6
-mavzu
:
Poydevorlarni qurish texnologiyasi
Reja:
1.Umumiy qoidalar. Lentali poydevorlarni qurish texnologiyasi.
2.Monolit plitani qurish texnologiyasi. Urib kirgizaladigan qoziq va shpuntlarni konstruksiyasi.
3.Qoziqlarni tushirish -kirgizish texnologiyasi. To‘ldiriladigan qoziqlarni qurish texnologiyasi.
4.Rostverklarni qurish texnologiyasi. Qoziq ishlarini qabul qilish. Sifatning nazorati
.
Tayanch iboralar:
Tasmali poydevorlar, yig‘ma tasmali poydevorlar, bog‘lovchi to‘sinlar, mayda va yirik shtichli
opalubka, poydevor plitalari, rezarvuarlar turi, tunnellar
1.Poydevorlar qurish texnologiyasining umumiy qoidalar. Lentali poydevorlarni
qurish texnologiyasi.
Sanoat binolari va inshootlari o‘z massasidan
yuklanishini shu jumladan, foydali
yuklanishini poydevorlar orqali tuproq (gruntli) asosga beradi. Asosning va unga ta’sir ko‘rsatuvchi
yuklanishning ko‘taruvchi yuklanishning ko‘taruvchi
qobiliyatidan kelib chiqib, poydevorlarning
konstruktiv echimlari turlicha bo‘lishi mumkin.
Ko‘pchilik kam qavatli fuqarolik va sanoat binolari uchun tasmali poydevorlar to‘g‘ri keladi.
Tasmali poydevorlar yuklanishini asos gruntlariga asosan tovoni orqali uzatuvchi mayda qo‘yilmali
poydevorlar qatoriga kiradi. Bunday poydevorlar ochiq kotlovanlarda barpo etiladi.
Tayyorlash
sharoitlariga ko‘ra ular bevosita kotlavanda quriladigan monolit (yaxlit) poydevorlarga va zavodda
tayyorlangan elementlardan montaj qilinadigan yig‘ma poydevorlarga bo‘linadi.
Tasmali poydevorlar bino devorlari yoki ustunlar qatoridan jumladan yukni asosga uzatish uchun
foydalaniladi. Rejada ular bittali (yakka) yoki kesishma tasmalardan iborat bo‘lmish mumkin;
yakka tasmalar devorlar
ostiga quriladi, kesishmalari esa ustunlar to‘ri ostiga quriladi. Bir qavatli,
shu jumladan sanoat binolari uchun yaxlit poydevorlar o‘rniga ko‘pincha
ustunli poydevorlar
qo‘llaniladi, ular ustunlar orqali bino sinchidan yuklanishlarni va rand-to‘sinlar (bog‘lovchi
to‘sinlar) orqali devorto‘sig‘i yuklanishlarini qabul qiladi.
Tasmali poydevorlarning ancha chuqur joylashtirilishi kotlovanlarni binoning butun yuzi bo‘ylab
ishlab berishga majbur qiladi. Odatda ishlov beriladigan gruntni (tuproqni maydondan olib chiqish
va kozuxlarni yana to‘ldirish uchun tuproqni yana olib kelishga majbur qiladi.)
Ko‘tarish qobiliyati kuchsiz bo‘lgan gruntlarda poydevorlarni qurish chuqurligi ancha orttiriladi, bu
esa tasmali poydevorlarni tayanch qismi rivojlangan xolda qurishga majbur etadi, bu esa o‘z
navbatida beton sarfining keskin oshishiga olib keladi.
Ko‘p qavatli binolar qurishga o‘tilishi asosga tushadigan yuklanishlarning ortishiga olib keladi, bu
esa yuqori yuklanishlarni qabul qilishga qodir poydevorlarning yangi
konstruktiv echimlarini
topishni yoki qoziqli poydevorlardan foydalanishni talab etdi. Qoziqlar turli xil binolar va
inshootlar ostidagi poydevorlarni qurish, kuchsiz gruntlarning ko‘tarish qobiliyatini orttirish uchun
qo‘llaniladi, gruntli qoziqlar esa kotlovanlar devorlarini buzilishidan mustaxkamlashda qo‘llaniladi.
Yig‘ma tasmali poydevorlar o‘rniga qoziqli poydevorlarning qo‘llanilishi
qazish ishlarini keskin
kamaytiriga , poydevorlar va erto‘la devorlarini qurish uchun monolit yoki yig‘ma temirbeton
hajmini kamaytirishiga, ish muddatlarini va poydevorlarni qurish qiymatini
qisqartirishga imkon
beradi. Qoziqli poydevorlar tasmali poydevorlardan farqli ravishda kattaligiga ko‘ra kichik va ancha
tekis cho‘kishlar bilan tavsiflanadi.
O‘ta yuqori qavatga ega binolar uchun, kuchsiz gruntlarda, asosning turlicha ko‘tarish qobiliyatida
barpo etilayotgan binoning turli qismlari ostida va boshqa texnogen omillar ostida poydevor sifatida
butun inshoot ostiga monolit plita (yaxlit poydevor) quriladi. Poydevor plitalari rejada faqat
cho‘kish
choklari bilan qirqiladi, plitalar binoning bikirligini (mustaxkamligini) va poydevorning
hamda inshootning er usti qismining birgalikda ishlashini ta’minlaydi.
YAxlit poydevorlar
inshootning ayrim qismlarining notekis cho‘kishini keskin kamaytiradi.