiman – kelasi zamon;

    6. ish-harakatning biror grammatik shaxs (birlik yoki ko`plikda) tomonidan bajarilishi yoki bajarilmasligi fe`ldagi shaxs-son ma`nosida aks etadi. Fe`l shaxs-son qo`shimchalari bilan tuslanadi: qiziqdim, qiziqding, qiziqdi; qiziqdik, qiziqdingiz, qiziqdilar.

Demak, fe`l o`timli-o`timsizlik, bo`lishli-bo`lishsizlik, nisbat, mayl, zamon, shaxs-son ma`nolarini ifodalash kabi o`ziga xos morfologik belgilarga ega.
Shu bilan birga fe`lning sifatdosh, ravishdosh, harakat nomi kabi o`ziga xos vazifadagi shakllari ham mavjud ( ishongan odam – sifatdosh; ishonib, ishongach – ravishdosh; ishonish, ishonmoq kerak - harakat nomi). Fe`lning bu vazifadagi shakllari gapda ma`lum bir gap bo`lagi vazifasini bajarishga moslashgan bo`ladi.
Fe`l o`ziga xos maxsus so`z yasalish tizimiga ham ega: bahola, ulg`ay, tinchi, suvsira – affiksatsiya usul bilan yasalgan fe`llar; xursand bo`lmoq, javob bermoq, sotib olmoq - kompozitsiya usuli bilan yasalgan yasama fe`llar.
Fe`llarda modal shakl yasalishi ham mavjud, u o`z ichida turli xil qo`shimcha ma`nolarni aks ettiradi: kulimsira kuchsizlik, turtkila – davomiylik, yozib bo`ldi – tugallanganlik kabi.
Fe`l o`ziga xos sintaktik vazifalarga ham ega:

  1. sof fe`l gapda, asosan, kesim vazifasini bajarib keladi. Masalan: Insonni mehnat, odobni yaxshi fazilat bezaydi (Hikmatlar xazinasi);

  2. fe`lning vazifadosh shakllari sifatdosh, sifatlovchi-aniqlovchi, ravishdosh, hol, harakat nomi, ega, qaratuvchi-aniqlovchi, to`ldiruvchi kabi gap bo`laklari vazifasini ham bajarib keladi. Masalan: O`zingga yoqqan narsani boshqalarga ham ravo ko`r (Hadis namunalari). Dunyoda eng yomoni faqat o`zini bilib o`zgani unutib yashashdir (I.Karimov). Ilm-fanga intilish insonning eng oliy ma‘naviy harkatlaridandir (Pedagogika tarixi).

Download 1,01 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   82




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish