Matnshunoslik



Download 25,13 Kb.
bet1/5
Sana24.03.2022
Hajmi25,13 Kb.
#508067
  1   2   3   4   5
Bog'liq
IT konsepsiyasi


O‘ZBEKISTON XALQARO ISLOM AKADEMIYASI
1-KURS “MATNSHUNOSLIK” YO‘NALISHI MAGISTRANTI
NODIR DJALOLOVNING
ILMIY TADQIQOD METODOLOGIYASI FANIDAN


MAVZU: Ilmiy konsepsiyalar


MUSTAQIL ISHI


Qabul qildi:N.Djalolov
Tayyorladi:O‘.Shakarov
Toshkent-2022
ILMIY KONSEPSIYALAR
Reja:

  1. Kartalar va ular haqida tushuncha.

  2. Kartografiyadagi nazariy konsepsiyalar



Kartalar haqidagi tasavvur, borliqni (voqelikni) obrazli - belgili modellari
sifatida ilmiy kartografiyaning predmeti - bu tabiat va jamiyat obektlarini, ularning
joylanishi, xususiyatlari, o’zaro (aloqadorlik-larini vaqt mobaynida o’zgargan
kartalar) va boshqa kartografik modellar vositasida aks ettirish va tadqiq qilishdan
iborat deb hisoblashga imkon beradi.
Kartografik asarlarni yaratish, o’rganish va foydalanish masalalari bilan
shug’ullanadigin fan (bilim), texnika va ishlab chiqarish sohasiga kartografiya deyiladi.
O’quv fani sifatida kartografiya bo’lajak geograf mutaxassislarni turli geografik
kartalarning mazmuni, mohiyati, xususiyati va yaratilish tarixi bilan tanishtiradi.
Shuningdek, kartalarni tahlil qilish, tuzish, kartometrik ishlarni bajarish hamda
ulardan o’z faoliyatida amaliy foydalanish yo’llarini o’rgatadi. Kartografiya quyidagi
asosiy sohalarga bo’linadi: kartashunoslik, matematik kartografiya, kartalarni
loyihalash va tuzish, kartalarni taxt qilish (jihozlash, rasmiylashtirish), kartalarni
nashr qilish, kartalardai foydalanish, kartografik ishlab chiqarishning iqtisodiyotini
tashkil qilish va boshqalar. Mazkur sohalarning barchasi yagona kartografik fanlar
tizimini tashkil etadi va ularni har biri fan sifatida o’zining obekti, predmeti va
metodlariga ega. Ularning har biri ushbu yo’nalish bo’yicha sof mutaxassis
tayyorlaydigan oliy ta’lim muassasalari va boshqa oliy texnika o’quv yurtlarida alohida
o’rgatiladi. Kartografiya falsafiy, tabiiy va texnik fanlar majmui (kompleksi) bilan
bog’liq. Ayniqsa u geodeziya, topografiya va geografiya fanlari bilan uzviy
bog’langan. Mazkur fanlar, kartalarda real borliqni (voqelikni) aniq va ishonchli
tasvirlash imkonini beradi.
Kartografik ishlarni yaxshilash kartografik asarlarni yaratishni tezlatish va ularni
ilmiy asosda qat’iy reja asosida bosqichma-bosqich amalga oshirish uchun bu
ishlarni amaliy koordinatsiya qilish lozim. Hozirgi kunda kartografiya uch
yo’nalishda:
- kartalar vositasida tabiat va jamiyat hodisalarining hududiy joylashuvi,
uyg’unligi va o’zaro aloqalarini aks ettirish va tadqiq etish haqidagi fan;
- kartografik asarlarni yaratuvchi va foydalanuvchi texnika va
texnologiyalar sohasi;
- kartografiya mahsulotlarini (kartalar, globuslar, atlaslar) tayyorlash va
nashr qilish bilan bog’liq ishlab chiqarish sohasi sifatida rivojlanmoqda.
Hozirgi vaqtda bir qancha voqea hodisalarni umumlashtirish orqali tegishli
natijalarga erishish mumkin. Kartagrafik faoliyatlar natijasida maxsus kartalar eng
muhim ma’lumotlar asosida yaratilmoq kerak. Bunday kartalar tub ma’noda
boshlang’ich kartalar bilan uzviyligi, geometrik aniqligini saqlash, sifat hamda
estetik jihatdan yaratiladi. Real dunyodan mavhumlashtiriladigan obektlar yoki
hodisalar mavjud bo’lib, ular keyingi saqlash va aks ettirish jarayonlari uchun
muhim sanaladi. Yopiq obektlar barcha tomondan hoshiyalangan bo’ladi,
shuningdek bu hoshiyalar koordinatalari aniq aks ettiriladi yoki oldindan
belgilangan soha obektlarining joylashuv o’rnini aks ettiradi. Cheksiz tasavvurlar
qiymati o’sib bormaydigan o’zgarishlar uchun mavhum hodisalar sanaladi. Ular
taktik yoki o’lchanadigan hamda modellarga asoslangan bo’lishi mumkin.
Vizuallashtirishning keyingi jarayonlari uchun sifat axborotlarini aniqlash
muhim. Bu belgilar ko’rinadigan xususiyatlar (masalan daraxtlarning bargli
qismlari) hamda ko’rinmaydigan xususiyatlar (masalan harorat) bo’lishi mumkin.
Obektlarning mazkur sifat belgilarini aniqlashga urinishda qoidaga ko’ra ularni
o’lchash yoki tasniflash amalga oshiriladi, keyinchalik bu xususiyatlar sifat yoki
miqdor ko’rsatkichlari ekanligi belgilanadi. Bir qator o’lchanadigan shkalalarni
quyidagi xususiyatlar bo’yicha ajratish mumkin: nominal shkala: sifat belgilarining
ahamiyati o’z tabiati bo’yicha turlicha, ammo ulardan hech biri boshqasiga
qaraganda muhimroq sanalmaydi (masalan turli tillarda), bir xil shkalalar:
ahamiyati bir-biridan farqlanadi, ammo ulardan ayrimlari boshqasiga qaraganda
muhim, ya’ni intensiv bo’ladi (masalan, issiq, sovuq).
Kartashunoslik — geografik kartalar va ularning xususiyatlari haqidagi fan
bo’lib, uning vazifasi geografik kartalarning mohiyati, ularning elementlari va
xususiyatlarini har tomonlama o’rganish, ulardan amalda foydalanish hamda
kartografiyaning rivojlanish tarixini o’rganishdan iborat.

Download 25,13 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish