Mavzu : Poydevorlarni qurish texnologiyasi


Tasmali poydevorlarni qurish texnologiyasi



Download 1,21 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/8
Sana16.03.2022
Hajmi1,21 Mb.
#499008
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
мавзу-6lat

 Tasmali poydevorlarni qurish texnologiyasi 
Monolit tasmali poydevorlar. Devorlar ostiga tasmali poydevorlar asosan monolit yoki 
yig‘ma bloklardan quriladi. Monolit temirbeton tasmali poydevorlar quyi armaturalangan yoki kam 
armaturalangan poydevor devori ko‘rinishida quriladi, bino devorlari undan yuqori qilib quriladi 
Monolit temir betondan poydevorlar va devorlarni qurish jarayoni poydevorlar o‘qlarini yoyishni, 
opalubkalar qurishni, armaturani yig‘ishni va o‘rnatishni hamda betonlashni o‘z ichiga oladi. 
Poydevorlarni qurish texnologiyasini tanlash poydevorlarning va binolarning o‘zining konstruktiv 
echimlariga, shuningdek mavjud texnologik qurilmalar va mexanizmlarga bog‘liq bo‘ladi.
Opalubkaning turini tanlashga batonlanayotgan konstruksiyalarning ko‘rinishi va ularning 
takrorlanuvchanligi ta’sir ko‘rsatadi. Opalubkalar imkoni bor variantlar bo‘yicha texnik-iqtisodiy 
hisob kitoblar asosida tanlanadi. Belgilab beruvchi ko‘rsatkichlar – materiallar va mehnat sarflari, 
opalubkaning bir aylanmasi tannarxi. 
Uncha katta hajmda bo‘lmagan va oddiy shakldagi poydevorlarning ko‘p marta 
takrorlanishida joyiga kran yordamida o‘rnatiladigan inventar metall blok – shakllar qo‘llaniladi. 
Blok – shakllar ajralmaydigan, ajraladigan va transformasiyalanadigan qilib tayyorlanishi mumkin; 
troneformasiyalanuvchi blok – shakllar o‘z o‘lchovga shaklini elementlarini maxsus qurilmalar 
bilan surish, keyin qayd qilish yo‘li bilan o‘zgartiriladi. Ayrim hollarda fazoviy bloklardan yoki 
yirik shchitlardan qilingan po‘lat inventar opalubka, lesi yoki fazoviy temirbeton elementlardan 
ajralmaydigan opalubka, suvga chidamli fonerali palubasi bo‘lgan mayda va yirik shtichli opalubka 
qo‘llaniladi.
Armaturani montaj qilish to‘r va fazoviy sinchlar ko‘rinishidagi yiriklashtirilgan elementlar bilan 
quriladi. Poydevorning quyi armatura to‘ri opalubkani montaj qilingunga qadar o‘rnatiladi. Ximoya 
beton qatlamini yaratish uchun 1m qadam bilan shaxtam tartibida qayd qilgichlar o‘rnatiladi keyin 
armatura karkaslari o‘rnatiladi va ular qayd qilgichlar bilan mahkamlanadi. Sinchlardagi vaqtincha 
mahkamlagichlar ular so‘ng olib tashlanadi. To‘r va sinchlarning alohida sterjenlari o‘rnatilgan 
joyida payvandlab biriktirish zarur. Opalubka ishlari tugagandan so‘ng qamrovda opalubkani 
o‘rnatishga kirishiladi. 
O‘zgarmas ko‘ndalang kesimli tasmali poydevorlar opalubkalari poydevorlarning 
balandligiga bog‘liq holda yig‘iladi. 2...2,5 m balandlikda shchitlar ularni o‘zaro qulflarda biriktirib, 
ketma-ket vertikal holda o‘rnatiladi, vaqtinchalik inventar podkoslar bilan mahkamalanadi. Ularga 
tutqichlar biriktiriladi, keyin esa opalubka tekisliklari tortqichlar bilan biriktiriladi. Ikkinchi yarus 
shchitlari pastkilari ustiga o‘rnatilgan opalubka rixtovka qilingandan keyin maxkamlanadi va ular 
gorizontal qilib joylashtiriladi. Tasmali poydevorning balandligi 2,5 dan ortiq bo‘lganda 
opalubkaning konstruksiv echimi texnologik xaritada taklif etilishi kerak. 
Ko‘ndalang kesimi o‘garuvchan tasmali poydevorlarning shchitli opalubkalari avval poydevorning 
pastki (quyi) qismi uchun yig‘ilishi mumkin, opalubkaning yuqori qismi poydevorning pastki qismi 
betonlanguncha va betonlangandan keyin o‘rnatilishi mumkin. 
Beton qorishmasini yotqizishdan yotqizishdan oldin grutni asosni sinchiklab tayyorlab olishi kerak. 
YUmshoq organik va shunga o‘xshash gruntlar olib tashlanishi kerak, grunt navlangan joylarni 
zichlashtirilgan qum yoki shag‘al bilan to‘ldirish lozim. 
Temirbeton poydevorlarning monolitligiga erishish uchun betonlashni uzluksiz choklar hosil 
bo‘lishiga yo‘l qo‘ymasdan olib borish kerak. Beton qorishmasi 20...50 sm qalinlikdagi qatlamlar 
bilan yotqiziladi, xar bir keyingi qatlam avvalgisi zichlashtirilgandan so‘ng va odatda u tushishini 
boshlaguncha yotqiziladi. 
Tasmali poydevorlar konstruktiv xususiyatlariga bog‘liq holda bir, ikki va uch bosqichda 
betonlanadi (6.1-rasm)Bir bosqichli qatlamli betonlash to‘g‘ri to‘rtburchak kesimli tasmali 
poydevorlarni rasporda qurishda yoki ko‘ndalang kesim yuzi 3 m2 dan kam bo‘lganda 
o‘zgaruvchan kesimni qurishda qo‘llaniladi. Ko‘ndalang kesim yuzi 3m2 dan ortiq bo‘lganda 


bosqichli (pog‘onali) tasmali poydevorlar ikki bosqichda betonlanadi: avval pog‘onalar, keyin 
devor. Sinchli binolara qo‘llaniladigan ustunostili tasmali poydevorlar uch bosqichda betonlanadi. 
Binoning er osti qismi devorlarini betonlashning xususiyatlari devorlarning qalinligi va balandligi 
shuningdek opalubkaning turiga bog‘liq olinuvchi – ko‘chiriluvchi shchitli opalubka ikki yo‘l bilan 
o‘rnatiladi: avval bir tomondan devorning butun balandligiga, armatura o‘rnatilganidan so‘ng 
ikkinchi tomoniga o‘rnatiladi. Devorning balandligi va qalinligi katta bo‘lgandaikkinchi tomonning 
opalubkasini betonlash jarayonida yaruslar bo‘yicha o‘rnatiladi. Agar opalubka devorning butun 
balandligi bo‘yicha o‘rnatiladigan bo‘lsa, u holda opalubkada beton qorishmasini uzatish uchun 
teshiklar nazarda tutiladi. Qalinligi 0,5 m dan ortiq bo‘lgan devorlar opalubkasini butun devor 
bo‘yicha xartumlar yordamida yuqoridan beton qorishmasini uzatib qurish mumkin. 
Devorlarni betonlash texnologiyasi opalubkaning kostruksiyasiga bo0liq. Beton qorishmasini 
400...600 mm balandlikka orttirib borilayotgan opalubkaning o‘shanday chegaralardagi yarusi 
balandligida yaruslab yotqizish nazarda tutilishi mumkin. Devorlarni ajratiluvchi ko‘chiriluvchi 
opalubkada betonlashda uzluksiz (tanaffussiz) bajariladigan uchastkalarning balandligi 3m ortiq 
bo‘lmasligi kerak. Ishchi choklarsiz betonlanadigan devorlarning uchastkalari balandligi undan 
ortiq bo‘lganda beton qorishmasining cho‘kishi va cho‘kma yoriqlar xosil bo‘lishining oldini olish 
uchun betonlashda 40...120 min davom etadigan tanaffuslar qilish kerak. 
6.1-rasm Tasmali poydevorlarni betonlash: 
a) - beton qorishmasini uzluksiz 
uzatishda ustunli poydevorlarni 
betonlash; b)-o‘shaning o‘zi, 
pog‘onalab betonlashda: v- 
vibroxartumdan foydalanib 
betonlanadigan pog‘onali; 2-
fundamentning konstruktiv echimi; 
1-poydevor opalubkasi; 2-beton 
qorishmali bod’yalar; 3-ishchi maydoncha; 4-vibrator; 5-beton; 6-bo‘g‘inli xartum; 7- bo‘ylama 
armaturalash; 8-ko‘ndalang armaturalash; 9-betonli tayyorgarlik; 10-zichlashtirilgan grunt; 11- 
elimlanuvchi gidroizolyasiya. 
Devorning uzunligi 20m dan ortiq bo‘lganda u 7...10 m lik uchastkalarga bo‘linadi va 
uchastkalar chegarasida ajratuvchi to‘siq o‘rnatiladi. 
Poydevorlarni qurishda asosiy jarayon betonlash hisoblanadi, shuning uchun xar bir oqimdagi 
ishchilar soni (opalubkani o‘rnatish, armaturani joylash, betonlash, opalubkani ajratib olish) asosiy 
oqim bo‘yicha aniqlanadi. Barcha oqimlardagi ish bir xil me’yorda kechishi zarur. Oqimli ishlashli 
tashkil etish uchun poydevor va devorlar qamrovlarga ajratiladi, ular tarzida oraliq, oraliqning bir 
qismi yoki bir o‘qdagi poydevorlar xizmat qilishi mumkin. 
Yig‘ma tasmali poydevorlar hisoblash asosida armaturalangan yig‘ma poydevor yostiqlaridan iborat 
bo‘lib, ulardan yuqori qilib devorlar bloklari o‘rnatiladi. 
Temir beton poydevor plita-yostiqlari va betonli devor bloklari bir xil shaklga keltirilgan, 
nomenklatura ularning to‘rtta guruhga ajratilishni nazarda tutadi, bu guruhlarning har biri qabul 
qilayotgan yuklanishi bilan farq qiladi. Inshootning mustahkamligini oshirish uchun kuchsiz 
gruntlarda qurishda cho‘kishlarni birxillashtirish uchun va zilzilaga qarshi tadbirlar sifatida yig‘ma 
poydevorlar armaturalangan choklar bilan yoki poydevor yostiqchalari ustidan quriladigan yoki 
devorli poydevor bloklari oxirgi qatori ustidan binoning butun perimetri bo‘yicha bir sathda 
quriladigan temir beton tasmalar bilan kuchaytiriladi. 
Qumli gruntlarda poydevor bloklaribevosita tekislangan asosga yotqiziladi, boshqa 
gruntlarda–qalinligi 10sm bo‘lgan qumli yostiqqa yotqiziladi. 
Poydevorlar tovoni ostida to‘kma yoki yumshatilgan gruntni qoldirib bo‘lmaydi, uni olib 
tashlash va uning o‘rniga qum yoki shag‘al yotqizish kerak. Gruntli asosdagi 10sm ortiq 
chuqurliklar monolit beton bilan to‘ldiriladi. Bloklar qumli yostiqdan osilib qolmasligi uchun. 
Qumli asosning eni va bo‘yini poydevor o‘lchashlaridan 20...30sm kattaroq qilinadi.


Suv ta’minoti, kanalizasiya va boshqa kiritishlar quvurlarni yotqizish uchun uzilishlarni 
ta’minlash maqsadida. Poydevor bloklari loyihaga mos holda ularni joylashtirish sxemasi bo‘yicha 
joylashtiriladi (6.2.-rasm). 
Montaj qilishni devorlarning burchaklari va kesishish joylarida mayoq bloklarini 
o‘rnatishdan boshlaydilar. Poydevor bloki kran yordamida joylashtirishdan joyga uzatiladi, 
to‘g‘rilanadi va asos ustiga tushuriladi, loyiha xolatidan uncha katta bo‘lmagan chetlashishlar 
blokni montaj qilish lamchasi bilan tortib turilgan holdagi strapalarda siljitilib bartaraf etiladi. 
Bunda asos sirti buzilmasligi kerak. Blok rejada va balandligi bo‘yicha to‘g‘ri vaziyatni 
egallagandan so‘ng bog‘langan arqonlar olinadi. Tasmali poydevor bloklari va yon ozuxalari 
orasidagi uzilishlar montaj qilish jarayonida qo‘m yoki qumli grunt bilanto‘ldiriladi va zichlanadi. 
Poydevorlarni ustunlar ostiga montaj qilishda o‘rnatilayotgan bloklarning asosiy o‘qlarga nisbatan 
holati sinchiklab nazorat qilinadi. Nivelirlar yordamida bloklarning holati balandligi bo‘yicha 
nazorat qilinadi, stakan turidagi bloklarda stakan tubi belgilab tekshiriladi, boshqalarida esa 
blokning yuqori tekisligi tekshiriladi. 
Erto‘la devorlarini (devor bloklarini) montaj qilish yotqizilgan poydevor bloklari (yostiqlari) ning 
holati tekshirilgandan so‘ng va gidroizolyasiya qurilgandan so‘ng boshlanadi. Agar loyihada 
aloxida ko‘rsatmalar bo‘lmasa u xolda izalyasiya sifatida poydevorlarning tozalangan sirti bo‘yicha 
2...3sm qalinlikda qorishma yoyib chiqiladi; qorishma bir paytda tekislovchi qatlam vazifasini xam 
bajaradi. 
Montaj qilish sxemasiga muofiq poydevorlarda vertikal choklar o‘rnini belgilab, birinchi (pastki) 
qator devor bloklari vaziyati belgilab chiqiladi. Montaj qilish burchaklarda va devorlarning 
kesishishi joylarida bir-biridan 20...30 sm masofada mayoq bloklarini o‘rnatishdan boshlanadi. 
Mayoq bloklari o‘rnatilgandan so‘ng ularning ishlari satxida shnur prichalka tortiladi, unga ko‘ra
qator bloklari o‘rnatiladi. Bloklarning keyingi qatorlari quyida joylashgan qatordagi bloklarni 
joylashtirishni belgilab, o‘shanday ketma-ketlikda montaj qilinadi. Dastlabki ikki qator bloklar 
yotqizilgan poydevor bloklaridan o‘rnatiladi, undan keyingilari inventar xavozalardan o‘rnatiladi. 
Bloklar montaj qilinadigan qorishma markasi loyihada ko‘rsatiladi. 
6.2-rasm. Yig‘ma tasmali poydevorlarni montaj qilish: 
1-poydevor yostiqchasi; 2-devor bloki; 3-qumli tayyorgarlik; 4-
armaturali tasma; 5-qorishmadan to‘shak; 6-chokni monalit beton 
bilan yashash; 7-blokni bog‘lash. 
Montaj qilish kranini kotlavan chetiga joylashtirish mumkin, unda 
qamrov chegarasida avval barcha poydevor bloklari, keyin esa 
erto‘la devorlari bloklari montaj qilinadi. Agar kran kotlovan 
turgan bo‘lsa, u holda erto‘la poydevorlari va devorlari montaj 
qiluvchi kran zonaga ikkinchi marta kiralmosligidan kelib chiqib 
(u erda er satxidan balandroq qilib bloklar yotqizilgani uchun), alohida uchastkalar bo‘yicha 
o‘rnatiladi. 

Download 1,21 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish