- YURISH QISMIGA TXK
- 1-TXK ning ish hajmiga amortizatorlar, oldingi va orqa osmalarning holati hamda mahkamlanishini tekshirish, g’ildirak gupchagi podshipniklaridagi va buriluvchi stapfa shkvorenlaridagi lyuftlarni o’lchash, shuningdek, ramani va oldingi o’q to’sinining holatini baholash kiradi. Moylash xaritasiga mos ravishda, grafik bo’yicha, buriluvchi stapfa shkvorenlarining sharnirli tayanchlari yoki podshipniklari moylanadi. Shinalar holati va ulardagi havo bosimi tekshiriladi, zarur bo’lsa me’yoriga keltiriladi.
- 2-TXK da yuqorida aytib o’tilgan ishlarga qo’shimcha ravishda oldingi va orqa ko’priklarning to’g’ri o’rnatilganligi, oldingi g’ildiraklarni o’rnatish burchaklari tekshiriladi hamda zarur bo’lsa rostlanadi, oldingi va orqa ressoralarning barmoqlari, uzangisimon tortqilari hamda xomutlari, amortizatorlar va ressora yostiqchalari mahkamlanadi, g’ildirak podshipniklariga minimal tirqishlar qo’yiladi.
Amartizator va g’ildiraklarga TXK va T ishlari (statik, dinamik muvozanatlash) texnologiyasi - Amartizator va g’ildiraklarga TXK va T ishlari (statik, dinamik muvozanatlash) texnologiyasi
- Rama va osmalarga texnik xizmat ko’rsatish. Ramani ko’rikdan o’tkazib, uning geometrik shakli va o’lchamlaridagi o’zgarishlar, darzlar mavjudligi, lonjeronlar va ko’ndalang to’sinlar egilganligi, ressora, ressoraostligi va amortizatorlar kronshteynlarining ramaga mahkamlanishi tekshiriladi.
- Amortizatorlarga texnik xizmat ko’rsatish ularning mahkamlanishini tekshirish, eyilgan rezina vtulkalarini o’z vaqtida almashtirish, jipsltgini nazorat qilishdan iborat bo’ladi. Agar amortizator o’z xossalarini yo’qotgan va sirtida suyuqlik oqqan bo’lsa, ta’mirlanadi, sinovdan o’tkaziladi, so’ng avtomobilga o’rnatiladi. Avtomobil gupchagi podshipniklarini sozlash tormoz barabanini erkin holda aylanishi vaqtida bajariladi. Gupchakning sozlovchi gaykasini oxirigacha, buragich yordamida tortiladi va GAZ avtomobillarida 15 aylanishga orqaga aylantiriladi, ZIL avtomobillarida esa eng yaqin shplint o’rnatuvchi teshikkacha orqaga buraladi. Podshipniklarning va gupchakning ichki qismi surkov moyi bilan to’ldiriladi va gupchak qalpog’i o’rnatiladi. Shkvoren birikmasining eyilishi T1 asbobi yordamida aniqlanadi. Asbob indikatori avtomobilning oldingi ko’prigiga o’rnatiladi. G’ildirak osib qo’yiladi va indikatorning o’lchash sterjeni tayanch tormoz diskining pastki qismiga keltiriladi. Agar shkvoren birikmasida eyilish bo’lsa, g’ildirak tushirilganda indikator uning kattaligini ko’rsatadi. Birikmadagi tirqish 1,5 mm gacha bo’lsa, avtomobil foydalanishga yaroqli deb hisoblanadi.
- Boshqarish g'ildiraklarining o'rnatish burchaklari:
- a-burilish ustinining bo'ylama og'ish burchagi,
- b-g'ildirakning og'ish burchagi,
- v-burilish ustinining ko'ndalang og'ish burchagi,
- A, B-yaqinlashuv o'lchami kattaligini aniqlovchi o'lchamlar, V-rul tortqilari sharnirlari orasidagi masofa
Do'stlaringiz bilan baham: |