Mavzu : Amaliy landshaftshunoslik Landshaft planirovkasi Reja


Landshaftlarni qishloq xo’jaligi nuqtai nazardan planirovka qilish



Download 27,95 Kb.
bet4/5
Sana28.04.2022
Hajmi27,95 Kb.
#588756
1   2   3   4   5
Bog'liq
hayotjon landshaftshunoslik

3. Landshaftlarni qishloq xo’jaligi nuqtai nazardan planirovka qilish. Landshaftlar geografiyasi tabiiy hududiy komplekslarni vujudga keltiradigan komponentlarning birligi va o‘zaro taqozosi, ularning birlikda vujudga keltirgan geografik komplekslarning taraqqiyoti hamda geografik joylashishi haqidagi fan ekan, u umumiy ta‘limiy ahamiyatga molik bo‘lishdan tashqari, katta xalq xo‘jaligi qurilishlari vazifalari bilan ham uzviy bog‘langandir.
O‘tgan asrning so‘nggi choragida Yer haqidagi tabiiy fanlar erishgan ulkan muvaffaqiyatlar tabiatning turli komponentlari o‘rtasida mustahkam aloqalar mavjudligini qayd qilish bilan birga hududni xalq xo‘jaligi ishlab chiqarishi maqsadlarida o‘rganishda komplekslikka, ya‘ni landshaft tamoyiliga amal qilish mumkinligini tasdiqladi. Bu har bir o‘rganilayotgan joydagi tabiiy hududiy komplekslarda mavjud bo‘lgan tabiiy imkoniyat va resurslarni aniqlash va undan xo‘jalikda foydalanish imkoniyatlarini ko‘rsatib berish degan so‘zdir.
Qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishi sohasida landshaft va tabiiy geografik rayonlashtirish kartalari, ayniqsa katta masshtabli kartalari qishloq xo‘jalik ekinlarini tabiiy zona ichida joylashtirishda va agroximik tadbiriy-choralarni belgilashda katta yordam beradi. Har bir qishloq xo‘jalik mutaxassisi u yoki bu hududdagi sharoitlarning bir xilligini yoki uning qandaydir bir yo‘nalishda o‘zgarib borishi mumkinligini e‘tiborga oladi.
Ilmiy jihatdan asoslangan tabiiy rayonlashtirish qishloq xo‘jaligini to‘g‘ri rejalashtirishga, zarur agrotexnik meliorativ choralarni ishlab chiqishga imkon beradi. Dehqonchilikda ekinlarni zonalar bo‘yisha joylashtirish uchun tuziladigan tavsiyanomalarda alohida zona va regionlarning ishki tuproq-iqlimiy, geomorfologik tafovutlari hisobga olinishi, shuningdek, yangi sug‘orilayotgan yerlar o‘zlashtirilayotganda, tuproqning suv hamda shamol eroziyasining oldini olish choralari tanlanayotganda albatta hududning provinsial xususiyatlariga e‘tibor berilishi zarur. Masalan, Markaziy Farg‘onaning ba’zi yerlarida tuproqning sho‘r bosichini keltirib chiqaradigan yer osti suvi sathini pasaytirish talab qilinsa, unga qo‘shni bo‘lgan bir hududda tuproqdagi namni saqlash, uchinchi bir yerda esa, tuproqning shamoldan to‘zib ketishiga qarshi kurash choralarini ishlab chiqish talab etiladi va hokazo.
Farg‘ona vodiysining tekislik tog‘ oldi va adir qimlarining har birida o‘ziga xos eroziya jarayonlari ro‘y beradi. Har bir landshaftda eroziyaning biror turi boshqalariga nisbatan kuchliroqdir. Chunonchi, G‘arbiy va Markaziy Farg‘onaning o‘rta qismidagi qumli cho‘l landshaftida shamol eroziyasi va akkumulyasiyasi, Shimoliy va Sharqiy Farg‘onaning adirlar landshaftida tuproqning yuzlama yuvilishi kuchli ro‘y beradi (31-rasm). Shuning uchun ham bunday jarayonlarga qarshi kurash choralari tavsiya etilayotganda joyning mahalliy xususiyatlari albatta hisobga olinmog‘i kerak.
Landshaft kartalari va shu landshaft kartalari asosida tuzilgan tabiiy
geografik rayonlashtirish kartalari har bir joyning mahalliy tabiiy xususiyatlari haqida aniq ma‘lumot beradi. Biroq ko‘p hollarda, ayniqsa irrigatsiya ishchi nasoslari qurish sohasida, irrigatsiya sistemalari landshaftning tarkibiy qismi ekanligi hisobga olinmaydi. Landshaft komponentlari kompleks holda o‘rganilmaydi. Deyarli hamma hollarda irrigatsiya sistemalarining loyihasini tuzishda tabiiy sharoit kompleksining birgalikdagi roliga ahamiyat bermasdan, faqat relyef e’tiborga olinadi. Shuning uchun ham A.V. Dunin-Barkovskiy turli tabiiy sharoitlardagi irrigatsiya sistemasining ishini xarakterlovchi omillarni analiz qilib, rayonlashtirishning tabiiy geografik tamoyili sug‘orish sistemalarini loyihalash, qurish va ekspluatasiya qilish maqsadlariga to‘liq javob beradi, deb ta‘kidlaydi. Binobarin, sug‘orish kanali kesib o‘tgan trassa landshaftlarining xususiyatlari har tomonlama o‘rganilmasa, katta masshtabdagi landshaft morfologik strukturalari kartalariga asoslanmasa, bunday sug‘orish kanalnning iqtisodiy afzalligi haqida o‘ylash maqsadga muvofiq bo‘lmaydi.
Shuning uchun ham A.V. Dunin-Barkovskiy landshaftshunoslarning ishlariga asoslanib, sug‘orish sistemalarining xususiyatlarini geografik zonalar (cho‘l, shala cho‘l va dasht) bo‘yisha qarab chiqadi, zonalar ichida esa tipologik komplekslarga e‘tibor beradi. Irrigatsiya qurilishlari nuqtai nazaridan cho‘llar zonasini tog‘, tog‘ etagi tekisliklari, pasttekislik cho‘llari kabi balandlik mintaqalariga bo‘ladi: pasttekislik cho‘llarini tiplarga (qayir, yuqori va past terrasalar, konussimon yoyilmalar, quruq deltalar, hozirgi allyuvial tekisliklar va h.k.) ajratadi.

Download 27,95 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish