Mavzu №: qo‘l va oyoq skeleti suyaklarining tuzilishi. Ma’ruza rejasi


Oyoqning erkin turgan bo‘limidagi suyaklar



Download 28,22 Kb.
bet6/8
Sana16.03.2022
Hajmi28,22 Kb.
#493812
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
3Qo‘l va oyoq skeleti suyaklarining tuzilishi

Oyoqning erkin turgan bo‘limidagi suyaklar
Son suyagi - odam tanasining eng uzun va katta naysimon suyagidir. Uning yuqori uchida medial yoki ichki tomoniga qaragan sharsimon boshchasi, boshchasining pastrogida burchak bilan joylashgan bo‘yinchasi bor. Bu burchakning o‘rtacha kattalikdagi erkaklarda 130 ? teng, aellarda to‘g‘ri burchakni tashkil etadi. Son suyagining boshchasi tos suyagining quymich kosasi bilan birikib, o‘zining yuzasida chuqurchaga ega. Bu chuqurchaga yumaloq boylam birikadi.
Suyakning uzun bo‘yin qismi diafiz qismiga o‘tadigan joyida katta va kichik do‘nglari mavjuddir. Katta do‘ngcha tashqariga qaragan va uning asosida do‘ng chuqurchasi joylashgan. Kichik do‘ngcha ichkariga va orqaga qaragan. Bu do‘ngchalarga dumba muskullari birikadi. Suyakning oldingi yuzasida ikkala do‘ng o‘rtasida do‘nglararo g‘adir-budir chiziqlar, orqa yuzasida esa do‘nglararo qirra joylashagan.
Son suyagining orqa yuzasida g‘adir-budir chiziq bo‘ladi. Suyakning tanasi deyarli tsilindsimon shakldadir. Son suyagining pastki uchida ikkita do‘ng - medial yoki ichki do‘ng, lateral yoki tashqi do‘nglar joylashgan. Ular o‘rtasida do‘nglararo chuqurlik bor. Ichki do‘ng tashqi do‘ngdan kattaroq. Do‘nglar katta boldir suyagi bilan birikishi uchun bo‘g‘im yuzalariga ega. Old tomondan ikkala do‘ng umumiy bo‘g‘im yuzasini xosil qiladi, uning o‘rtasida do‘nglararo chuqurcha bor. Old tomondan chuqurcha tizza usti yuzasini xosil qilib, bu yuzaga tizza qopqog‘i taqaladi.
Son suyagi do‘nglarining ustida, ikki yon tomoniga chiqqan ichki va tashqi do‘ng usti tepaliklari bor.
Odam evolyutsiyasining takominlanishi natijasida tik yurish qobiliyati paydo bo‘ldi. Natijada tos va son suyaklarining tuzilishi o‘zgardi. Odamsimon maymunlarga nisbatan odamning son suyagi uzunlashdi va ingichkalashdi, tanasi old tomonga qarab buqilgan belgisi paydo bo‘ldi, orqa yuzasida esa g‘adir-budur chizig‘i kuchli darajada rivojlandi. Tizza qopqog‘i yoki tizza usti suyagi sonning eng yirik suyagi bo‘lib, u soninng to‘rt boshli muskul payining ichida yotadi va tizza bo‘g‘imni xosil qilishda qatnashadi. Tizza qopqog‘ining o‘tkir uchi pastga qaratilgan, keng asosi – yuqorida, bo‘g‘im yuzasi esa tog‘ay bilan qoplangan.

Download 28,22 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish