4. Landshaftlarni qurilish nuqtai nazardan planirovka qilish. Kelajakda sug‘orishda mo‘ljallangan yerlarni tabiiy geografik rayonlashtirishda T.V. Zvonkova irrigatsiya tarmoqlarini loyihalash va foydalanish qilish muvaffaqiyatini belgilab beradigan mahalliy etakchi omillarni aniqlab olish kerakligini ta‘kidlaydi. Shunday etakchi omidlar qatoriga cho‘l zonasida joyning relyefi va geologik tuzilishi, geoximik va tabiiy geografik jarayonlarni kiritadi, joyning injener-geografik holatini, uning sho‘r bosganlik va botqoqlashganlik darajasiga qarab tiplarga ajratish yoki rayoilashtirish zarur, deb qaraydi.
Shuningdek, Qoraqum va Qizilqumdagi yaylovlardan foydalanish va ularni suv bilan ta‘minlash loyihasini tuzayotganda ham tabiiy komplekslarning hamma xususiyatlari har tomonlama e‘tiborga olinmog‘i lozim. Aniq landshaftlarni o‘rganish, landshaft kartalarini tuzish va tabiiy geografik rayonlashtirish natijasi har bir geografik kompleks hududidagi mavjud tabiiy imkoniyatlarni aniqlashdan iborat bo‘ladi. Ana shunday tabiiy imkoniyatlar miqdoriy ko‘rsatkishlarda ifodalansa va shu hududdan olingan hosil miqdori bilan birgalikda olib qaralsa, mazkur joyning iqtisodiy qiymati ko‘zga tashlanadi.
Shuning uchun qam tabiiy va iqtisodiy geograflar yerga iqtisodiy baho berish ustida hamkorlikda ishlay boshladilar. Yerga iqtisodiy baho berishda landshaft komplekslari hududida tabiiy imkoniyatlarni hisobga olib qolmasdan, qishloq xo‘jalikda maydon birligi hisobga olingan mahsulot kabi iqtisodiy omillar ham hisobga olinadi. Xo‘jalikni rivojlantirish rejasini tuzishda tabiiy sharoitlar kompleksiga etarli darajada baho bermoq lozim. Bu sohadagi rejalashtirish ishlarida tabiiy geograf yoki landshaftshunos mutaxassislar ko‘pgina muhim masalalarni hal qilishda qatnashishlari lozim. G.V.Chechixinning fikriga ko‘ra, qishloq xo‘jaligi maqsadi uchun yer tuzish ishlarini loyihalashda o‘tkaziladigan kompleks tabiiy geografik tekshirishlar asosida tuzilgan yerdan foydalanish kartalarida quyidagilarga ahamiyat berish zarur:
1) qishloq xo‘jalik ishlab chiqarishini tashkil etish uchun erning hosildorligi va xo‘jalik uchun qulayligi;
2) o‘rmon xo‘jaligida foydalanishdagi qulayligi;
3) u yoki bu inshoot yoki qurilish uchun qulayligi;
4) tog‘-kon va qurilish materiallari uchun yer osti boyliklaridan foydalanish imkoniyatlari.
Shunday ishlarni bajarishga qaratilgan tajribalardan biri kompleks geografik rayonlashtirish asosida o‘tkazilgan injener-geografik rayonlashtirishdir. V.S.Preobrajenskiy va boshqalarning Chita oblasti uchun tuzgan «Qurilish maqsadlarida tabiiy rayonlarni murakkablik darajasiga qarab gruppalash sxemasi»da rayonga injener-gsografik jihatdan baho berilgan va yirik sanoat komplekslari qurish nuktai nazaridan 5 balli shkala ishlab chiqilgan, bu sxemada hudud to‘rt kategoriyali rayonga bo‘lingan:
1) qurilish uchun sharoiti o‘rtasha murakkab bo‘lgan rayon;
2) qurilish uchun sharoiti murakkab rayon;
3) qurilish uchun sharoiti og‘ir rayon;
4) qurilish uchun sharoti juda orir rayon. Shahar va aholi punktlarining qurilishi tabiiy komplekslar bilan arxitektura komplekslarnni bir butun holida uyg‘unlashtirishni talab qiladi. Odamning xo‘jalik faoliyati ta‘siri doirasida bo‘lgan landshaftni uyg‘unlashtirish landshaft arxitekturasi fanining vazifasidir.
Landshaftshunoslikning bu sohasi so‘nggi chorak asrda rivojlana boshladi. Shaharlar va shahardan tashqaridagi punktlarni, xiyobon va yo‘llarni shu hudud landshaft komplekslariga moslab qurish, undagi relyef, tuproq, o‘simlik, suv injener-arxitektura inshootlarining o‘zaro bog‘langan manzarasini barpo etish, ma‘lum sanitariya-gigiena sharoitlarini yaratish kishilarda shu bunyod etilganlardan zavq ola bilish hissini uyg‘otadi.
Shu sababli shaharlarni tabiiy bezashda arxitektorlar bilan birgalikda landshaftshunoslar ish olib borishlari kerak. Yo‘l qurilishini shunday loyihalash kerakki, yo‘l tabiiy komplekslarga singib ketsin. Bunda V.Reynfeld aytganidek yo‘l o‘tishi kerak bo‘lgan joy tabiatini baholay bilish, yo‘lni landshaftlarga singdirib yuborish, tabiatdagi ritmiklik bilan yo‘ldagi ritmni moslashtirish, tabiiy landshaftlarga sun‘iy qurilish va o‘simliklarni moslab joylashtirish zarur. Landshaft komplekslariga yo‘l trassasini singdirib yuborish faqat estetik jihatdan qanoatlanish uchungina emas, balki shofyorlarning sharshashini kamaytirish va harakat xavfsizligini yaxshilash uchun ham zarurdir.
Foydalanilgfan adabiyotlar: Sochava V.B. Vvedenie v uchenie o geosistemax. Novosibirsk, 1978.