- Shikastlangan joyni kesish shakli
- a-ichki konussimon; b-tashqi konussimon; v-qarama-qarshi konussimon; 1-protektor; 2-breker; 3-karkas
- Shinalarni yamash uchun jihozlar
-
- Shinalarni yamash uchun maxsus jihozlar ishlab chiqarilgan yoki ular ATK sharoitida tayorlanishi mumkin.
- Kameralarni ATK da ta’mirlash - kameralar ishga yaroqliligi aniqlangandan so’ng yamaladi. Ishga yaroqli kameralarning qotib qolgan joylari yo’q, yirtiq joylarining bo’yi 50 mm dan, eni 5 mm dan oshmasligi kerak. Teshiklar oddiy yoki pishmagan rezinaga 1:8 konstertrastiyali kley surtilib va yirtiq joyga yopishtirilib jihoz yordamida yamaladi. Oddiy rezina esa charxda dag’allashtiriladi, kley surtilgan teshikka yopishtiriladi va qirralariga 8:10 mm kenglikda pishmagan rezina yopishtirib apparat yordamida yamaladi. Kameralar plitalar ustiga maxsus siqgichlar yordamida siqiladi va 15-20 minut davomida yamaladi.
- Shina va kameralarni yo’l sharoitida ta’mirlash
- Yo’l sharoitida shinalarni teshigi qo’ziqorinsimon tiqinlar yordamida berkitiladi.Tiqin shinani ichki tomonidan maxsus bigiz yordamida tiqiladi.
- Kameralar esa pishmagan rezina bilan, yo’l sharoitiga mo’ljallangan yamash moslamalari yordamida yamaladi. Yo’lda yamash moslamasi, maxsus vint yordamida bir-biriga yaqinlashtiriladigan yassi plitkalardan iborat bo’lib, ularga ichidan qizdirish elementlari o’rnatilgan bo’ladi, hamda akkumullyator batareyasi yordamida ishlaydi.
- Shina teshiklarini ta'mirlash uchun moslama:
- a-qo'ziqorincha; b-tiqin; v-qo'ziqorinchani nina quloqli bigiz yordamida o'rnatish; g-qo'ziqorinchani o'rnatish moslamasi; d-tiqinni o'rnatish sterjeni
4-mavzu bo’yicha xulosa - 4-mavzu bo’yicha xulosa
- Xulosa qilib aytganda elektr jihozlari tizimida asosiy nosozliklar akkumulyator batareyasida, o’t oldirish tizimida, uzgich-taqsimlagich, to’g’rilagich-rele, generatorda va boshqa qismlarda paydo bo’ladi.
- AKB ga TXK da uning sirti jipsligi, elektrolit sathi va zichligi, qarshilik bilan kuchlanishni tekshirishdan iborat. O’zbekiston sharoitida akkumulyator batareyalaridagi elektrolit zichligi 1,25 gsm3 bo’lishi kerak.
- Akkumulyator batareyasi uch oyda bir marta batareya haqiqiy sig’imining 110 dan 113 gacha tok kuchi bilan zaryadlanadi.
- Avtomobillarda batareyali, kontaktli-tranzistorli, kontaktsiz-tranzistorli va elektron o’t oldirish tizimi qo’llaniladi.
- O’t oldirish tizimiga texnik xizmat ko’rsatishda taqsimlagichni davriy ravishda moylab turish, uning kontaktlari orasidagi tirqishni tekshirish va rostlash, detallarning holati hamda tozaligini kuzatib borish lozim.
- Elektr jihozlarida, ya’ni generator, tok to’g’rilagich, relesozlagich, starter, elektr simlari, o’lchov-nazorat yoritish asboblarida uchraydigan nosozliklar va ularning alomatlari, ularning texnik holatini tekshirish, sozlash va joriy ta’mirlash ishlari to’g’risida ma’lumotga ega bo’lindi.
Do'stlaringiz bilan baham: |