|
6-mavzu / 2 soat / 1 juftlik
So’zlarning shakl va ma’no munosabatiga ko’ra turlari
|
Reja:
Omonimlar
Sinonimlar (ma’nodosh so’zlar)
Antonimlar (zid ma’noli so’zlar)
Paronimlar
Mashg’ulot maqsadi:
Talabalarga so’zlarning shakl va ma’no munosabatiga ko’ra turlari haqida ma’lumot berish.
Mavzuni o’rganish natijasida talaba:
Talabalar omonimlar va ularning turlari, sinonimlar, sinonimik qator, antonimlar, paronimlar haqida asosiy qoidalarni bilib oladilar va amaliyotda qo’llash ko’nikmalariga ega bo’ladilar.
Mustaqil ishlash uchun adabiyotlar ro`yxati:
1. M.Hamroyev, D.Muhamedova, D.Shodmonqulova, X.G’ulomova, Sh. Yo’ldosheva. Ona tili. Darslik. MOLIYA-IQTISOD, Toshkent, 2007-yil. 81. 633.1 O -56 У-6793 (10 ta)
2. R.Ikromova, D.Muhamedova, M.Hamrayev. Ona tilidan mashqlar to’plami (o’quv qo’llanma) TDPU, Toshkent, 2009-yil. 81.633.1921994 И 37 (60 ta).
3. George Yule. The Study of Language. CAMBRIDJE UNIVERSITY PRESS. 2010.
4. Sh. Rahmatullayev. O`zbek tili omonimlarining izohli lug`ati. T., “O`qituvchi”, 1984, 49-50-betlar.
Yuqorida aytilganidek, leksemaning shakily (ifoda) tomoni deganda uning tovush tomoni, harfiy ifodasi, urg`u olish xususiyatlari nazarda tutiladi. Ana shular tilde leksik omonimiya degan hodisani yuzaga keltiradi. Leksik omonimiya leksemalar o`rtasidagi ifoda tomoni jihatidan teng kelib qolishdir. Bu hodisa o`z ichiga quyidagi guruh leksemalarni qamrab oladi:
Omonimlar - grеkcha homos – “bir xil”, onoma yoki onyma – “nom” dеgan ma'nolarni ifodalab, tovush tomoni ham, harfiy ifodasi ham, barcha grammatik shakllari ham bir xil, ammo mazmun tomoni har xil bo`lgan leksemalardir: ot (ism) – ot (hayvon), sir (davlat siri)–sir (idish siri).
Omonim leksemalar asosan bir xil so`z turkumi doirasida bo`ladi. Bularga ot (yosh – umr o`lchovi; yosh – ko`z yoshi), fe`l (betla – qarashga botinmoq; betla - sahifala), sifat (hur – ozod; hur – go`zal) turkumlariga xos omoleksemalar misol bo`ladi. Grammatik shakllar (kelishik, egalik, ko`plik, zamon, shaxs-son kabi) tizimiga ega bo`lmagan ayrim turkumga oid leksemalar ham o`zaro omonim bo`lishi mumkin (ham bog`lovchisi va ham yuklamasi o`zaro shunday omonimlik hosil qiladi).
Omonim leksemalarni ko`p ma'noli leksemalardan farqlash zarur. Ko`p ma'noli leksemalar qancha ma'noga ega bo`lmasin, bu ma'nolar o`zaro bitta bosh ma`noga bog`langan bo`ladi. Omonimlar boshqa-boshqa leksemalar bo`lgani uchun ularning ma'nolari o`rtasida bog`lanish bo`lmaydi.
Ko`p ma'noli leksemalar ma'nolari o`rtasida aloqa uzilsa, omonim vujudga kеladi: dam I – havo, dam II – temirchi bosqoni, dam III – lahza, nafas, dam IV – bog`lovchi, dam V – tig`, o`tkir joy, dam VI – havo yig`ilib yurishmay qolgan (ichi dam bo`libdi)33; Bu misollardagi dam I leksemasi ifodalagan “havo” manosi mazkur ko`p ma`noli leksemaning bosh ma`nosi bo`lib, qolganlari hosila ma`nolardir, lekin hozirgi o`zbek tili nuqtai nazaridan bu oltita leksema omonim leksemalardir, chunki ular orasidagi ma`no aloqalari uzilgan.
Omoformalar grеkcha homos – “bir xil”, forma – “shakl” dеgan ma'nolarni ifodalab, faqat ayrim grammatik shakllari bo`yicha teng keladigan leksemalar guruhidir.
Omoformalar har xil turkumlar doirasida mavjud bo`ladigan leksemalardir. Bularni nechta turkumga oid leksemalar ishtirok etishiga ko`ra quyidagi turlarga ajratish mumkin:
Do'stlaringiz bilan baham: |