Mavzu : Intelektual mulk himoyasi Reja: I. Kirish



Download 0,6 Mb.
bet1/4
Sana07.07.2022
Hajmi0,6 Mb.
#753278
  1   2   3   4
Bog'liq
1 amaliy kiberhuquq



Mavzu : Intelektual mulk himoyasi
Reja:


I.Kirish
1. Intellektual mulk o’zi nima ?
II.Asosiy qism
2. Soha haqida tushuncha.
3. Patentlar iqtisodiy rivojlanishga zamin yaratadi.
4. Yutuqlar yaxshi, ammo kamchiliklar ham yetarli.
III.Xulosa
IV.Foydalanilgan adabiyotlar


Intellektual mulk o’zi nima ?
Joriy yil 12 oktyabrda Prezidentimiz raisligida intellektual mulk ob'ektlarini muhofaza qilish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari yuzasidan o'tkazilgan yig'ilishda sohaga oid qonunchilikni takomillashtirish, intellektual mulk himoyasini kuchaytirish hamda har bir soha va tarmoqqa ilmiy yutuqlarni olib kirish masalalari muhokama etildi.
Shu o'rinda bir savol tug'iladi. Xo'sh, intellektual mulk o'zi nima? Nima sababdan intellektual mulk muhofazasi va rivojiga e'tibor bu qadar kuchaymoqda?
Bu savollarga javob sifatida shuni aytish mumkinki, intellektual mulk inson tomonidan yaratiladigan ijodiy aqliy faoliyat mahsuli hisoblanadi. Intellektual mulk iqtisodiyot rivojlanishining tarkibiy qismlaridan biridir. Iqtisodiyoti rivojlangan mamlakatlarning deyarli barchasida intellektual mulk rivojiga katta e'tibor qaratilgani sababli, ularning investitsiyaviy jozibadorligi yaxshilangan, intellektual mulkning ichki yalpi mahsulotdagi ulushi keskin ortgan. Misol uchun, intellektual mulk Evropada yalpi ichki mahsulotning 45 foizini, Xitoyda 12, Rossiyada esa 7 foizni tashkil etadi.
Bugungi texnologik taraqqiyotda intellektual mulk har bir mamlakat iqtisodiyotining rivojlanishida muhim ahamiyat kasb etmoqda, davlatning global iqtisodiyotdagi raqobatbardoshligini belgilab bermoqda. SHundan kelib chiqqan holda, intellektual mulkning iqtisodiyotga keltiradigan foydasini quyidagi misol orqali ko'rish mumkin. 2019 yil AQSHda umurtqa mushak atrofiyasini davolash uchun yangi dori vositasi ishlab chiqilgan bo'lib, uning patent narxi 2 million AQSH dollaridan oshadi, bu dunyodagi eng qimmat dori hisoblanadi.
Bugungi kunda O'zbekistonda ham intellektual mulkni rivojlantirish va uni huquqiy himoya qilish borasida bir qator ishlar amalga oshirilib kelinmoqda. Intellektual mulk agentligi 2019 yilda Adliya vazirligi tizimiga o'tkazilgani natijasida ushbu sohani takomillashtirish bo'yicha keng ko'lamli ishlar amalga oshirildi. Adliya vazirligi tashabbusi bilan intellektual mulk sohasini rivojlantirish maqsadida tizimli islohotlar amalga oshirib kelinmoqda.
Jumladan, ushbu sohaga korruptsiyaga qarshi kurashish mexanizmlari joriy etildi. Agentlik amaliy tajribaga ega bo'lgan kadrlar bilan to'ldirildi va ularni moddiy rag'batlantirish choralari kuchaytirildi. Intellektual mulk huquqlarini himoya qilish jarayoniga ilk marotaba 200 dan ortiq hududiy adliya organi jalb qilindi. Shuningdek, ochiqlik va shaffoflik printsipini ta'minlash maqsadida intellektual mulkni davlat ro'yxatidan o'tkazishda talabnomalarni qabul qilish jarayoni to'liq elektron shaklga o'tkazildi.
Bundan tashqari,intellektual mulk ob'ektlarining huquqiy muhofazasini yanada kuchaytirish maqsadida Adliya vazirligi tomonidan kiritilgan takliflarga asosan, intellektual mulk sohasida sodir etilgan ma'muriy huquqbuzarliklarga belgilangan ma'muriy jarimalar miqdori 3-4 baravar oshirildi.
Ma'muriy javobgarlik to'g'risidagi kodeksga mualliflik huquqini va turdosh huquqlarni buzish hamda ixtiroga, foydali modelga va sanoat namunasiga bo'lgan huquqlarning buzilishi yuzasidan yangi normalar kiritildi.
Adliya vazirligi tomonidan qisqa muddat ichida qilingan ushbu ishlar intellektual mulk sohasini har tomonlama rivojlantirish va ob'ektlarining ishonchli huquqiy himoya qilishga xizmat qilmoqda.
Albatta, bu ijobiy ishlar bilan bir qatorda intellektual mulk sohasida ayrim muammo va kamchiliklar hanuzgacha saqlanib kelmoqda. Davlatimiz rahbari tomonidan o'tkazilgan yig'ilish davomida bu borada bir qator ustuvor vazifalar belgilab berildi. Xususan, Intellektual mulk agentligi, barcha tarmoq va sohalar hamda hududlarga intellektual mulk muhitini tubdan yaxshilash, bunda har bir idora, tarmoq va sohaga intellektual mulk ob'ektlarini kiritish yuzasidan qonunchilikni takomillashtirish, barcha vazirlik va idoralar, oliy o'quv yurtlari, ilmiy-tadqiqot muassasalari va hududlar bilan birga, keng muhokamalar asosida intellektual mulk sohasini rivojlantirishning aniq vazifalarini qamrab olgan uch yillik dasturni ishlab chiqish vazifasi topshirildi.
Jahon intellektual mulk tashkiloti mutaxassislari ko'magida intellektual mulk ob'ektlarini baholovchilar tayyorlash tizimini yo'lga qo'yish, ixtirolar, foydali modellar, sanoat namunalari va selektsiya yutuqlarining “elektron yarmarkasi”ni tashkil etish lozimligi ta'kidlandi. Patent egalarini tadbirkorlar bilan bog'lab berish, tadbirkorlarning mahsulotlarini “brend”ga aylantirish dasturi va “elektron maydonchasi”ni ishlab chiqish, har bir hududda yiliga kamida 4 marta brendlar yarmarkasi, ko'rgazmalarni o'tkazishni amaliyotga joriy etishga e'tibor qaratildi.
Intellektual mulk ob'ektlari yaratuvchilariga xarajatlarni qoplash, patent egalarini mukofotlash kabi imtiyozlar tizimini joriy etish, “Sanoat mulki ob'ektlari platformasi”ni yaratish, tadbirkorlarni intellektual mulkni yaratish va himoya qilish asoslariga o'qitish bo'yicha muntazam faoliyat yuritadigan qo'shma dasturni yo'lga qo'yish kabi muhim vazifalar belgilab berildi.
Adliya vazirligi bu yo'nalishda kelgusida bir qator ishlarni amalga oshirishni rejalashtirgan. Jumladan, Jahon intellektual mulk tashkiloti bilan hamkorlikda buyuk britaniyalik mutaxassislarni jalb etgan holda, “O'zbekiston Respublikasining Intellektual mulkni rivojlantirish sohasidagi milliy strategiyasi”ni ishlab chiqish ko'zda tutilgan. Intellektual mulk sohasidagi huquqbuzarliklar uchun yuridik shaxslarning korporativ mas'uliyatini belgilash, xalqaro tajribani inobatga olgan holda, intellektual mulk ob'ektlarini ro'yxatdan o'tkazishda tezkor ekspertiza tartibini kiritish, intellektual mulk sohasidagi huquqiy himoyani yanada kuchaytirish maqsadida Intellektual mulk kodeksini ishlab chiqish rejalashtirilgan.
Barcha chora-tadbirlar intellektual mulk sohasini yanada takomillashtirish, shu jumladan, tadbirkorlik va innovatsion faoliyatni rivojlantirishga qaratilgan zurur shart-sharoitlarni yaratish, intellektual mulkning ishonchli huquqiy himoyasini ta'minlash va, albatta, investitsiyaviy jozibadorlikni yuksaltirish orqali mamlakatimizning xalqaro maydondagi imijini yanada yaxshilashga xizmat qiladi.

Download 0,6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish