Kartografiyaning asosiy ilmiy va amaliy vazifalari quyidagilardan
iborat:
kartografiyaga oid ishlarning bajarilishida iqtisodiy tarmoqlarining
joriy va istiqboldagi ehtiyojlarini o’rganish, bu ishlarning yo’lga qo’yilishini
tashkil etish, nazorat qilish, samaradorligini oshirish;
kartografiyaning ustuvor masalalariga oid nazariy, amaliy va uslubiy
ishlarga yetarli e’tibor berish hamda bu muammolar bilan shug’ulanadigan
barcha tashkilotlar va mutaxassislar orasidagi o’zaro hamkorlikni yo’lga
qo’yish, ularning turli darajadagi ilmiy-amaliy anjumanlarda faol ishtirok
etishlarini ta’minlash;
aerokosmofotosyomka materiallari asosida tabiiy resurslar va boshqa
ijtimoiy-iqtisodiy shart-sharoitlarni tadqiq etish va ularni kartaga olishni
jadallashtirish;
kartografik va aerokosmik tadqiqot metodlariga oid monografiyalarni,
darsliklarni, ilmiy-uslubiy ko’rsatmalar va qo’llanmalarni aniq reja doirasida
tayyorlash va ularni yetarli miqdorda chop etish;
o’quv karta va atlaslarining mavzusi va mazmunini bugungi kun
talablari darajasiga ko’tarish va ularning yangi namunaviy dasturlar va
darsliklarga muvofiqligini ta’minlash;
karta va atlaslarda ko’rsatiladigan muammolarning to’liqligiga erishish
va ularni ikkinchi darajali ortiqcha tafsilotlar bilan to’ldirib yuborishdan holi
qilish;
karta va atlaslarning mazmuni, masshtabi, proeksiyasi, shartli belgilari
bo’yicha bir-biriga bog’liq, bir butun tizim shaklida chiqarish;
kartalarni estetik jihozlashni takomillashtirish va ulardan dars
jarayonida, sayohatlarda, safarlarda foydalanish xususiyatlarini e’tiborga olib
chop etish;
kartografiyaning dolzarb nazariy va uslubiy masalalar yechimini izlash,
ayniqsa geografik bog’liqlik va qonuniyatlarni bilish vositasi sifatida
kartaning yangi imkoniyatlarini aniqlash (ochish) bilan bog’liq tadqiqotlarni
chuqurlashtirish, kartalarni tahlil qilish usullarini kengaytirish va ulardan
ilmiy tadqiqot ishlarini olib borishda, iqtisodiyotda boshqarish va
rejalashtirishda foydalanish;
tabiiy, aholi va xo’jalik kartalarini tuzish uchun har xil uchuvchi
apparatlarda bajarilgan suratlardan foydalanish. Insonning kosmik fazoni
jadal o’zlashtirayotganligini hisobga olib, Oy va sayyoralarning kartalarini
yaratish masalalarining yechimini topish;
joriy maqsadlar uchun keng foydalaniladigan, voqea va hodisalarning
rivojlanishini aks ettiradigan, kartalarning o’ziga xos (dinamik) turlarini
yaratish va ko’paytirish metodlarini ishlab chiqish;
mamlakatda mavzuli va kompleksli kartalarga olishni takomillashtirish,
davlat ilmiy-ma’lumotnomali kartalarning yagona tizimini yaratish rejalarini
ishlab chiqish va ularni izchil amalga oshirish, umumta’lim maktablari va
oliy o’quv yurtlari uchun yagona dastur asosida o’quv karta va atlaslarning
yagona tizimini yaratish hamda nashr qilish.
2. Kartografiyadagi nazariy konsepsiyalar
Do'stlaringiz bilan baham: |