3.Mavzuni asoslash
Har bir shifokor qoshiqlab dozalanadigan eritmalarga to`gri resept yozib berish, kattalar, bollalar va keksa yoshdagi bemorlar uchun dori shakllarining dozalarini hisoblash, dori vositalariga resept yozish to’g’risida bilim va ko’nikmalarga ega bo’lishlari lozim. Bu umumiy amaliyot shifokori va pediatrlar faoliyatida zarur bo’ladi.
4. Fanlararo va fan ichidagi o’zaro bog’liqlik
Bu mavzuni o`qitish, talabalarning kimyo va lotin tilini bilishlariga asoslanadi. Bu mashg’ulotlarda olingan bilimlar kelajakda barcha klinik fanlar, shu jumladan klinik farmakologiyani o’zlashtirishda zarur bo’ladi.
5. Nazariy qism
5.1. Nazorat uchun savollar
Farmakologiya fani nimani o`qitadi?
Farmakopeya nima?
Doza va uning qanday turlari mavjud?
Dori shakli nima?
Necha xil dori shakllari mavjud?
Resept va uning tuzilishi.
Necha hil resept blankalari mavjud.
Resept blankalarni to’ldirish qoidalari.
6. Mashg’ulotmazmuni:
6.1 Nazariyqismi
DAVLAT FARMAKOPEYASI
Farmakopeya (yun. pharmacon — dori, zahar va poieo– tayyorlayman) –dori moddalar sifatini belgilaydigan, tibbiyot va farmasiya qonunlarining umum davlat standartlari va nizomlari to’plamidir.
Har bir davlatning o’z farmakopeyasi bo’lishi mumkin va u Davlat farmakopeyasi deb ataladi.Ular Jahon Sog’liqni Saqlash Tashkilotiga (JSST) qarashli Xalqaro farmakopeya talablari asosida tuzilgan.
Davlat farmakopeyasi rasmiy dastur bo’lib, dori moddalari va vositalari bilan muomalada bo’luvchilar uning talablariga rioya qilishlari shart.
Farmakopeyada dori moddalarining nomlari, kimyoviy formulalari, fizik-kimyoviy xossalari, sifati, saqlash qoidalari, bir martalik va sutkalik miqdori (doza) beriladi. Unda zaharli (A ro’yxati - Venena) va kuchli ta’sir ko’rsatadigan (B ro’yxati - Heroica) dori moddalarning ro’yxati keltiriladi.
A ro’yxatiga (zaharli – Venena) buyurilishi, qo’llanilishi, dozalanishi va saqlanishi zaharlilik bilan bog'liq ravishda yuqori darajada ehtiyotkorlik bilan amalga oshirilishi lozim bo'lgan dorilar kiritilgan. Ushbu ro'yxat asosan qaramlikka sabab bo’ladigan dorilarni o'z ichiga oladi.
B ro'yxati (kuchli ta’sir qiluvchi – Heroica) tibbiy nazoratsiz qo’llanilganida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan asoratlar tufayli buyurilishi, ishlatilishi, dozalanishi va saqlanishi ehtiyotkorlik bilan tibbiy nazorat ostida amalga oshirilishi kerak bo’lgan dori vositalarini o’z ichiga oladi.
Farmakopeyaga kiritilgan dori moddalar – ofisinal (officina - dorixona) dorilar, unga kiritilmagan, shifokorning ko’rsatmasiga binoan dorixonalarda tayyorlanadigan dori vositalari magistral dorilar (magister - o`qituvchi) debataladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |