3.Qoziqlarni tushirish -kirgizish texnologiyasi. To‘ldiriladigan qoziqlarni qurish texnologiyasi.
Qoziqlar qurilish industriyasi korxonalaridan gruntga botirish uchun tayyor holda etkazib beriladi.
Gruntning tavsiflariga bog‘liq holda qoziqlarni o‘rnatishining bir qator metodlari mavjud, shu
jumladan, zarbali, vibrasiyali, bosim bilan, burab kiritish, yuvish va elektro osmosdan foydalanish,
shuningdek bu metodlarning turli xil kombinasiyalari.
Zarbali metod zarba energiyasidan (zarba yuklanishi ta’siridan) foydalanishga asoslangan
bo‘lib, bunda qoziq zarba ta’sirida o‘zining pastki o‘tkirlangan qismi bilan gruntga kiritiladi. U
botirilgan sari grunt zarralarini chetga, qisman pastga yoki yuqorigacha surib chiqaradi. Botish
natijasida qoziq uning botirilgan qismining hajmiga amaliy jihatdan teng bo‘lgan grunt hajmini
siqib chiqaradi. Bu gruntning oz qismi er sirtiga chiqariladi, katta qismi esa atrofidagi grunt bilan
arralanadi va gruntli asosni ancha zichlaydi. Qoziq atrofidagi sezilarli zichlangan gruntning zonasi
qoziqning 2...3 diametrini tashkil etadi.
Qoziqning kallochiga zarbali yuklanishni maxsus mexanizmlar vujudga keltiradi: bug‘-havo
to‘qmoqlari, ular to‘qmoq zarba beruvchi qismiga bevosita ta’sir ko‘rsatuvchi siqilgan havo yoki
bug‘kuchi ta’sirida xarakatga keltiriladi;
Dizel – to‘qmoq, ularning ishlashi yonuvchi gazlar energiyasini to‘qmoqning zarb beruvchi
qismiga uzatishga asoslangan;
Vibrobotirgichlar – ishchi arqonning tebranma harakatlarini qoziqqa uzatish (titrashdan
foydalanish);
Vibroto‘qmoqlar – qoziqqa metraj va zarb ta’sirining qo‘shilishi.
Vibrobotirgichlar va vibroto‘qmoqlar ko‘pincha katta diametrli quvursimon qoziq-
qobiqlarni botirishda, shpuntli qoziqlarni gruntga botirishda va sug‘irib olishda foydalaniladi.
Barcha turdagi to‘qmoqlarning ishchi sikli ikki shaitdan iborat: salt yurish, uning davomida
zarb beruvchi qismning ma’lum balandlikka ko‘tarilishi yuz beradi va ishchi yurish, uning
davomida zarba beruvchi qism qoziqqa zarba berish paytigacha katta tezlikda pastga harakatlanadi.
Bir qator qoziq qoquvchi to‘qmoqlarda ishchi yurishi zarba beruvchi qismning faqat massasi
ta’sirida yuz beradi, bunday to‘qmoqlar bir marta ta’sir ko‘rsatuvchi to‘qmoqlar deyiladi.
Karrali ta’sir qiluvchi to‘qmoqlarda maksimal ko‘tarilish nuqtasida zarb beruvchi qism
qo‘shimcha energiya oladi, qoziqqa bu energiya va to‘kmonning zarba beruvchi qismining massasi
ta’sir ko‘rsatadi. To‘qmoqning ishlashi jarayonida uning korpusi botirilayotgan qoziqning kollogida
harakatsiz qoladi, to‘qmoqning zarba beruvchi, qismi korpus ichida harakatlanadi. YOnish
energiyasi to‘qmoqning zarba beruvchi qismini chegaraviy balandlikkacha ko‘taribgina qolmay,
balki u og‘irlik kuchi ta’sirida pastga tushayotganda unga zarba bilan ham ta’sir ko‘rsatadi.
YOnilg‘i uzatish va uning yonishi zarba beruvchi qismning holatiga bog‘liq holda avtomatik tarzda
bajariladi.
Dizel-to‘qmoqlar
bug‘-havo to‘qmoqlariga nisbatan ancha yuqori unumdorligi,
foydalanishida oddiyligi, harakatlanishining avtonomligi va ancha qiymati pastligi bilan farq qiladi.
Avtonomlik ikki taktli dizel dvigatelning ishchi yurishi hisobiga ko‘tarilishi yo‘li bilan
ta’minlanadi.
Qurilish maydonlarida shtanchali va quvurli dizel-to‘qmoqlar (6.5-rasm) qo‘llaniladi.
SHtonchali dizel-to‘qmoqlarning zarba beruvchi qismi-pastdan ochilgan va yo‘naltiruvchi
shtanchalarda ko‘chuvchi xarakatlanuvchi silindrdir. Silindrning harakatsiz parshen ustiga
tushganida yonish kamerasida havo va yonilg‘i aralashmasi alangalanadi.
Aralashmaning yonishi natijasida hosil bo‘lgan gazlar silindrni yuqoriga otadi, shundan
so‘ng yangi zarba yuz beradi va sikl takrorlanadi.
Quvurli dizel-to‘qmoqlarda tovoni bo‘lgan qo‘zg‘almas silindr barcha konstruksiyaning
yo‘naltiruvchisi hisoblanadi. Zarba beruvchi qism-kollolli xarakatlanuvchi porshendir.
Aralashmaning alangalanishi porshen kallogining silindrning sferik chuqurligi sirtiga zarba
berganda yuz beradi.
6.5.-rasm. Dizel-to‘qmoqlarning sxemasi:
a-shtangali; b-quvurli; 1-harakatlanuvchi silindr; 2-yo‘naltiruvchi shtangalar; 3-porshen; 4-
harakatlanuvchi porshen; 5-kallak; 6-xarakatsiz (qo‘zg‘almas) silindr; 7-tayanch qismi.
Quvurli turdagi dizel-to‘qmoqning bosh afzalligi shtangaliga nisbatan shundaki, zarba
beruvchi qismning bir xil massasida ular ancha katta zarba energiyasiga (2...3 marta ko‘p) ega
bo‘ladi. To‘qmoqning zarba beruvchi qismining qoziq massasiga quyidagicha nisbat bo‘lishi
tavsiya etiladi: shtanchali to‘qmoqlar uchun 1,25; quvurlilar uchun – 0,5...0,7. YAkka tartibda
ishlovchi
to‘qmoqlar uchun 1 minutdagi zarblar miqdori 45...100 tani tashkil etadi, zarb beruvchi qismning
massasi 2500 kg gacha etadi. Xuddi shunga o‘xshash karrali
6.7-deb olsalar; 8-kollok; 9-prujina; 10-zarb beruvchi qial elektrodvigatel bilan; 11-blok; 12-
sandon.
Qoziqlarni gruntga vibrasiyalab botirish uchun vibrobotirgichlardan foydalaniladi, ularni
qoziq botiruvchi qurilmaning mochtasiga osiladi va qoziqning kallogi bilan bikr biriktiriladi.
Vibrobotirgichning ishlashi vibrotorning disbolonslari bilan yuzaga keluvchi gorizontal markazdan
qochma kuchlar o‘zaro bir-birini yo‘qotoishi prinsipiga asoslangan, bu vaqtda vertikal kuchlar
qo‘yiladi. Vibrotebranishlar amplitudasi va vibrotizim (unga qoziq, kalloklar va vibrobotirgich
kiradi) massasi gruntning qo‘shni qatlamlariga vibrosiyani, ularning bu tizimga ulanishni
ta’minlashi kerak, natijada qoziqning botirilgan qismi konturi ostida grunt donalarining
(zarralarining) siljishi ro‘y beradi.
Bu usuldan botirish tezligi 3,5...7m/minga etishi mumkin bo‘ladigan qumli gruntlarda, suvga
to‘yingan mayda va changsimon gruntlarda foydalanish maqsadga muvofiq. Bu usulda yaxlit va
ichi bo‘sh temirbeton qoziqlar, qoziq-qobiqlar, metall shpunt bajariladi.
Loyli va og‘ir suchlinik gruntlarda qoziq uchi ostida loyli yostiq vujudga kelishi mumkin
bo‘lib, u qoziqning ko‘tarish qobiliyatini 40%gacha kamaytiradi. SHuning uchun botirishning
oxirgi bosqichida, oxirgi 15...30 sm masofaga qoziq gruntga zarba berish usuli bilan botiriladi.
Diametri 1000 mm va undan ortiq bo‘lgan og‘ir temirbeton qoziqlarni va quvursimon
qoziqlarni botirishda qo‘llaniladigan past chastotali botirgichlarni tanlashda (420 tebr/minggacha)
ekssentriklar momenti va vibrotizimning massasidan engil gruntlar uchun kamida 7 marta ortishi
o‘rtacha hamdava og‘ir gruntlar uchun 11 marta ortishi zarur. Massasi 2 t gacha bo‘lgan engil
qoziqlarni va metall shpuntni qoziq uchun ostida katta peshona qarshiligini ko‘rsatmaydigan
gruntlarga botirish uchun yuqori chastotali (1500 tebr/min dan) pressarti pasangili vibrobotirgichlar
qo‘llaniladi, ular vibrotorning o‘zidan va unga prujinalar tizimi yordamida biriktirilgan unda
joylashtirilgan elektrodvigatel bilan birga prujinalar tizimi yordamida biriktirilgan qo‘shimcha
pasangidan iborat.
Vibrasion metod bog‘liq bo‘lmagan suvga to‘yingan gruntlarda eng samaradorlidir.
Qoziqlarni kam namlangan zich gruntlarga botirish uchun bu metodning qo‘llanilishi faqat etakchi
quduqlarni qurilishda ya’ni quduqlarni oldindan burg‘ulashda mumkin.
Eng universal usul qoziqlarni vibrato‘qmoq yordamida botirishning vibrozor ball usuli
xisoblanadi. Vibrato‘qmoq ishlaganda qoziqqa vibrasion ta’sir bilan bir qatorda qoziq bosimga
dinamik ta’sir ko‘rsatib, qoziqqa davriy ravishda urgich tushib turadi.
Prujinali vibroto‘qmoqlar eng ko‘p tarqalgan. Ularda vallarning qarama-qarshi yo‘nalishda
deb olsalar bilan aylanishida doimiy tebranishlar vujudga keltiradi. Urgich bilan qoziq sondoni
orasidagi oraliq tebranishlar amplitudasidan kichik bo‘lib qolganda urgich qoziqqa sondan orqali
davriy ravishda urib turadi. Vibroto‘qmoqlar o‘zi sozlanishi mumkin, ya’ni gruntning qoziq
botishiga qarshiligi ortishi bilan zarba energiyasini oshirishi mumkin. Vibroto‘qmoqning zarb
beruvchi qismining massasi temirbeton qoziqlarning botirilishiga nisbatan qoziq massasining
kamida 50%ga teng bo‘lishi va 650-1350 kgni tashkil etishi kerak.
Vibrozarba usuli bog‘langan zich gruntlarda qo‘llanilishi mumkin va bir paytda
vibrasiyalash xamda qoqish hisobiga vibrasiya usuli bilan bir xil quvvatda qoziqlarni gruntga 3...8
marta tezroq botirishga imkon beradi. Bunda vibrobotirgichning qoziq bilan bikir (mustahkam)
biriktirilishi ta’minlanishi kerak.
Vibro bosib kiritish (vibrobotirish) metodi qoziqqa vibrasion yoki vibrozarbali ta’sir va
statik posongi kombinasiyasiga asoslangan. Orqa rasmda traktor generatoridan ishlaydigan
elektrogenerator va ikki barobanli chig‘ir bor, oldingi ramada vibrobotirgichli yo‘naltiruvchi strela
va bloklar joylashtirilgan, bu bloklar orqali vibrobotirgichga chig‘irdan kelayotgan bosuvchi arqon
o‘tadi. Qoziq botiriladigan joy ustida joylashgan ishchi holatdagi vibrobotirgich qoziqni ko‘taradi
va uni mahkamlangan kollok bilan birga qoqiladigan joyga o‘rnatadi. Vibrobotirgich va chig‘irlar
ishga tushirilganda qoziq o‘z massasi hisobiga, va qoziqqa vibrobotirgich orqali bosib turuvchi
arqon uzatadigan traktor massasining bir qismi hisobiga bota boshlaydi. Qoziqqa bir vaqtda ressor
osti plitasi bo‘lgan past chastotali botirgich yuzaga keltirgan vibrasiya ta’sir ko‘rsatadi
Vibro bosib kiritish metodi ishchi agregatni siljitish uchun yo‘llar qurishni talab etilmaydi,
qoziqlarning shikastlanishiga va buzilishiga yo‘l qo‘yilmaydi. Ayniqsa uzunligi 6 m gacha bo‘lgan
qoziqlarni botirishda samaralidir.
Qoziqlarni bosib botirish yaxlit va quvursimon kesimi (3...5m) qisqa qoziqlar uchun
qo‘llaniladi. Statik bosib kiritish quydagi ketma-ketlikda amalga oshiriladi: qoziq agregatning
yo‘naltiruvchi strelasida vertikal xolatda o‘rnatiladi. Keyin qoziqning boshiga kallak tushiriladi va
mahkamlanadi, bu kallok baza mashinasidan (traktor, ekskovatordan) bosimni bloklar tizimi va
poliplastlar orqali bevosita qoziqqa beradi, qoziq esa shu bosim tufayli asta-sekin gruntga botadi.
Qoziq loyihadagi belgiga etgandan so‘ng botirish to‘xtatiladi, kallak echib olinadi, agregat yangi
pozisiyaga ko‘chib o‘tadi. Bir paytda ishga tushirilgan ikki mexanizmdan foydalangan holda statik
bosib kiritish qo‘llanilishi mumkin (6.8-rasm).
Qoziqlarni burab kiritish bilan botirish po‘lat uchlikka ega po‘lat va temirbeton
qoziqlarniavtomobillar yoki boshqa o‘ziyurar vositalar negizida montaj qilingan mobil qurilmalar
yordamida burab kiritishiga asoslangan. Bu usul ko‘pincha elektr uzatish, radioaloqa va boshqa
inshootlar liniyalari mochtalari ostidagi poydevorlarni qurishda qo‘llaniladi, bunda vintli
qoziqlarning ko‘taruvchi qobiliyatidan va ularning sug‘urib olishga qarshilik ko‘rsatishidan etarli
darajada foydalanish mumkin (6.9-rasm).
6.8-rasm. Qoziqni statik bosib kiritish bilan botirish sxemasi:
1-tayanch plitani tushirish va kallakni ko‘tarish
uchun chig‘ir va tortqi arqon; 2-strela
rastojkalari; 3-bloklar; 4-strela ramasi; 5-kallok,
bloklar bilan; 6-bosuvchi arqon (kanat); 7-
bosuvchi chig‘ir; 8-tayanch plita; 9-bosuvchi
kanatning ajratuvchi bloki; 10-qoziq; 11-rama;
12-traktor.
6.9-rasm. Qoziqlarni burab kiritish jarayoni
sxemasi:
a-bo‘sh gruntlarga botirishda uchlikning konstruksiyasi; b-o‘shaning o‘zi, zich gruntga botirishda;
v-qoziqni botirish sxemasi; 1-ishchi organning og‘ish reduktori; 2-ishchi argon (kabestan); 3-qoziq;
4-qoziqning uchligi; 5-chiqariluvchi tayanchlar.
Burab kiritish qurilmasi ishchi organdan, aylanish yuritmalaridan va ishchi organni
egishdan, gidrotizimdan, boshqarish pultidan, to‘rtta gidravlik chiqariluvchi tayanchlardan va
yordamchi qurilmadan tashkil topgan. Ishchi orgon kobestan-ikki juft tutqich va elektrodvigateldan
iborat mexanizm. Tutqichlar qoziqni siqib oladi va unga elektrodvigateldan olgan aylanishni
uzatadi. Vazifasiga bog‘liq holda (yuklanishni katta yuzaga uzatish yoki zich gruntlarga chuqur
kirish) uchliklarning vintli kuraklari diametri 3mgacha bo‘lishi mumkin, kuraklarning minimal
diametri 30smni tashkil etadi; qoziqlarning uzunligi 20mdan ortiq bo‘lishi mumkin.
Ishchi organning konstruksiyasi quyidagi operasiyalarni bajarish imkonini boradi: vintli
qoziqni ishchi organning quvuri ichiga tortish (qoziqqa dastlab inventar metall qobiq kiydiriladi),
qoziqni vertikaldan 0...45
0
chegaralarda berilgan burchak ostida botirilishini ta’minlash, qoziqni
gruntga bir vaqtda o‘q bo‘yicha kuchdan foydalangan holda aylantirish yo‘li bilan botirish. Bu
kuchni zarur bo‘lganda qoziqni gruntdan burab chiqarishda foydalanish mumkin. Ishchi organning
aylanishi tegishli reduktorlar orqali quvvatni tanlab olish qutisidan amalga oshiriladi.
Qoziqni burab kiritish metodi bilan botirishdagi ishchi operasiyalari qoziqni urib kiritish
yoki vibrobotirish metodlarida bajariladigan operasiyalarga o‘xshashdir. Faqat bu metodda kallokni
o‘rnatish va echib olish o‘rniga metall qobiq kiydiriladi va echiladi.
Vintli qoziq burab kiritilgandan so‘ng (quvurlarning diametri 1m ga etadi) uning ichki
bo‘shlig‘i beton bilan to‘ldiriladi.
Vintli qoziqlarni botirish tezligi kurakning dimetriga va gruntning tavsiflariga bog‘liq
bo‘ladi va 0,2...0,6m/min chegaralarida bo‘ladi.
Vintli qoziqlarning afzalliklari ularning yuqori ko‘tarish qobiliyatida, gruntga asta-sekin
botirish mumkinligida, salbiy kuchlanishlarni qabul qilishdadir.
Qoziqlarni gruntni yuvish yo‘li bilan botirish bog‘lamsiz va kam bog‘langan gruntlarda-
qumli va qumloq gruntlarda qo‘llaniladi. Gruntni yuvishni ko‘ndalang kesimi katta va uzun qoziqlar
uchun qo‘llash maqsadga muvofiqdir, lekin bu usulni osma qoziqlar uchun qo‘llash mumkin emas.
Bu usul shundan iboratki, qoziq uchi yaqinida qoziqqa maxkamlangan bitta yoki bir nechta
quvurdan bosim ostida oqib chiqayotgan suv ta’sirda grunt yumshaydi va qisman yuvilib ketadi
(6.10-rasm). Bunda qoziq uchi yaqinida gruntning qarshiligi kamayadi, qoziq bo‘ylab
ko‘tarilayotgan suv esa yaqinidagi gruntni yuvadi, bu bilan u qoziqning yon sirtlari bo‘yicha
ishqalanishni kamaytiradi. Natijada qoziq o‘zining massasi va unda o‘rnatilgan to‘qmoqning
massasi ta’sirida gruntga botib boradi.
Gruntni yuvish uchun diametri 38...62 mm bo‘lgan trubkalarning joylashishi yon tomondan
bo‘lishi mumkin, bunda uchligi bo‘lgan ikki yoki to‘rtta trubka (nayga) qoziqning yon tomonida
joylashgan bo‘ladi, yana markazda joylashgan bo‘lishi mumkin, bunda bitta yoki ko‘p oqimli uchlik
ichi bo‘sh bo‘lgan qoqiladigan qoziqning markazida joylashgan bo‘ladi. YOn tomondan yuvishda
markazdan yuvishdagiga qaraganda qoziqlarning yon sirtlari, bo‘yicha ishqalanish kuchlarini
kamaytirish uchun ancha qulay sharoitlar yaratiladi. YOn tomonda joylashganda yuvish naychalari
shunday mahkamlanadiki, bunda uchliklar qoziq uchidan 30...40 sm yuqorida joylashtirishi kerak.
6.10-rasm. Qoziqlarni botirib kiritish uchun gruntni yuvish:
a-gruntni yuvib, kvadrat qoziqlarni botirib kiritish; 1-to‘qmoq; 2-yuvish naychalarini tutib turuvchi
tros; 3-bosim beruvchi shlang; 4-yuvuvchi naylar; 5-qoziq; 6-yuvuvchi naylarning joylashishi; v-
yuvuvchi nayning uchligi.
Gruntni yuvish uchun naylarga suv kamida 0,5 MPa bosim ostida uzatiladi. YUvishda tovon
ostidagi grunt zarrachalari orasidagi ilashish kuchi va qisman qoziqlarning yon sirti bo‘yicha
ilashish kuchi buziladi, bu esa keyinchalik qoziqning ko‘tarish qobiliyatining pasayishiga olib
kelishishi mumkin. Qoziq keyinchalik yuklanishni qabul qilishi kerakligini hisobga olib, yuvib
botirish usuli faqat berilgan darajagacha amalga oshiriladi, keyin esa qoziq qoquvchi qurilma
yordamida u loyixadagi chuqurlikkacha qoqiladi (0,5...2,0m). Botirishning bu usulida unumdorlik
sof qoqishga nisbatan 30...40% ortadi. Suv uzatish to‘xtatilgandan va er osti suvlari sathi
barqarorlashgandan so‘ng grunt zichlanadi va qoziqni zich siqadi.
Agar yaqin joylashgan inshootlarning cho‘kishi xavfli mavjud bo‘lsa, shuningdek umuman
cho‘kadigan gruntlarda yuvish metodining qo‘llanilishi yo‘l qo‘yilmaydi.
Elektroosmasdan foydalanib qoziqlarni botirish suvga to‘singan zich loy gruntlarida, tog‘
jinslari soz tuproqlarida va loylarda qo‘llaniladi. Metodni amaliy jihatdan amalga oshirish uchun
gruntga botirilgan qoziqni o‘zgarmas tok elektr tarmog‘ining musbat qutbi (anod)ga ulanadi, uning
yonidagi-gruntga botirishga tayyorlab qo‘yilgan qoziq-manfiy qutb (katod)ga ulanadi. Tok
ulanganda musbat qutbli qoziq atrofida gruntning namligi keskin pasayadi, manfiy qutdli qo‘shnisi
atrofida esa, aksincha, keskin ortadi.
Ancha kamroq muhitda qoziq gruntga tezroq botadi, bu esa kichikroq quvvatli qoziq
qoquvchi qurilmaning qo‘llanilishiga imkon beradi.
Qoqish tugagandan va qoziqlar tok manbaidan uzilgandan so‘ng gruntga uning avvalgi
barqarorligi va uning namlik holati tiklanadi. SHu tufayli, faqat qoqilgan qoziq atrofidagi
namlikning kamayishi hisobiga uning ko‘tarish qobiliyati ancha ortadi.
Agar osmos metodida temirbeton qoziqlar qo‘shimcha ravishda metall polosalar (tasmalar)
bilan jihozlansa (ular qoziq yon sirtining 20...25%ini egallaydi), shuningdek qoqilgan qoziqni
anodga, metall polosalari bo‘lgan botiriladigan qoziqni katodga ulansa, u xolda shuning o‘zi sof
elektrosmos usuliga nisbatan mehnat sarflarini va botirish davomiyligini 20...30% qisqartirishga
imkon beradi. Qoziqlarni qoqishga nisbatan elektroosmosning qo‘shimcha xususiyatlaridan
foydalanish qoziqlarning gruntga botirish jarayonini 25...40% tezlashtirishga imkon beradi.
Qoziqlarni botirish ketma-ketligi. Qoziqlarni botirish ketma-ketligi ularning qoziqlar
maydonida joylashishiga va qoziqni botiruvchi qurilmaning parametrlariga bog‘liq bo‘ladi.
Qoziqlarni qoqish ketma-ketligi teskariga yoki ishlarni amalga oshirish loyixasi bilan belgilanadi, u
qoziq maydonining o‘lchovlariga va gruntlarning xossalariga bog‘liq. Uchta sxema qo‘llaniladi –
qatoplol, bunda bir qatordagi barcha qoziqlar ketma-ket qoqiladi; spiral-markazdan boshlab tashqi
qatordagi qoziqlarga tomon qoqib borish; seksion, bunda butun maydon qatorli sxema bo‘yicha
qoqish amalga oshiriladigan binoning eni bo‘yicha alohida seksiyalarga bo‘linadi. (6.11-rasm).
Spiral sxema qoziqlarni qoziqlar qoqiladigan maydonning markazidan chetlariga tomon
konsentrik aylanalar bo‘yicha botirishni nazarda tutadi, bu esa qoziq botiruvchi qurilmaning
minimal yo‘l uzunligini olishga imkon beradi.
6.11-rasm. Qoziqlarni qatorlab botirish tizimi sxemasi:
a-qoziqlarning alohida qatorlarda to‘g‘ri chiziqli joylashishida;
b-qoziqlarning yaproq bo‘lib joylashishida; 1...15-qoziqlarni
qoqish ketma-ketligi.
Bundan tashqari qoziqlarni botirishda uning atrofidagi
grunt qo‘shimcha ravishda zichlanadi. Spiral sxemada
yangidan qoqiladigan qoziqlar doim qoziq maydonining tashqi
cheti (konturi) bo‘yicha joylashtiriladi, shuning uchun qoziq qoqilgan maydonning kuchlanganligi
minimal ta’sir ko‘rsatadi.
Aloxida qoziqlar orasidagi masofalar katta bo‘lganda botirish ketma-ketligi asosan
texnologik mulohazalar bo‘yicha, avvalo foydalaniladigan qurilmalar bilan aniqlanadi. Minora
turidagi ayrim kopyorlarda mochtalari taxminan 1m ga siljiydigan chiqariladigan ramalariga
tayanadi. Bunday kopyorlar bilan bir turgan joyidan bir yo‘la ikki qatordagi qoziqlarni qoqish
mumkin, bu esa kopyorning harakatlanish yo‘lini va uning ko‘chishiga ketadigan vaqtni ancha
kamaytiradi. Turar joy binolarining er osti qismini qurishda bino kotlovonining chetki bo‘ylab relsli
yo‘l bo‘yicha ko‘chuvchi osma kopyorli qurilma bilan jixozlangan kranlar qo‘llaniladi.
Binolarning katta o‘lchamdagi qoziqli poydevorlarini qurishida ko‘prikli qoziq qoquvchi
qurilmani (6.12-rasm) qo‘llanish maqsadga muvofiq, bu qurilma kopyorli aravacha ko‘chadigan
ko‘chma ko‘prikdan iborat. Uzunligi 8...12m bo‘lgan ko‘priklar dizel-to‘qmoq bilan qoqiladi.
Ko‘prikli qoziq qoquvchi qurilmaning afzalligi qoziqlarni qoqiladigan joyiga aniq o‘rnatilishi
hisoblanadi, tsh bajariladigan hududda qoziqlarni oldindan joylashtirib chiqish qoziqni sudrab olib
kelish va kopyora mahkamlash operasiyalarini ancha qisqartiradi, bu esa ishlar unumdorligini va
sifatini ancha orttiradi.
Qoziqlarni botirishda qoziqni ortish metodi va qurilmasini tanlashda belgilovchi asosiy
omillar quyidagilar hisoblanadi: gruntning fizik-mexanik xossalari, qoziq qoqish ishlari hajmi,
qoziq.
Do'stlaringiz bilan baham: |