Boldir suyaklari ikki xil: katta va kichik bo‘ladi. Ular uzun naysimon suyaklardir, ular xar birining tanasi va ikki uchi bo‘ladi.
Katta boldir suyagining yuqorigi uchi ancha yo‘g‘onroq bo‘lib ikkita - ichki va tashqi do‘nglik xosil qiladi. Bu do‘nglar bo‘g‘im yuzalari orqali son suyagining do‘nglari bilan birikadi. Katta boldir suyagining tanasi uch qirrali. Suyakning anchagina bo‘rtib chiqqan oldingi qirrasi suyakning butun uzunligi bo‘ylab cho‘ziladi va oldingi qirrasi deb ataladi Oldingi o‘tkir qirrasi yuqorigi epifiz soxasida katta boldir suyagining g‘adir-budurligi bilan tutashadi. Oldingi qirra suyakning medial yuzasini lateral yuzasidan ajratadi. Medial qirra medial va orqa yuzalarni bir-biridan chegaralaydi. Suyakning pastki uchida ikki tomondan ichki to‘piq deb atalgan o‘simta bo‘lib, u pastga qarab yo‘nalgan. Suyak distal uchining pastki yuzasida tovon usti suyagi bilan birikadi. Boldirda joylashgan ikkita suyakdan faqat katta boldir suyagi son suyagi bilan birikadi va shuning uchun u eng pishiq va yo‘g‘on bo‘ladi.
Uzun va ingichka kichik boldir suyagi katta boldir suyagidan tashqarida yoki lateral tomonda joylashadi. Kichik boldir suyagining yuqorigi uchi yo‘g‘onlashgan bo‘lib, boshcha deb ataladi. Boshchaning uchi tashqi tomonga va orqaga qaragan. Boshchasi bo‘g‘im yuzasi bilan ta’minlangan bo‘lib, katta boldir suyagining yuqorigi epifizi bilan birikadi. Bosh bo‘yincha yordamida ingichka tanasiga o‘tadi. Tanasi uch qirrali bo‘ladi. Suyakning pastki uchi yo‘g‘onlashgan va to‘piqni xosil qiladi. To‘piq tovon usti suyagini tashqi tomondan qoplab turadi.
Boldir suyaklarining bir-biriga qaragan tomonida suyaklararo joylashagan g‘adir-budir qirralari bo‘lib, ularga ikkala suyakning bir-biriga yopishtirib turuvchi suyaklararo pardasi kelib birikadi.
Oyoq panjasining panja oldi suyaklari 7-ta bo‘lib, ular: tovon usti, tovon, kubsimon, qayiqsimon va uchta ponasimon suyaklardan iborat
Yuqorida joylashgan tovon usti suyagi tana va boshchaga ega. Tovon usti suyagining ostida panja oldi suyaklarining eng kattasi - tovon suyagi yotadi. Uning orqa tomonida yo‘g‘onlashagan joyda tovon bo‘rtig‘i bor. Suyak tanasining ust tomonida tovon ust suyagi bilan birikish uchun bo‘g‘im yuzalari bor. Tovon usti suyagi boshchasining oldida kubsimon suyak bilan yonma-yon va undan ichkariroqda – medial, oraliq va lateral ponasimon suyaklarni ajratish mumkin.
Panja suyaklari beshta kalta naysimon suyaklardan iborat. Ular panja oldi suyaklari - kubsimon va ponasimon suyaklaridan nariroqda joylashadi. Xar qaysi panja suyagida asosi, tanasi va boshchasi bor. Panja suyaklarning asoslari panja oldi suyaklariga taqalgan bo‘ladi.
Oyoq barmoqlari 3-ta falangalardan iboratdir, faqat 1 barmoq proksimal va distal falangalardan tashkil topgan. Xar bitta falangada asos, tana va boshcha tafovut etiladi. Proksimal falangalar uz asoslari bilan panja suyaklarining boshchalariga qaratilgan bo‘ladi. Xar bitta distal falanga o‘zining uchlarida g‘adir-budur yuza bilan tugaydi. Ba’zi sport turlarida oyoqlar uzunligi Bu suyaklarda jismoniy ish ta’sirida bo‘ladigan o‘zgarishlarni bilish lozim (gimnastika, futbol).