1924-1991- YILLARDA O’ZBEKISTONDA TA’LIM TIZIMI VA
PEDAGOGIK FIKRLAR RIVOJI.
Tarixdan ma`lumki, sobiq Sovet davlati, xalqi o`z boshidan kechirgan og`ir
davrlardan biri ikkinchi jahon urushi yillaridir. O`sha davrda mamlakatimiz yoshlarini,
xususan respublikamiz yoshlarini yuqori axloq ruhida, ayniqsa vatanparvarlik, do`stlik,
mehnatsevarlik, ongli intizom, fidokorlik, birdamlik ruhida tarbiyalash avj olib ketdi.
Bu tarixiy sharoit taqozosi edi. 1941 yil 22 iyunda fashistlar Germaniyasi hujum
qilmaslik haqidagi bitimni buzib, urush e`lon qilmay turib sobiq Sovet Ittifoqiga
bostirib kirdi.Sobiq Sovet Ittifoqi hamma xalqlarni Vatanni yakdillik bilan mudofaa
qilish uchun otlantirdi. Sharqda mash`al — O`zbekiston ham himoyaga o`zining
munosib hissasini qo`shdi.Kishilar fabrika va zavodlarda, shaxta va temir yo`llarda,
kolxoz, sovxoz va MTS larda — hamma joyda “Hamma narsa front uchun, hamma
narsa g`alaba uchun” degan shior ostida fidokorona ishladilar. Butun kuch, vosita va
imkoniyatlar Vatan mudofaasiga, dushman ustidan g`alaba qilishga safarbar etildi.
Mudofaa fondi tuzish, tanklar, samolyotlar hamda boshqa jangovar texnikalar qurish
uchun
mablag`
yig`ishda
umumxalq
harakatining
avj
olishi
xalqlarning
vatanparvarligini yana bir bor isbot etdi.Mamlakatlar mudofaa fondiga pul, qimmatbaho
narsalar,
davlat
obligatsiyalari,
xullas
kimda
nima
bo`lsa,
hammasini
topshirdilar. Urushning dastlabki kunlaridayoq birgina Toshkent shahrining o`zida
mudofaa fondiga 5,5 million so`mdan ortiq pul yig`ildi. Vatan uchun belgilangan
shanbaliklar vatanparvalik ruhi ostida o`tdi.Dushman vaqtinchalik bosib olgan erlardagi
anchagina zavodlar, fabrikalar, ishlab chiqarish korxonalari, turli muassasalar
O`zbekistonga ko`chirildi. O`zbekiston ularni joy, ishchi kuchi bilan ta`minladi. Buning
ustiga frontdagi armiyani oziq-ovqat va kiyim-kechak bilan ta`minlash asosan o`zbek
xalqi zimmasiga tushdi. Ishchi kuchi etishmaganidan qishloq xo`jalik mahsulotlarini
yig`ib-terib olish ancha orqaga cho`zilib ketmoqda edi. Sobiq SSSR Oliy Sovet
Prezidiumining 1942 yil 13 fevralda chiqargan “Urush yillarida mehnatga qobiliyatli
bo`lgan barcha kishilarni ishlab chiqarish sohasiga va qurilishga jalb qilish
to`g`risida”gi farmoni mamlakat ichkarisidagi ishlarni birmuncha izga soldi.
Ikkinchi jahon urushi davrida maktablarning o`quv dasturlari sharoitga
moslashtirildi. Sobiq SSSR Xalq Komissarlari Soveti 1943 yil iyul oyida bir qator yirik
shaharlarda o`g`il bolalar bilan qiz bolalarni alohida o`qitishni joriy etdi. Masalan:
O`zbekistonda alohida o`qitish 1943 yil sentyabrdan boshlab Toshkent shahrida amalga
oshirildi. 1 dekabrdan boshlab yana 4 ta yirik shaharlarda — Buxoro, Urganch,
Farg`ona va Marg`ilonda amalga oshirildi.Urush yillarida harbiy-fizkultura darslari
soati ko`paydi. harbiy o`qish 1-sinfdan boshlab o`tila boshlandi, harbiy ta`lim faqat
o`g`il bolalarga emas, qiz bolalarga ham o`rgatila boshlandi.
O`quvchilar BGTO, GTO, VS normalarini juda yaxshi o`zlashtirib, havo harbiy
hujumiga qarshi kurashish malakalarini egalladilar.
Yuqorida eslatib o`tganimizdek, urushning dastlabki kunlaridan boshlab urushga
ketayotgan joylardan O`zbekistonga ko`plab yosh bolalar va kattalar evakuatsiya
qilingan edi. 1942 yilda evakuatsiya qilinganlar soni 716 mingga etdi.1943 yilda
O`zbekiston hududida 154 ta bolalar uyi bor edi. Bolalar uyining soni 1945 yilga kelib
242 taga, undagi tarbiyalanuvchilar soni esa 31.500 ga etdi.Urush davrida o`qituvchilar
sonini ko`paytirishga alohida e`tibor berildi. Chunki ko`pchilik pedagoglar frontga
safarbar qilinganligi uchun Respublika bo`yicha 1940—1941 o`quv yilida 36267 nafar
o`qituvchidan 30616 kishi qoldi. Frontga ketgan o`qituvchilar o`rnini to`ldirish uchun
qisqa muddatli o`qituvchilar tayyorlash kurslari ochildi. 1941 yildan 1943 yilgacha bu
kurslarni 16 ming o`qituvchi bitirib chiqdi. Boshqa sohada ishlayotgan o`qituvchilar
ham maktabga qaytarildi. Mahalliy maktablar uchun o`qituvchilar tayyorlash ishiga,
ayniqsa, o`zbek xotin-qizlaridan ko`proq jalb etish zarurligi alohida qayd
etildi.Shaharlardagi maktablarda o`qish uch smenada olib borilar edi. Bu hol esa tabiiy
holatda ta`lim-tarbiya jarayonini qiyinlashtirishga olib kelgan edi. Darslar 40 minutga
qisqargan. Ashula va rasm darslari umuman o`tilmagan.Kitoblarning etishmasligi
tufayli o`qituvchilar og`zaki tushuntirishga katta e`tibor berdilar.
Yangi o`tiladigan dars o`qituvchi tomonidan doskaga yozilar, o`quvchilar uni
daftarga ko`chirib olishar edi.Sharoit taqozosi bilan ko`pchilik o`quvchilar ham
maktabda o`qib, ham qishloq xo`jalik ishlarida faol qatnashdilar. Barcha ishlab
chiqarish muassasalarida, zavod va fabrikalar qoshida kurslar ochilib, o`quvchilar
o`qishdan ajralmagan holda mehnat qildilar. O`zbekiston mahalliy Sovetlari, sobiq
SSSR XKS ko`rsatmasiga binoan, 1943 yilning 1 yanvaridan boshlab 8—10-sinf
o`quvchilarini hamda katta yoshdagi o`zbek o`qituvchilarini o`qish haqi to`lashdan ozod
etdi. Qozoq, qirg`iz, tojik, qoraqalpoq, turkman va boshqa mahalliy xalqlar bolalari ham
o`qish haqi to`lashdan ozod bo`lishdi.1942 yilning boshida sobiq SSSR Xalq
Komissarlari Soveti qishloq xo`jalik asoslarini maktabda o`qitiladigan fanlardan biri
sifatida kiritish haqida buyruq chiqardi. Davlatning maxsus ko`rsatmasiga binoan 1943
yildan boshlab ba`zi maktablarda o`quv ishlab chiqarish ustaxonalari ochila
boshlandi.Ikkinchi jahon urushi g`alaba bilan tamom bo`lgach respublika xalq ta`limi
urushdan keyingi yillarda bir qator jiddiy qiyinchiliklarni engib o`tishga to`g`ri
keldi.Urush davrida maktablar tarmog`i birmuncha qisqargan, o`quvchilar soni ham
shunga yarasha kamaygan edi. Ko`pchilik o`quvchilar turli sinflardan o`qishni tashlab,
frontga, front uchun qurol-aslaha ishlab chiqaradigan zavod va fabrikalarga ishga ketib
qolishdi.
O`sha yillarda yangi maktab binolari qurilmaganligi va eski maktablarni o`z
vaqtida ta`mirlanmaganligi sababli ko`p maktab binolari o`quv jarayonini maromida
tashkil etish va gigiena talablariga javob bermas edi.Urushdan keyingi dastlabki yillarda
o`quvchilarning maktabni tashlab ketishi garchi birmuncha kamaygan bo`lsa ham, har
holda davom etaverdi. Tuman xalq maorif bo`limlari mudirlari, maktab direktorlari va
ta`lim bo`yicha direktor muovinlarining 60% dan ko`prog`i tegishli ma`lumotga ega
emasdi. 1950 yilda 7125 maktab o`qituvchilarga muhtojlik sezardi.Rasmiy Hokimiyat
soxta proletar baynalmilalligini amalda kuchaytirish maqsadida maktablarda rus tili va
adabiyotini kengroq o`qitishga urg`u berdi. Natijada 60-yillarda O`zbekiston tarixi,
o`zbek tili va adabiyoti, chet tili, musiqa va ashula darslari hajmi keskin qisqardi va ular
o`quv rejasida belgilanganidan haftasiga 16,5 soat kamayib ketdi. Ulardan bo`shagan
soatlarga esa rus tili va adabiyoti fani o`qitildi. Masalan, o`qituvchilar «XIX asrni
ikkinchi yarmi — XX asr boshlarida o`zbek adabiy muhiti», «Milliy madaniy
jarayonlar» to`g`risidagi mavzularda dars o`tishi lozim bo`lgan soatlarda rus
madaniyatining «progressiv» ahamiyatini ko`rsatib berishga majbur bo`ldilar. Natijada
boy va ko`hna o`zbek xalqi tarixini o`rganishga 52 soat ajratilgan holda boshlang`ich
maktablarda rus tili va adabiyoti fanlari uchun 1600 soat ajratilgan. Xalq xo`jaligini
tiklash hamda rivojlantirish sohasida urushdan keyingi birinchi besh yillikda o`ziga xos
jiddiy kamchiliklarga duch kelindi. Birinchidan, aholi o`zi tug`ilib o`sgan shaharlariga
qaytib ko`chib o`tayotganligi sababli aholi sonida keskin o`zgarishlar ro`y berdi.
Ikkinchidan, majburiy ta`lim maktablarida o`qitiladigan bolalarni hisobga olishning
aniq va tezkor tizimi belgilanmagan edi.Shuning uchun ham maorif xodimlari tezlik
bilan maktab shoxobchalarini tiklash va kengaytirish hamda ota-onalari bilan birga
evakuatsiyadan qaytib kelayotgan bolalarni yo urush vaqtida maktabni tashlab ketgan
bolalarni maktablarga tortish sohasida juda katta ishlar qilish kerak edi. Aunday
mas`uliyatni bajarishda ular dastlab boshlang`ich maktablarni tamomlagan bolalarning
hammasini to`la ravishda o`qishga tortishga ayniqsa katta e`tibor berishlari lozim edi.
Va bu ish ancha muvaffaqiyatli amalga oshirildi. Bu esa bolalarni va o`smirlarni
umumiy-majburiy o`qitishni kengaytirish uchun zarur shart-sharoit yaratib berdi.Bu
davrga kelib o`rta maktabni bitirib chiqayotganlarning soni oliy o`quv yurtlariga qabul
qilinayotganlarning soniga qaraganda ancha ortib ketdi. O`rta maktablarni tamomlab
chiqqanlarning ko`plari sanoat va qishloq xo`jaligi ishlab chiqarishida ishlashlariga
to`g`ri keldi. Biroq ular bu amaliy faoliyatga etarli sur`atda tayyorlanmagan edilar:
maktablarda o`quvchilarni kasb tanlashga yo`llash ishlari yaxshi yo`lga qo`yilmagan
edi.O`rta maktablarni tamomlaganlarni maxsus kasbiy tayyorlarligini oshirish
maqsadida texnikumlar soni ko`paytirildi va shu texnikumlar qoshida to`liq o`rta
ma`lumotli kishilarni qabul qiladigan bo`limlar ochildi. Bu bo`limlarga o`qish muddati
2—3 yil qilib belgilandi. Mehnat zahiralari tizimida o`rta maktab negizidagi texnika
bilim yurtlari ochila boshladi. Bu texnika bilim yurtlari 1—2 yillik o`qish muddati bilan
yuqori malakali mutaxassislar tayyorlab berishi kerak edi.
Urushdan keyingi yillarda 1943 yilda ochilgan ishchi va dehqon yoshlari
maktablari (kechki va smenali) tarmog`i birmuncha kengaytirildi.1951—55 yillarga
mo`ljallangan beshinchi besh yillik rejada politexnika ta`limiga katta o`rin berildi. Shu
munosabat bilan ittifoqdosh respublikalarning Ta`lim vazirliklari o`quv rejalari va
dasturlarini qayta qurib, politexnika ta`limini oshirish to`g`risida maktablarga
ko`rsatmalar berdilar.1957—58 o`quv yilidan boshlab ba`zi pedagogika oliy o`quv
yurtlarida boshlang`ich maktab uchun oliy pedagogika ma`lumotiga ega bo`lgan
o`qituvchilar tayyorlashga kirishildi va buning uchun maxsus fakultetlar tashkil etildi.
Lekin urushdan keyingi yillarda hamda mavjud jamiyatni rivojlantirish jarayonida
respublika maktablarida hamma narsa risoladagidek olib borildi deyish xato bo`lar edi.
Chunki o`tgan davrlar chuqur tahlil qilinganda qator kamchiliklar borligini ko`rish
mumkin. Chunonchi, ko`pgina maktablarda o`quv-tarbiya ishlarining sifati davlat
standarti talablariga etarlicha javob bera olmas, bir sinfda ikki yil qolgan o`quvchilar
soni hamon ko`p, o`quvchilarning maktabni tashlab ketishlari esa tobora ko`payayotgan
edi. Ko`pgina maktablarning moddiy-texnika bazasi tipovoy talablariga javob
berolmasdi, maktablarda matematika, fizika, rus tili va chet tili fanlarida dars beradigan
malakali o`qituvchilar etishmas edi, etti yillik umumiy majburiy ta`limni amalga
oshirish va o`rta ta`limni rivojlantirish borasidagi ishlarda ham muayyan nuqsonlar yo`q
emas edi. Bu kamchiliklarni bartaraf etish o`sha kunning birinchi galdagi vazifasi
edi.Boshlang`ich maktabda to`rt yillik boshlang`ich ta`limdan uch yillik boshlang`ich
ta`limga o`tish amalga oshirildi. To`liqsiz etti yillik o`rta maktab tashkil etilib, umumiy
majburiy sakkiz yillik ta`lim maktabiga aylantirildi.
Sakkiz yillik maktabni tamomlagan o`quvchilar quyidagi o`quv yurtlarida
o`qishlari mumkin edi. Ular:
1) To`liq umumiy ta`lim o`rta maktablarida (IX—X sinflarda);
2) o`qish muddati uch-to`rt yillik bo`lgan texnikumlarda;
3) hunar va umumiy ta`lim bilimlarini birgalikda beradigan hunar-texnika bilim
yurtlarida hamda
4) ishchi va qishloq yoshlari maktablarida.
1959—1975-yillarda respublikada internat-maktablar, maxsus maktablar va kuni
uzaytirilgan guruhlar tarmog`i rivojlandi va ularda tarbiyalanuvchilarning soni o`sdi;
jismonan nuqsonli bolalar uchun maxsus maktablar tashkil qilindi; pedagog xodimlar
tayyorlash va ularning malakasini oshirish tarmog`i kengaytirildi.70—80-yillarda
O`zbekiston maktablarida ahvol sifat jihatidan o`zgarmay qolaverdi. Ularning moddiy-
texnik bazasi yaxshilanmadi. Ammo maktablar, o`quvchilar soni yildan-yilga ortib
boraverdi. Masalan, O`zbekistonda 1945—46-o`quv yilida jami 4525 maktab bo`lib,
ularda qariyb 998 ming o`quvchi o`qigan bo`lsa, 1970—71-o`quv yilida respublikaning
umumiy ta`lim maktablari soni 7072 taga, o`quvchilar soni esa 3 mln.164 ming kishiga
etdi... 1970—1980-yillarda xalq ta`limi uchun davlat tomonidan ajratilgan mablag` 11%
dan 8% ga kamayib ketdi... 5% dan ortiq maktablarda issiq ovqat bufetlari tashkil
etilmadi1.
Do'stlaringiz bilan baham: |