Risoladagidek CRM xususiyatlari
Misol keltiramiz. «MAZZA» do’koni shaharning gavjum ko’chalaridan birida
joylashgan. U o’zida ishlab chiqariladigan qandolat mahsulotlarini sotadi. Do’kon
egasi o’z mijozlari haqida ko’proq o’rganishni istaydi. Uning fikricha, mijozlar bilan
yaqin aloqalar o’rnatish orqali mahsulotlarini yanada ko’proq sotish va kattaroq
daromadga ega bo’lish mumkin. «MAZZA» uchun maxsus CRM tizimi ishlab
chiqilgan. U internetda ishlaydi va «MAZZA»ning rasmiy saytiga juda yaxshi
integratsiya qilingan. Bu tizimda hamma imkoniyatlar bor va unda «MAZZA»ning
imkon qadar barcha mijozlari haqida ma’lumot yig’ib boriladi. Quyida har bir
imkoniyatni birma-bir sharhlagan holda ko’rib chiqamiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |