Mavzu №: qo‘l va oyoq skeleti suyaklarining tuzilishi. Ma’ruza rejasi



Download 28,22 Kb.
bet3/8
Sana16.03.2022
Hajmi28,22 Kb.
#493812
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
3Qo‘l va oyoq skeleti suyaklarining tuzilishi

QO‘LNING ERKIN TURGAN BO‘LIMIDAGI SUYAKLAR
Yelka suyagi uzun naysimon suyaklar guruxiga kirib, tanasi – diafiz va ikkita uchi – epifizlar tafovut qilinadi. Yelka suyagining o‘rganish davrida bu suyakning tanasi yuqori uchida naysimon shaklga eganligi, distal uchiga yaqinlashgan sari uchqirrali shaklga ega bo‘ladi. Proksimal uchida sharsimon boshchasi, katta va kichik do‘mboqlari joylashgan. Yelka suyagining boshchasi suyakning boshqa qismlaridan nozik egat xolida o‘tgan anatomik bo‘yincha orqali ajralgan. Do‘mboqlardan pastroqda, boshchani tanasiga birakadigan chegarada xirurgik bo‘yincha joylashgan. Aynan shu joyda suyakni sinishi kuzatiladi. Pastki yoki distal epifizda medial yoki ichki tomonda g‘altakka o‘xshash xosila joylashgan. Lateral yoki tashqi tomonida esa boshsimon do‘ngcha bor. G‘altak ustida old tomondan ancha kattaroq bo‘lgan tirsak chuqurchasi bo‘ladi. Bu chuqurchaga tirsak suyagining o‘sig‘i kiradi. G‘altak ustida orqa tomondan toj chuqurcha xosil bo‘ladi. Toj chuqurchaga tirsak suyagining tojsimon o‘sig‘i kiradi. Yelka suyagi o‘zining distal uchi bilan bilak va tirsak suyaklariga birikadi. Yelka suyagining pastki uchida ikki chet tomonidan medial va lateral tepachalar joylashgan. Tepachalar muskul va boylamlarni birikish joyi xisoblanadi.
Bilak suyaklari bilak va tirsak suyagidan iborat. Tirsak suyak pronatsiya holatida medial tomonda, bilak suyagi lateral tomonda joylashadi.
Tirsak suyagi uzun naysimon suyak bo‘lib, uning tanasi uchqirrali prizmaga o‘xshash. Proksimal epifiz yarim oy shakliga ega bo‘lib, uchida ikkita o‘simta joylashgan. Old tomondagi tojsimon o‘sig‘i bilan orqadagi tirsak o‘sig‘i oraligida g‘altaksimon o‘ymasi aniqlanadi va bu ikkala o‘siqlar o‘ymani chegaralab turadi. Tirsak suyagining pastki uchi yumaloq boshcha bilan tugaydi, uning orqasida bigizsimon o‘simta bor.
Bilak suyagining proksimal epifizi tsilindr shaklidagi boshchani xosil qiladi. Boshchaning ustki yuzasi botiq bo‘lib, yelka suyagining boshsimon do‘ngchasi bilan birikadi. Boshchani tanadan tor bo‘yincha ajratadi. Tanasi naysimon bo‘lib, yuzasida g‘adir-budirlik bor. Bu g‘adir-budurlikka yelkani ikki boshli muskulining payi birikadi. Bilak suyagining distal uchida, lateral tomondan bigizsimon o‘simta chiqib turadi. Pastki yuzasi esa kaft usti suyaklari bilan birikishi uchun botiq bo‘g‘im yuzani xosil qiladi. Distal epifizning medial tomonida esa tirsak uyigi joylashgan. Tirsak uyigi yordamida bilak suyagi tirsak suyagining boshchasi bilan birikib, bo‘g‘im xosil qiladi.

Download 28,22 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish