Bu o’ta muhim qism. Mijozlarning telefon raqamlari, email manzillari, uy
manzillari, ishxona manzillari bazada yig’ib boriladi. Ularni qanday qilib olish
yig’adi. Evaziga do’konda chegirma tizimi joriy qiligan: anketa to’ldirganlar uchun
maxsus narxlar! Facebook sahifasida ham like bosganlar, postlarga fikr bildirganlar,
«MAZZA» bilan qiziqqanlar haqida so’rovnomalar orqali imkon qadar ko’proq
ma’lumot yig’iladi. Do’konga kelgan mijozlarga esa tezkor anketa to’ldirish taklif
etiladi va ularga bu ma’lumotlar xizmat sifatini yaxshilash, kelajakda do’kon
yangiliklaridan tezkor xabardor qilish uchun ekanligi tushuntiriladi. Qimmatli
Bu nega kerak?
»MAZZA» bazasida vaqt o’tgan sari 10 mingga yaqin email,
telefon raqam va uy manzillari yig’iladi. Keyinchalik do’kon bu ma’lumotlar
yordamida mijozlar bilan aloqa o’rnatadi. Har bir kishiga shaxsiy email yuboriladi.
Aynan “Salom, Anvar!..”, ko’rinishidagi shaxsiy xabarlar. SMSlar ham huddi shu
tarzda. Tug’ilgan kun yoki maxsus bayram munosabati bilan uyga / ishxonaga
yuboriladigan tabrik maktubi yoki kichik sovg’a esa «MAZZA» uchun eng qimmat
reklamadan ham ko’proq natija keltirishi mumkin.
Mijoz ta’bi
«MAZZA» imkon qadar kim qanaqa mahsulot sotib olayotganini o’rganadi. Buni
online yoki telefon orqali amalga oshirilgan buyurtmalarda kim buyurtma
berayotganligiga qarab aniqlab olish oson. Ammo do’konga kelib harid qiladiganlar
haridini kuzatish bir oz mushkul bo’lishi mumkin. Doimiy mijozlarga maxsus vaucher
kodi yoki chegirma kartochkasi berish orqali arzimagan chegirma evaziga qimmatli
ma’lumotni yig’ish mumkin. “Bu chegirma kartamiz, keyingi marta kelganingizda
undan foydalansangiz, … … mahsulotlarimizni chegirma asosida olishingiz mumkin”,
deyilsa bas! Kartochkadagi takrorlanmas raqam va undagi qo’shimcha kiritiladigan
ma’lumotlar orqali kim nima harid qilayotganini aniqlab olish mumkin.
Bu nega
kerak?
Vaqt o’tgan sari kim qaysi mahsulotni ko’proq sotib olayapti, kimga nima
yoqadi – bilib olish mumkin! Bu orqali aynan shu mijozga yoqadigan, maxsus
yo’naltirilgan reklamalar tayyorlash mumkin. Masalan, qulupnayli pirog uchun
chegirma boshlanganda ko’proq qulupnayli pirog harid qilganlarga SMS va email
orqali xabar yuboriladi.
Savdo aylanmasi
Qaysi mahsulot ko’proq sotilayapti, qaysi turdagisiga talab kuchliroq, qishda
nima yaxshi ketayapti, yozda qaysi biri haridorgir – bularning hammasi o’rganiladi. Bu
savdo va ishlab chiqarish sohasida juda qadimdan foydalanib kelingan analiz
bo’lganligi sababli, uning nima uchun kerakligiga to’xtalmaymiz.
Bu jihat ishlab chiqaruvchi/xizmat ko’rsatuvchi uchun yaxshi bo’lishi mumkin.
Ammo mijoz uchun bu analizning qanday ijobiy tomoni bor? O’rganilgan vaziyat
yaxshi tomonga o’zgaradi, analizlar asosida taqdim etilayotgan mahsulotlar har doim
iste’molchining istaklarini o’zida aks ettiradi. Shu jihatdan mijozlar sifatliroq xizmat
va mahusulotlardan bahramand bo’lishadi.
Do'stlaringiz bilan baham: