Матншунослик фани адабий манбашунослик ва матншуносликнинг назарий муаммолари, хусусан, қадим қўлёзма меросимиз манбалари устида илмий фаолият олиб бориш малакасини шакллантириш, араб имлосига асосланган эски ўзбек ёзувини эркин ўқий олиш


-MAVZU  O‘ZBEK MATNSHUNOSLIGI SHAKLLANISHINING TARIXIY



Download 2,58 Mb.
Pdf ko'rish
bet65/115
Sana12.06.2022
Hajmi2,58 Mb.
#660050
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   115
Bog'liq
11111 . Matnshunoslik fan siratida

2-MAVZU 
O‘ZBEK MATNSHUNOSLIGI SHAKLLANISHINING TARIXIY 
ILDIZLARI
Reja 
1
.O‘zbek matnshunosligi tarixi va uning o‘ziga xos jihatlari. 
2. Jahon matnshunosligi tajribalari. P.SHamsiev, H.Sulaymon, I.Sulton ilmiy 
tadqiqotlarida matnshunoslikka oid qarashlar. 
Matnshunoslik sohasi filologiya fanining asosiy va muhim tarmoqlaridan biri 
bo‘lib, yozma yodgorliklarning asl matnini tiklash hamda ularni nashr ettirishning 
nazariy va amaliy jihatlari bilan shug‘ullanadi. Matnshunoslikning asosiy vazifasi 
qo‘lyozma yoki toshbosma nusxadagi muayyan asarning matnini muallif 
qalamidan chiqqan asl holatini tiklash va nashr ettirishdir.
Izohli lug‘atda “matnshunoslik” istilohiga shunday ta’rif beriladi: 
“Matnshunoslik – adabiyot va folklorga oid qo‘lyozma asarlarni, tarixiy hujjatlarni, 
ularning haqiqiy, asl matnlarini aniqlash va tanqidiy o‘rganish, sharhlab 
e’lon(nashr)qilish maqsadida ular ustida tadqiqotlar olib boruvchi yordamchi 
tarixiy-filologik fan sohasi; tekstologiya”
30
.
O‘zbek tilida bu istiloh arabcha “matn” (
ﻥتﻤ
) lug‘aviy ma’nosi – mustahkam, 
pishiq, qattiq degani bo‘lib, qo‘shma so‘zning ikkinchi qismi “shunos”(“tanimoq”, 
“bilmoq” ma’nolarini ifodalovchi forscha “shenoxtan” fe’lidan olingan) va turkiy 
“-lik” ot yasovchi qo‘shimcha tarkibidan yasalgan. 
30
Ўзбектилинингизоҳлилуғати. 5 жилдли. Иккинчижилд. –
Т. : Давлатилмийнашриёти, 2006. –
Б.557. 


XX asr boshlarida Turkistonda ham matnni tanqidiy o‘rganishga munosabat 
shakllana bordi. Turli matbaa yoki kutubxonalarning tashkil etilishi muayyan 
ma’noda matnshunoslik tarixini yangicha yo‘nalishda o‘rganishga sabab bo‘ldi. 
1920 yili martda Turkiston MIK Turkiston davlat nashriyoti(Turkdavnashr) ta’sis 
etish haqida qaror qabul qilinadi. Bu O‘rta Osiyodagi ilk kitob nashriyoti bo‘lib, 
unga o‘lkadagi barcha nashr ishlarini birlashtirish, qog‘oz taqsimoti va bosmaxona 
jihozlarini nazorat etib, rahbarlik qilish vazifalari yuklandi.
O‘tgan asr 20-yillaridan ilmiylik bosh mezon bo‘lgan o‘zbek 
adabiyotshunosligi alohida soha sifatida shakllana boshladi. Adabiyot tarixi 
tadqiqotchilari muntazam ravishda klassiklarimiz hayoti, ijodiga bag‘ishlangan 
maqolalar e’lon qilish bilan birga ularning asarlarini chop ettirish, 
ommalashtirishga ham jiddiy kirishdilar. Olib borilgan amaliy ishlar bevosita 
matnshunoslikning ilmiy shakllanishiga olib keldi.
Matnshunoslik nashr ishlarining olib borilishi bilan rivoj topdi. O‘zbek 
matnshunosligining shakllanishi, rivojlanish usullari va metodlari mumtoz 
adabiyot namunalari nashr etilishi bilan bog‘liq.
Arxeografiya yozma manbalarni qidirib topish, ilk tavsifga olish, ilmiy 
muomalaga 
kiritishni 
nazarda 
tutadi. 
Kutubxona, 
turli 
fondlardagi 
qo‘lyozmalarning turkumlashtirilgan tavsifi, arxeografik qiyosiy tahlili manba 
matnini tuzishda muhim hisoblanadi. Bunday ishlar natijalari matn ustida 
ishlashning ravon borishini ta’minlaydi.
Germenevtika qadimgi yozma matnlar mazmunini izohlash bilan 
shug‘ullanadi, matnshunoslik uchun germenevtika asarning qadimda tutgan o‘rni, 
asar umumiy mazmuni kabi ma’lumotlarni beradi.
Ekzegetika esa diniy matnlarni filologik jihatdan tahlil etishda matnshunoslik 
ishlari bilan bevosita bog‘lanadi.
Matnshunoslik, eng avvalo, ikki asosiy qismga bo‘linadi: amaliy va nazariy 
matnshunoslik. Nazariy matnshunoslik – sohaning umumiy masalalari, 
matnshunoslik tarixi, matn tuzish tadqiqot usullari hamda asosiy tamoyillari kabi 


masalalarning jamlanmasidir. Hozirgi kunda matnshunoslik nazariy yo‘nalishini 
ham rivojlantirish asosiy masalalardan biri bo‘lib qolmoqda.
Amaliy matnshunoslik – muayyan asarning muallif qalamiga yaqin eng asl 
matnini tuzish, sharhlar bilan nashrga tayyorlashni bajaradi. Umuman, 
matnshunoslikning nazariy va amaliy ishlaridan maqsad, asarning muallif 
nusxasiga eng yaqin matnini yaratishdan iborat.
Matnshunoslik fan yoki soha ekanligini aniqlashda turli xil qarashlar 
mavjudligi kuzatiladi. Ba’zi olimlar matnshunoslik filologiyaning yordamchi 
tarmog‘i deb hisoblasalar, boshqalari matnshunoslikni mustaqil fan sifatida e’tirof 
etishadi. Matnshunoslik fan yoki soha ekanligini aniqlash matnshunoslikning 
tarixi, amaliy va nazariy yo‘nalishlari rivojlanishi, shu kungacha erishgan 
natijalari va kelajagiga bo‘lgan ilmiy doiraning mulohaza yoki fikrlarini ham 
ko‘rsatadi.
O‘z tadqiqotlarini asosan qo‘lyozmalar bilan bog‘liq holda olib borgan 
adabiyotshunos A. Hayitmetov matnshunoslikni “adabiyotshunoslikning uzviy 
qismlaridan biri” deb yozadi.
31
A. Habibullaev esa matnshunoslikni “filologiya fanining adabiy, tarixiy, ilmiy 
asarlar hamda tarixiy hujjatlar matnini ilmiy-tanqidiy o‘rganish va nashr qilish 
bilan shug‘ullanuvchi sohasidir”
32
, – deb hisoblaydi. 
Adabiy manbalar ustidagi tadqiqotlarda matnshunoslikning nazariy asoslari 
ham bo‘lishi kerakligini qayd etarkan, N. SHodmonov matnshunoslik masalalariga 
e’tibor qaratadi va matnshunoslik butun dunyoda, jumladan, O‘zbekistonda ham 
alohida mustaqil fan sifatida e’tirof qilinganligini ta’kidlaydi.
33
Umuman olganda, matnshunoslikning fan yoki sohaga oid bo‘lishi haqida 
aniq xulosaga kelishning o‘zi munozaralidir. Ravshanki, matnshunoslik XIX asr 
o‘rtalarigacha to‘liq soha yoki fan sifatida shakllanmagan, u XX asr boshlariga 
qadar adabiy, tarixiy asarlar nashrida zaruriy bo‘lib, vazifasi ham asosan amaliyot 
31
Қаранг: Ҳайитметов
А. Матншуносликмуаммолари//Шарқюлдузи, 1982, № 3. –
Б.167. 
32
Ҳабибуллаев
А. Адабийманбашуносликваматншунослик. –
Тошкент: 
ТошкентДавлатШарқшуносликинститути, 2000. –
Б. 86. 
33
Қаранг: Шодмонов Н. “Шоҳиду
-
л
-
иқбол” –
адабийманба. –
Т.: Фан, 2009. –
Б.168.


talablari bilan cheklangan. Matnshunoslik keyingi davrlarda nazariy ishlanmasi, 
metodikasi va vazifalarining aniq belgilanishiga erishdi. Bu kabi ilmiy-tadqiq 
natijalari uning inson bilim tizimida fan sifatida tavsiflanishiga olib keldi. Lekin 
matnshunoslikni filologiyaning tarixiy-adabiy dissiplinasi yoki maxsus sohasi deb 
ta’riflash ko‘proq uning imkoniyatlarini aniq va to‘la namoyon etadi. 
Matnshunoslikka fan deb yondashilganda esa, boshqa sohalar bilan bog‘liq 
aralashuvi yuzaga keladi va matnshunoslikning o‘ziga xos xususiyatlari yaqqol 
ko‘rinmaydi.

Download 2,58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   115




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish